Kostum va moda tarixi


Ilk Uyg‘onish davri san’ati



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Ilk Uyg‘onish davri san’ati. Ilk Uyg‘onish davrida 
 
haykaltaroshlik o‘zining eng gullagan davrini boshidan 
kechirdi. Bu davrda qator yetuk haykaltaroshlar ijod etib, 
realistik haykaltaroshlik san’ati taraqqiyotiga muhim hissa 
qo‘shdilar. Lorenso Giberti, Donatello, Yakono della Kverchi 
kabi haykaltaroshlar ijodi tufayli haykaltaroshlik mustaqil 
san’at turiga aylandi. 
Lorenso Giberti (1378–1455) ijodida o‘rta asr hay-
kaltoroshligidan yangi davr realizmiga o‘tish o‘ziga xos 
yo‘nalishda sodir bo‘ldi. Florensiyadagi baptisteriya uchun 
ishlangan bronza eshik yuzasiga ishlangan bo‘rtma tasvir 
Gibertining mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. 
Ilk Uyg‘onish davri haykaltaroshligining yulduzi florensiyalik 
haykaltarosh Donatello (1386–1466) edi. U Uyg‘onish  davri 
haykaltaroshligining haqiqiy islohotchisi, realistik san’atning 
asoschisidir. Uning ijodi keyingi Yevropa haykaltaroshligi 
taraqqiyotida muhim o‘rin egalladi. 
Florensiya rangtasviri XV asrda realizm yo‘liga kirib kela 
boshladi. Florensiya rangtasvirida Mazachcho nomi bilan 
mashhur bo‘lgan Tommazo di ser Jovanni di Simone Kassai 
muhim o‘rin egalladi va unda realistik yo‘nalishni boshlab 
bergan yirik san’atkor sifatida tanildi. Mazachcho (1428-yili 
vafot etgan) yaratgan sanoqli asarlar Italiya san’atining keyingi 
taraqqiyotida   muhim rol o‘ynadi. Uning Florensiyadagi Sant 
Mariya del Karmine cherkovining Brankachchi kapellasiga 
ishlagan devoriy suratlari rassom ijodining cho‘qqisi 


66
hisoblanadi. «Jannatdan quvilganlar», «Statir mo‘jizasi» kabi 
suratlar diqqatga sazovordir.
1453-yili  Istambulning turklar tomonidan bosib olinishi 
Sharq va G‘arb orasidagi savdo yo‘llarining ahamiyati 
yo‘qolishiga olib kela boshladi. Busan’at taraqqiyotida yangi 
zamin yarata boshladi. Bu xususiyat dastlab Florensiyada o‘zini 
ko‘rsatdi. Rassomlar Domeniko Girlandayo (1449–1494), 
Sandro Bottichelli (1445–1510), Andrea Verokkio (1435–1488) 
ijodida yaqqol ko‘rinadi. 
Sandro Bottichelli ilk Uyg‘onish davrining eng emotsional 
va poetik rassomlaridan biri bo‘lib, uning ijodi o‘zining 
chuqur lirizmi, voqelikni nihoyatda shoirona talqin etishi bilan 
xarakterlanadi. «Bahor» (1478), «Veneraning tug‘ilishi» (1484) 
kabi yetuk asarlari antiqa afsonalardan olingan sujetlarni 
ijodkor shoirona, o‘z qalb harorati bilan original talqin eta 
olishini ko‘rsatadi .

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish