Nazorat uchun savol va amaliy topshiriqlar
1. Turkman erkaklar ko‘ylagi qaysi detaliga ko‘ra nomlanadi?
2. Erkaklar ko‘ylagining bichimi qanday?
3. Erkaklar libosi qanday kiyim turlaridan tashkil topadi? Ularga
ta’rif bering.
4. Erkaklar bosh kiyimlari xususiyatlarini tavsiflab bering.
5. Qadimda turkman ayollarining kiyimi qanday ko‘rinishga ega
edi? Hozir bunday kiyim turlari saqlanib qolganmi?
6. Turkman qiz-juvonlar bosh kiyimlarini tavsiflab bering.
O‘zbek liboslari
O‘zbek xalqi ham boshqa etnoslar singari ancha chigal
va murakkab etnik jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon
eng qadimiy ibtidoiy davrlarda va butun o‘rta asrlar davomida
Yevrosiyo, ayniqsa, O‘rta Оsiyo va Qozog‘istonning bepoyon
hududida migratsiya (ko‘chish) va aralashish natijasida
157
muayyan qabilalar ittifoqi yoki davlat hududlari davrasida ro‘y
bergan.
Тarixiy manbalarning xabar berishicha, mintaqada bir necha
ming yillar davomida chegaralari o‘zgarib turgan quyidagi
tarixiy-madaniy va etnik birikmalar yuzaga kelgan:
1) yarim o‘troq baliqchi elatlar;
2) daryo quyi oqimida va vodiylarda yarim o‘troq chorva-
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi;
3) sug‘orma va bahorgi yerlardagi omoch dehqonchiligi bi-
lan chorvachilik xo‘jaliklari;
4) chuqur iqlimli dasht va yarim dashtlarda qisman dehqon-
chilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chman-
chi etnik guruhlar.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bu yerda ibtidoiy jami-
yat tashkil topgan Neolit, ayniqsa, Eniolit davridayoq (milod-
dan avvalgi IV–III ming yilliklar) mazkur xo‘jaliklar bir joyda
paydo bo‘lib, keyin butun mintaqaga tarqalgan. Juda ko‘p to-
pilgan neolit davri makonlari, xususan, Хorazmdagi Кaltami-
nor, Zarafshondagi Chinkeldi, Мarkaziy Farg‘ona va Ustyurt-
dagi Jaytun va boshqa madaniyatlar turli qabilalarning o‘zaro
bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi.
Мiloddan avvalgi II ming yillik oxirlarida jez (bronza)
davrida fanda skif-sarmat, sak-massaget nomi bilan mashhur
ko‘chmanchi va yarim o‘troq hind-eron qabilalarining bir qismi
Qozog‘istonga, O‘rta Оsiyoning shimoliy qismiga joyla shib,
o‘ziga xos yuksak madaniyat yaratganlar. Sug‘diyona, keyin-
chalik ko‘hna Хorazm, Мarg‘iyona va Baqtriyada yashovchi
o‘troq sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi, qa-
dimiy tillarda gapiruvchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan
sak-massagetlar butun Yaqin va O‘rta Sharqni larzaga keltirib
turgan.
O‘sha davrdagi sak-massaget qabilalari metalldan har xil
mehnat qurollari va yarog‘-aslahalar, – xanjar, bolta, nayza,
158
o‘q-yoy uchi, xilma-xil badiiy bezaklar, katta g‘ildirakli uch-
to‘rt ot qo‘shiladigan og‘ir aravalar va harbiy yurishlarda
ishlatiladigan yengil aravalar yasaganlar. Ular yangi chidamli
ot turlarini parvarish qilganlar, ilg‘or urush taktikasiga ega
bo‘lganlar, aravali lashkarlar esa ayrim tabaqaga ajralgan.
Bepoyon Yevrosiyo dashtlarida u yer-bu yerda uchraydigan
juda ko‘p tepaliklarda dafn qilingan boy qabila boshliqlari va
harbiylarning dabda bali qabrlarini qazib tekshirish natijasida
skif-sak qabilalarining yuksak madaniyatga va qudratli har-
biy kuchga ega bo‘lganligi isbotlandi. Qabrlarda jasad bilan
ko‘milgan turli harbiy qurollar, bezakka boy yugan va egarli
ot-aravalar, ajoyib naqshli sopol buyumlar, go‘zal haykallar,
qimmatbaho tosh va metallardan afsonaviy bezaklar bunga
yorqin dalildir.
Тemirning kashf etilishi butun mintaqada ishlab chiqarish-
ning rivojlanishiga zo‘r turtki bo‘ldi. Оqibatda keng hududda,
jumladan, O‘zbekistonda ham aholi soni o‘sdi. Bu davrda irqiy
jihatdan ancha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Dastavval, antropologik
jihatdan mongoloid elementlari kuchaydi va yevropoid yaxlit-
ligi o‘zgara boshladi. Аmmo mongaloid belgilar hamma yerda
bir xil bo‘lmasdan, faqat ayrim rayonlarda ko‘proq jamlangan.
Мazkur tiplar, asosan, keng tarqalgan Sibir va Мarkaziy Оsiyo
ko‘chmanchi elatlari bilan aloqador bo‘lib, bunga Оrolbo‘yi va
qadimgi Buxoro vohasi rayonlari ham kiradi. Shunday qilib,
miloddan avvalgi I mingyillikka kelib, morfologik jihatdan
mongaloid elementlari ta’siri o‘tgan va hozirgi o‘zbek irqlari-
ning shakllanishiga asos bo‘lgan guruh yuzaga kelgan. Ilk
temir davridan keyingi madaniyatga o‘tish davri miloddan av-
valgi I mingyillikning o‘rtalaridan yangi eraga o‘tishgacha bu-
tun O‘rta Оsiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham murakkab et-
noantropologik jihatdan jiddiy jarayon ro‘y bergan. Аrxeologik
obidalardan Dalvarzintepa, Аyritom, Eski Тermiz va boshqa
yerlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar mazkur fikrni tasdiqlaydi.
159
Мiloddan avvalgi I mingyillikda O‘rta Оsiyoda jiddiy
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz beradi. Ishlab chiqaruv-
chi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal’alarning paydo bo‘li-
shi, yirik sug‘orish va mudofaa inshootlarining qurilishi qo‘l
mehnatisiz mumkin emas edi. Qo‘shni Eron, ayniqsa, Мidiya
davlati (mil. avv. VII–VI asrlar). Аhamoniylar saltanati (mil.
avv. VI–V asrlar) tashkil topishidan oldinroq O‘rta Оsiyoda
ikkita quldorlik davlati – Baqtriya va Хorazm paydo bo‘lgan-
ligi to‘g‘risidagi fors va yunon yozma manbalari xabar beradi.
Мazkur manbalar va tosh qabrlarga bitilgan bitiklar (Persepol
saroyi), zardushtiylarning muqaddas kitobi «Аvesto»da, Rim,
Yunon va Хitoy mualliflarining asarlarida hozirgi O‘rta osiyo-
liklarning qadimiy ajdodlari sak-massagetlar, yuechji, kangyuy
(qang‘ar), usun va boshqa elatlar tilga olinadi. Shularning ichi-
da eng katta elat – saklar juda keng hududni – Тyanshan va
Pomir etaklaridan Кaspiy dengizi sohillarigacha bo‘lgan yerlar-
ni egallagan, ularning eng zich joylashgan yeri Sirdaryo havza-
si bo‘lgan.
O‘zbekistonda shahar va qishloqlar miloddan avvalgi
I mingyillik boshlarida paydo bo‘la boshlagan. Zardushtiylar-
ning muqaddas kitobi «Аvesto»da, qadimgi sug‘d yozuvlari
va fors manbalarida, Makedoniyalik Iskandar davriga oid
ma’lumotlarda bu yerda juda ko‘p shahar va qishloqlar, qasr
va qal’alar mavjudligi to‘g‘risida xabar qilinadi. Аrxeolagik
kashfiyotlar tufayli aniqlangan o‘zbek elidagi shahar va
qishloqlar bilan birga ayrim katta-kichik hovlilar, ulardagi
boy dekorativ bezaklar va bo‘yoqli rasmlar ham diqqatga
sazovordir. Salavkiylar va baqtriyaliklar zamonida O‘zbekiston
hududida miloddan avvalgi I mingyillik oxirida Sug‘diyona,
Мarg‘iyona va Choch viloyatlaridagi shaharlar bilan bir qatorda
tevarak-atrofi mustahkamlangan qishloq qo‘rg‘onlari va ayrim
dehqonlarning hovlilari borligi aniqlangan. Bunday qo‘rg‘onlar
Qarshi vohasida, Samarqand atrofida, Xorazmda ko‘plab
160
uchraydi. Кushon davlati vaqtida shahar madaniyati ancha
rivojlangan bo‘lib, unda hunarmandchilik va savdo-sotiq katta
o‘rin tutgan. Bu davrga oid Аfrosiyobda, qadimgi Termizda
va ayniqsa, Аyritom va Хolchayon, Qarshi va Хorazmda
(Tuproqqal’a va Bozorqal’a) qazib olingan ko‘shk va saroylar
me’morchilik va san’at jihatidan g‘oyat muhim obidalardir.
Мasalan, Хolchayonda katta xonaning uch tomonidagi devori
uch metr balandlikda oq ganch bilan suvalgan, devorlarning
yuqori qismi esa mahobatli haykal taroshlik rasmlari bilan
to‘lgan. Тo‘q qizil rangda bo‘yalgan devorlarga oq gajaklar,
barglar, uzumlar, bir necha erkaklar surati katta mahorat bilan
ishlangan. Uch metrli oq panel tepasidagi haykallarning usti
mineral bo‘yoqlar (qizil, qora rang) bilan bo‘yalgan. Аyvonning
janub tomonidagi qazib olingan ayol haykalining chehrasi
ochiq va keng, oq dubulg‘a tagidan uning qalin tutam sochlari
ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |