Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Erkaklar libosi. Qadim zamonlarda arab erkaklarining 
ichki kiyimi yoqasi tasma bilan bog‘langan uzun ko‘ylak 
bo‘lgan. Keyinchalik bu ko‘ylak ustidan yopinchiq kiyish urf 
bo‘lgan. Yopinchiq bo‘yalmagan kigiz, tuya junidan tikilgan. 
Odatda, yopinchiq oq rangli uzun yo‘l-yo‘l chiziq shakllar 
bilan bezatilgan.
Erkaklar bosh kiyimlarini sallasimon o‘rab yurganlar. Ular 
oyoqlariga tagcharmi yog‘ochdan yasalgan, usti charmdan 
tikilgan poyabzal kiyganlar. Keyinchalik erkaklar ishton 
ustidan uzun, keng, paxta yoki shoyi matodan tikilgan ko‘ylak 
kiyishlari urf bo‘ladi.
Dishdash – tik yoqali, manjetli, ko‘krak qismida cho‘ntagi 
bor ko‘ylak. Ko‘ylak to‘g‘ri bichimda bo‘lib, yurishga qulay 
bo‘lishi uchun yon choklari oxirigacha tikilmay, qirqim 


61
qoldirilgan. Dishdash, odatda, oq rangli matodan tikiladi. 
Biroq dishdashning qavariq jigarrang va hatto yo‘l-yo‘l 
chiziqli nusxalari ham uchraydi. Birlashgan Arab Amirliklarida 
aksariyat erkaklar hozir ham shunday ko‘ylak kiyadilar.
Chakmon va jubba erkaklarning ustki kiyimi hisoblanadi. 
Jubba – yengi uzun, yelkaga tashlanadigan ustki kiyim.
XIX asrda Sharqiy Arabistonga yaqin yashaydigan 
elatlarning aksariyati qizil rangli kiyim kiyganlar. Sahroyi 
badaviylar kiyimi esa qora emas, aksincha yorqin ranglarda 
bo‘lgan.
Kuffiya – boshga o‘ralganda orqaga uchburchak shaklda 
belgacha tushib turadigan bosh kiyimi sanaladi. Ro‘mol ustidan 
to‘qima tasma-chambarak bilan mahkamlab qo‘yiladi.
Erkaklar  shalvor kiyganlar. Keng shalvorlar torayib 
borgan, ba’zan tizzada bog‘ichi ham bo‘lgan. Belga tasma 
bilan bog‘lab qo‘yilgan. Erkaklar sochlarini sal o‘stirib 
yoki qisqartirib yurganlar, boshlarini esa doimo ro‘mol 
bilan yopib, berkitganlar. Qadimda erkaklar sochlarini 
kalta qilib, quloqlari yoniga chekka soqol – «bakenbard» 
qo‘yishgan. 
Arablarning poyabzali charm, yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, 
u chilvir iplar bilan oyoqqa bog‘lab qo‘yilgan. Erkaklar 
oyoqlariga sarg‘ish teridan tikilgan shippak kiyganlar. Bu 
shippak – babush, deb atalgan. Bahraynlik va yamanliklar 
ko‘zga tashlanib turadigan qip-qizil kavush kiyganlar. 
Ayollar libosi. Qadimda arab ayollarining kiyim-kechaklari 
ko‘ylaklar, yopinchiqlar, ro‘mol hamda xalat, belbog‘, sharf 
va turli taqinchoqlardan iborat bo‘lgan. Odatda, ko‘ylaklar 
oq rangli yoki gul bosilgan, nozik ip matodan tikilardi. 
Ayollarning boshga yopiladigan yopinchiqlari esa oq, pushti, 
qora rangda bo‘lib, ularga sariq rangda naqshin kashtalar 
bilan bezak berilgan. Boshga o‘raladigan salla esa yupqa, 
nafis  matodan  bo‘lib,  unga  zarhal  yoki  kumush  iplar  bilan 


62
naqshin kashta tikilgan. Sochlar o‘rilib, tasma yordamida 
turmaklangan.
Ayollar uydan ko‘chaga chiqqanlarida boshlariga katta qora 
ro‘mol o‘rab, yuzlarini gishua bilan berkitganlar (31-rasm). 
Qadimda aksariyat arab ayollari ustma-ust, qavat-qavat 
ko‘ylaklar kiyib, yalangoyoq yurganlar. Keyinchalik ayollar 
kab-kab deb atalgan yog‘och poyabzal kiygan. Kab-kabda 
yurish qiyin bo‘lsa-da, ushbu oyoq kiyimi ayollarning 
ajdodlardan qolgan an’anaviy poyabzali ekanligi bilan muhim 
ahamiyatga ega. 
31-rasm. Arab qabilalari ayollarining liboslari.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish