Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Erkaklar libosi. Tojik kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib 
turadi. Yelka kiyim sifatida ko‘ylak, chopon kiyishgan. Erkak-
larning ichki kiyimiga tunikasimon ko‘ylak – kurtayi mardona
kiftaki yoki ko‘ylak kiradi. Ko‘ylak oldi gorizontal va vertikal 
kesik bo‘lgan. Ko‘ylak kesigi xoh gorizontal bo‘lsin, xoh verti-
kal bo‘lsin, ko‘ylak oldiga tasma qo‘yilgan. Ko‘ylaklar orasida 
oldi kesilmagan yaxtak – ko‘ylaklar ham kiyilgan.
Uzun va keng ishton shalvar va ezor – ishton bel kiyimi 
bo‘lib xizmat qilgan. 
Bu ko‘ylak, yaxtak yoki jelak bir-biriga o‘xshab ketadi. To-
jikistonda ko‘ylak ustidan nimcha – voskat kiyiladi. Ko‘ylak 
ustidan chopon, chakmon, bir nechta xalat kiyilgan. Xalatlar 
uch xil tikiladi. Buxoroda keng, uzun, tik xalatlar tikilgan, 
ularning yenglari uzun, keng va to‘g‘ri bo‘lgan, ikki yonida 
cho‘ntagi bo‘lgan. Xalat yarmiga astarlik qo‘yilgan, yarmiga 
qo‘yilmagan. Qishki xalatga paxta solib qavilgan, xalat astarli 
ham bo‘lgan.
Tojik erkaklar ichki kiyimi – yaxtak va joma – ustki ki-
yim bo‘lib, ularning bir necha turlari mavjud: yengil, astarli, 
issiq qavilgan. Yaxtak, asosan, yorqin va rang-barang mato-
lardan bichilgan bo‘lib, xalat bichimi, kiyadigan odamning 
yoshidan qat’i nazar, bir xilda tikilgan. Kiyim butun mato 
parchasidan bichilgani uchun old va ort bo‘lakning yelka 
qismi choksiz yaxlit bichilgan. Yeng o‘mizining qirqimi 


142
bo‘lmagan. Unga uzunasiga pastga qarab torayib ketgan 
yeng ulangan, qo‘l yengi (qo‘ltiq) orasiga hishtak solingan. 
Kiyimning ikki yonini kengaytirish uchun kiritma ( qiyiq, 
uloq , kulfak ) qo‘yilgan (ilgari matolar eni tor bo‘lgan) va 
etagining ikki yon tomonidan vertikal qirqim qiyilgan. Bort 
chetlari, etak qirqimi va yeng uchi qo‘lda to‘qilgan zehi das-
ti – ensiz tasma bilan ishlov berilgan, ko‘krak oldi kamar-
cha bog‘ichi bilan bezalgan. Erkaklarning kundalik choponi, 
asosan, satin va chitdan, katta-katta guldor, naqshli va ko‘k, 
yashil tusli movut matosidan tikilgan. XX asr boshlarida 
kamzul kiyish urf bo‘ldi. Tog‘liklar qishda qavilgan paxtalik 
chopon ustidan mo‘ynali po‘stin va uy sharoitida to‘qilgan 
movutdan chakmon kiygan (50-rasm). 
50-rasm
Ensiz uzun gazlama bo‘lagi fo‘ta belbog‘ sifatida xizmat 
qilgan. Yosh yigitlar kashta tikilgan qiyiqchalar – miyonband
badavlat kishilar va amaldorlar kamarband – baxmalga zar ip-
lar bilan kashta yoki iroqi tikilgan keng belbog‘ bog‘lagan. 


143
Erkaklar bosh kiyimi toqi – do‘ppi yoki kuloh qalpog‘i 
ustidan salla o‘ralgan. Asosiy bosh kiyim do‘ppi hisoblanib, 
u – to‘ppi, qalpoq, kallapo‘sh, deb har xil atalgan. U od diy 
matodan tikilgan. Shohiga tillarang, kumush iplar bilan kashta 
tikib, bezak beriladi, chetlariga mag‘iz tikiladi. Yigitlar bezak 
berib tikilgan bunday do‘ppilarni to‘ylarda kiygan. Erkak-
larning bosh kiyimiga yoshiga mos ravishda rang va bezak 
berilgan. Katta yoshdagi erkaklar sipo, kashtasiz bosh kiyim 
kiygan. Pomirda hozirgi vaqtlarda ham qishda do‘ppi o‘rniga 
qalpoq, poxol kiyiladi. Uning shakli uzun qalpoqqa o‘xshaydi.
Bundan tashqari, taqvodor kishilar, domla-imom, mullalar, 
qariyalar baland yumaloq qalpoq kiyishgan. Qariyalarning bosh 
kiyimlari shakli har xilligi, yumshoq matolardan tayyorlangan-
ligi bilan farq qilgan. Qariyalar do‘ppisi ustidan matodan salla, 
dastor o‘ralgan.
Qish faslida aksariyat tumanlarda do‘ppi ustidan telpak ki-
yilgan. Dumaloq mo‘ynali qalpoq ikki xil bo‘lgan. Buxoroda 
yarim konusli mo‘ynali qalpoq kiyilgan. Yuqori qismi qora-
ko‘l terisidan tayyorlangan. Qalpoq uchun ko‘proq qo‘zichoq 
mo‘ynasi terisidan foydalanilgan. Dokadan salla o‘ralgan. Salla 
o‘rashning har xil usullari bo‘lib, har bir viloyatning o‘ziga xos 
o‘rash uslubi bo‘lgan. 
Erkaklar va ayollar poyabzali –  mahsi ommabop hi-
soblangan. Mahsi charm kavush bilan birga kiyilgan. Bu poy-
abzalning echki terisidan tikilgan qayroqi xili ham bo‘lgan. 
Qishloqlarda turli poyabzallar kiyilgan. Yengil etiklardan tash-
qari baland poshnali etiklar ham kiyilgan. Qish fasli tog‘lik 
tumanlarda  kafshi chubin – taxtadan uch oyoqli boshmoqlar 
kiyilgan. Terini oshlab, tayyorlangan yumshoq etik XX asrning 
eng zamonaviy poyabzali sanalgan. Loklangan teridan tikilgan 
ushbu etik juda qadrlangan.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish