Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash



Download 222,56 Kb.
bet4/22
Sana16.07.2022
Hajmi222,56 Kb.
#810218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
BMI-Abdulaziz Xokimov-Sintez Ammiak-kolonna-116103t-yil

4. Tayyor mahsulot tavsifi

Tayyor mahsulotning texnik nomi - suyuq texnik ammiak. Kimyoviy formulasi NH3. Texnik ammiak GOST 6221-90 talabiga binoan ishlab chiqariladi. Texnik ammiak ko'rsatkichlari quyidagi jadvalda ko'rsatilgan normalarga javob berishi kerak.


4.1 - jadval

Ko'rsatkichlar nomi

Markalar normasi

А

Ак

Б

1.Ammiakning massa ulushi, % dan kam emas

99,9

99,6

99,6

2.Azotning massa ulushi, % dan kam emas

-

82

82

3.Suvning massa ulushi (bug'latishdan so'ng), %

-

0,2-0,4

0,2-0,4

4. Suvning massa ulushi (Fisher usulida), %

0,1

2

8

5. Yog'ning massa kons-si, mg/dm , dan kam emas

2

1

2

6.Temirning massa kons-si, mg/dm3, dan kam emas

1

0,5

-

7. Umumiy xlorning massa kons-si, mg/kg, dan kam emas

-

30+10




8. Massa kons-a ulushi uglerod (IV) oksidning, mln -1 (mg/kg), dan kam emas

-

-

-

Ammiakning asosiy fizik-kimyoviy xossalari.


Suyuq ammiak - rangsiz, shaffofdir. U gaz holida ham rangsiz bo'lib juda o'tkir hidga ega. Hajmiy og'irligi:

  1. suyuq ammiak - 120C da 0,1732 MPa bosimda 0,654 kg/l

  2. gaz holdagi ammiak -120C da 0.1732 MPa bosimda – 2,21kg/m3 Molekulyar massasi M – 17,0304

Molyar hajmi - 22049 sm3
0,1MPa (760 mm Hg) da qaynash temperaturasi ;
-33,50C 0,1MPa (760 mm Hg) da suyuqlanish temperaturasi;
-77,80C Kritik temperaturasi – 132,40C
Kritik bosimi – 11,15 MPa
Ammiak normal sharoitda oksidlovchilar ta’siriga barqaror, suyuq ammiak qiyin yonuvchi modda hisoblanadi.
Kislorod ishtirokida yonish jarayoni quyidagicha boradi:
4NH3 + 3O2= 2N2 + 6H2O + Q
Oksidlanish katalizator ishtirokida borsa, azot oksidi hosil bo'ladi:
4NH3 + 5O2= 4NO + 6H2O + Q
Ammiak suvda juda yaxshi eriydi, jarayon ammoniy gidroksid hosil bo'lishi bilan boradi:
NH3 + H2O =NH4OH + Q
200C va 0,1 MPa bosimda 1 hajm suvda 760 hajm ammiak eriydi. Suyuq ammiak yengil uchuvchan gaz, u ko'plab organik va noorganik moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. Suyuq ammiakda bosim ortib borishi bilan azot, argon, metanlarning eruvchanligi ortib boradi. U toksikologik xususiyatga ega bo'lib, ko'z shilliq pardasini va nafas yollarini zaharlab yemiradi, kuchli nafas bo'g'ilishiga olib keladi. Ammiak yoki uning suvdagi eritmasining kislotalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ammoniy tuzlari hosil bo’ladi:
NH3 + HNO3 =NH4NO3 — ammoniy nitrat yoki ammiakli selitra
2NH4OH + H2SO4 = (NH4)2SO4 + 2H2O —ammoniy sulfat
NH3 + HC1 = NH4C1 — ammoniy xlorid
Olinishi. Ammiak sintezi reaksiyasi qaytar reaksiya bo'lib, issiqlik chiqishi bilan boradi.
N2+3H 2 = 2NH3 + Q
Reaksiyada gazning hajmi 2 marta kamayadi: Le-Shatele prinsipiga muvofiq haroratni oshirish NH3 ni parchalanishi tomon, bosimni ortishi esa reaksiyani NH3 ni sintezlanishi tomon berishini ta’minlaydi. Uy haroratida 1 atm. (1,01—105 Pa) bosimda reaksiya muvozanati to'liq ammiak sintezi tomon siljiydi, ammo reaksiya unumi juda past bo'ladi.
Reaksiya katalizator ta’siridagina yetarli darajada tez ketadi. Ammo katalizator 400—500°C da aktivlik ko'rsatadi. Bundan yuqori haroratda ammiak sintezi yuqori bosimdagina boradi. Muvozanatni NH3 hosil bo'lishi tomon siljitish uchun yuqori bosim va past harorat kerak bo'ladi. Hatto eng yuqori bosimda ham katalizator qo'llanilmasa, reaksiya unumi past bo'ladi. Ishlab chiqarish sharoitida reaksiya 400-500°C haroratda qattiq katalizator ishtirokida va bosimda olib boriladi. 1923-yili Germaniyada shu usuldagi ammiak ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi.

Download 222,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish