Boshqaruvning to'g'ri chiziqli va matritsa tuzilmasi Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Iqtisodiyot yo'nalishi 521 guruh
talabasi Jovmartov Bekjon
Reja: To'gri chiziqli tuzilma Matritsa tuzilma To'gri chiziqli tuzilma To‘g‘ri chiziqli tuzilma - tashkilot va har bir bolinmaning boshida barcha vakolatlarga ega bo‘lgan va boshqaruvning barcha vazifalarini o‘z qo‘liga jamlagan rahbar turishini ko‘zda tutadi. Zanjircha bo'yicha yuqoridan pastga uzatiladigan uning qarori barcha quyida turuvchi bo‘g‘inlar tomonidan bajarilishi majburiydir. Boshqaruvning ushbu tizimida rahbarlarning ierarxiyasi shunday asosda tashkil qilinadi (masalan, tashkilot direktori, korxona boshlig‘i, ishchi).
Yakka hukmronlik tamoyili shundan iboratki, qo‘l ostidagilar faqat bitta rahbarning farmoyishlarini bajaradilar. Buning ustiga amaldor shaxs qandaydir ijrochilarga ularning bevosita rahbarini chetlab o‘tib, farmoyish berish huquqiga ega emas.
Ushbu tuzilma ayrim mutaxassislar va xizmat bolinmalarini mavjud bolishiga yo‘l qo‘yadiki, ular faqat to‘g‘ri chiziqli rahbarga axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqarishda yordam beradilar, ammo o‘zlari boshqarilayotgan obyektga ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar bera olmaydilar.
Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va aniqligi, rahbarning o‘zi boshqarayotgan bo‘linma faoliyati natijalari uchun oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan bir-birlari bilan muvofiqlashtirilgan farmoyishlarning olinishidir.
To‘g‘ri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari quyidagilardan iborat: rahbarga nisbatan yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona (bo‘linma) faoliyati turlari bo'yicha keng bilimlar va tajribaga ega bo‘lishi, axborotlar bilan to‘ldirilishi, qo‘li ostidagilar, yuqori rahbarlar va qo‘shni tashkilotlar bilan aloqaning ko‘pliligiga ega bo‘lishi kerak.
Matritsa tuzilma Boshqaruvning matritsa tuzilmasi — bu boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining zamonaviy samarali turi bo‘lib, u ikkita tuzilmalar — to‘g‘ri chiziqli va dasturiy maqsadni birga olib boorish yo‘li bilan yaratiladi . To‘g‘ri chiziqli tuzilmaga muvoflq (vertikal bo‘yicha) tashkilot faoliyatining ayrim sohalarini boshqarish amalga oshiriladi; ishlab chiqarish, sotish, ta’minot, dasturiy-maqsadli tuzilmaga muvofiq (gorizontal bo‘yicha) dasturiy (loyihalar)ni boshqarish.
Boshqaruvning matritsa tuzilmasida dastur (loyiha)ning rahbari to‘g‘ri chiziqli rahbarlarga ham bo‘ysunuvchi mutaxassislar bilan ishlaydi. U aniq dastur bo‘yicha nima va qachon qilinishi kerakligini belgilaydi. To‘g‘ri chiziqli rahbar esa u yoki bu ishni kim va qachon bajarishi kerakligini hal qiladi. Boshqaruvning matritsa tuzilmasining afzalliklari quyidagilar:
boshqaruv xodimlari faoliyatini vazifaviy bo‘linmalar bilano‘zaro hamkorlik qiluvchi dasturiy bo‘linmalarni shakllantirishyo‘li bilan faollashtirish, boshqaruv vazifalarini yuqori natijalarga erishish uchun javobgar bolgan rahbarlar (loyihaviy va dasturiy guruhlar rahbarlari) va mavjud resurslardan to‘liqroq foydalanish uchun javobgar bolgan rahbarlar (vazifaviy bolinmalar boshliqlari) o'rtasida yetarlicha aniq taqsimlanishi
barcha darajadagi rahbarlar va mutaxassislarni ishlab chiqarish va tijoratni takomillashtirish bo‘yicha faol ijodiy faoliyatga jalb qilish
Bunda asosiy qarorlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va uni nazorat qilish yuqori darajada saqlanib qoladi; bir necha dasturlarni bajarishda resurslar bilan manevr qilishning egiluvchanligi va operativligi ta’minlanadi.
Matritsa tuzilmalarida yangi texnologik jarayonlar va unumli uskunalarni tatbiq etish bilan bog‘liq qayta qurishlarni tez-tez o‘tkazish mumkin. Matritsa tuzilmalariga o‘tishda murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishda yirik tashkilotlarda eng katta samaraga erishiladi. Shu bilan birga guruhlardan tashkilotning matritsasini qurish elementlari sifatida foydalanish salbiy tomonlarga ham ega: bunday guruhlar barqaror tuzilmalar bolmaydi.
Ulardan intensiv ravishda foydalanishda xodimlar «tashkiliy bino»dagi o‘z joylaridan mahrum bo‘ladi, ular doimiy ravishda guruhdan guruhga ko‘chib yuradi va butun tashkilot vaqtinchaga 0‘xshab qoladi. Agar tashkilot bunday guruhlardan foydalanishga borgan sari ko‘proq murojaat qilsa, unda guruhlar va loyihalardagi rahbarlar va mutaxassislarni tez-tez o‘zgarishi nazoratni yo‘qligiga olib keladi va tashkilot osongina barbod bo’ladi. Bubolda toliqligicha matritsa tuzilmasini tashkil qilishga to‘g‘ri keladi. bu salbiy samarani pasaytiradi. Bundan tashqari matritsa tozilmalari uchun nizolarning yuqori darajasi xosdir.
E'tiboringiz uchun rahmat