Ayollar libosi. Qadimdan turkman ayollari ichki kiyim sifa-
tida – koynek (ko‘ylak) kiygan. Koynek – tunikasimon bichim-
li, etagining uzunligi to‘piqqacha tushadigan qilib, erkaklar
ko‘ylagiga o‘xshash tikilgan. Ayollar ko‘ylagining hammasi-
ning bichimi bir-biriga o‘xshash bo‘lib, old bo‘yin o‘mi zining
o‘rtasidan ko‘krakkacha vertikal qirqim beriladi (52-rasm).
Ko‘ylaklar yoqali, ba’zida yoqasiz ham bo‘ladi. Turkman ayol-
larining kundalik ko‘ylaklari uyda to‘qilgan alaja (olacha) –
mayda pushti-siyohrang katak-katak ipli gazlama yoki yarim
ipaklik matodan tikiladi. Turkmanistonning janubi sharqiy tu-
manlarida ayollar uyda to‘qilgan mata – ipli matodan ko‘k-
havorang ko‘ylaklar kiygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |