Matolar. Ayollar, asosan, tabiiy paxta va shohi matolar-
dan kiyimlar kiygan. Parcha, kimxob, kundal, baxmal-duxo-
ba, atlas, bulardan tashqari, yarim ipak matolarning har xil,
rang-barang, yo‘l-yo‘l turdagi matolar ishlab chiqariladi. Shu
bilan birga Tojikistonda ipak mato, qattiq mato, kanausa urf
bo‘lgan. Bu mato katta-katta yo‘lli, markazi boshqa rang, cheti
boshqa rangli bo‘lgan. Tojikiston shohi baxmali, katak-katak
va har xil bosilgan, yo‘l-yo‘l rusumda matolar ishlab chiqarila
boshlangan. Rangli mato ham urf bo‘lgan. Ayollarning kashta-
li ko‘ylaklari, ya’ni har xil naqshli ipak matolardan tikilgan
ko‘ylaklar urfga kirgan. Ko‘ylaklarning, asosan, yengi, etagiga
mijozning didiga mos ravishda kashta tikila boshlandi. Lozim-
lar pochasiga ham kashta tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |