6.2. UYG‘ONISH DAVRI ISPANIYA VA G‘ARBIY
YEVROPANING BOSHQA DAVLATLARI
KOSTUMI TARIXI
Italiyada boshlangan Uyg‘onish harakati XV asrdan boshlab
Yevropaning bir qancha yerlarida ham tarqaldi. Yevropa
mamlakatlaridagi Uyg‘onish davri madaniyati va san’atining
boshlanishi hamma yerda bir xil va bir vaqtda rivojlandi, deb
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bu vaqt ba’zi mamlakatlar san’ati
va adabiyotida yutuqlar sezilarli bo‘lsa (masalan, Angliya,
Ispaniya), boshqa bir qator mamlakatlarda esa, tasviriy san’at
va me’morchilikda insonparvarlik tamoyillari o‘zini to‘liq ifoda
etdi. Ayrim mamlakatlarda feodal munosabatlarning sekinlik
bilan chekinishi ham bu yerlarda Uyg‘onish san’atining gurkirab
o‘sishiga to‘sqinlik qildi. Jumladan, Fransiyada Uyg‘onish
harakati XV asr o‘rtalaridan boshlanib, uning rivoji bevosita,
gotika merosining realistik tomonlarini rivojlantirish bilan
birga, asta-sekin Italiya renessansini o‘zlashtirish va tatbiq etish
bilan birga namoyon bo‘ldi. Fransiyada Uyg‘onish harakatining
kuchayishi bu yerga ko‘plab italiyalik san’atkorlarning kirib
kelishi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |