46
23-rasm.
XIII asrga
kelib ikki yoni tikilgan,
chuqur o‘mizli
syurko deb nomlangan
yangi kiyim turi paydo bo‘ldi. Syurko-
lar, odatda, kottning ustidan kiyilgan
(23-rasm).
Kech o‘rta asrlar davri (XIV–XV).
Bu davrga kelib,
bichiqdagi rivojlanish
sabab, kiyimlarning shakli, tuzilishi va
bezak chiziqlarida turli-tumanlik paydo
bo‘ldi. Erkaklar libosi ikki siluet ko‘rinishni
oldi: qomatga
yopishib turuvchi va pastga
qarab kengaygan keng liboslar. Ushbu
davr erkaklar libosi o‘tkir uchli poyabzal
va konus shaklidagi baland bosh kiyim
bilan birga inson tana shaklini yanada uzaytirib ko‘rsatish bilan
birga
unga harakat erkinligi, chaqqonlik va egiluvchanlik ham
baxsh etardi. Bu davr tor kiyimlariga kalta, yopishib turadigan
kurtka
kotardi – old tomonidan tugmalanadigan va bo‘ksada
bezakli belbog‘ bilan qadaladigan, bo‘ksa
uzunligidagi tor
kiyim. Kotardining yengi turlicha: tor, keng, qanot shaklida.
Yuqori qismidagi tor yenglar pastga tomon kengayib, tishchalar
yoki kengligi 10 sm, uzunligi 1,5 metrga boradigan mato
bo‘laklari bilan bezaklangan (24-rasm).
XIV asrlarga kelib kotardi belni siqib turadigan va bo‘ksada
yelpig‘ichsimon taxlamali kalta jaketlar tomonidan siqib
chiqarildi. Jaketlar yengi baland ko‘tarilgan, burmalangan
o‘mizga ega bo‘lib, frank burgud modasi belgisi –
yelkaning
to‘g‘ri va baland ko‘rinishini belgilagan.
Tapert ham beldan qattiq siqib bog‘langan va uning ham
past qismi burmali yoki taxlamali (skladkali) bo‘lgan. Tapertlar
jaketdan uzunroq bo‘lgan (tizzagacha uzunlikda), chetlari boy
bezatilgan (25-rasm). Belbog‘, yoqa, yeng va yelka choklarga
qo‘ng‘iroqchalar taqilgan.
47
Kalta tor kurtkalar
shossalar va o‘tkir
uchli oyoq kiyim –
pigashlar bilan kiyilgan.
XIV asrga kelib pigashlar uchi judayam
uzayib, ular uzunligi egasining jamiyatdagi
o‘rniga qarab 70 sm gacha borgan. Oyoq
kiyim rangi
ustki libos rangiga mos
tanlangan.
XIV asr oxiri – XV asr boshlarida
qoplama va tugmalari qadalmaydigan, turli
uzunlikdagi ustki kiyim – upelyandlar (26-
rasm) paydo boldi.
Bu davrda bosh kiyimlarning turlari –
kapyushon, shaperon – osilib turuvchi uzun
uchli o‘ralgan bosh kiyim,
konus
simon,
keng va tor ayvonli (chambarakli) fetr va
movut shlyapalar. Soch turmaklari – uzun
lokonlar (jamalaklar) va kalta chyolkali.
Ayollar libosi. Ayollar bir paytning
o‘zida ikkita tunika kiyib yurishgan: uzun,
tor yengli uzun va keng tunikalar hamda
ustki, kalta va keng yengli, bo‘yi
kaltaroq
tunikalar. X–XII asrlardan boshlab tana-
ga yopishib turadigan tor libos lar, tor kalta
jiletlar paydo bo‘ldi. Metall parchalari bilan bezaklangan
belbog‘lar bo‘ksaga taqilib, ularning
uchlari yerga qadar osilib
turgan. Ayollar sochlarini yoyib yoki o‘rib yurishar va parcha
lentalar, obruchlar, dahanga bog‘lana digan chambaraklar taqa
boshlashdi. Poyabzallar tuzilishi va materialiga ko‘ra xuddi
erkaklarniki singari bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: