Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash



Download 222,56 Kb.
bet1/22
Sana16.07.2022
Hajmi222,56 Kb.
#810218
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
BMI-Abdulaziz Xokimov-Sintez Ammiak-kolonna-116103t-yil


Mundarija
bet

  1. Kirish…………………………………………………………………………...5

  2. Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash………….…….8

  3. Xom-ashyo mahsulotlarining tavsifi…………………………………………..11

  4. Tayyor mahsulot tavsifi……………………………………………………….14

  5. Texnologik ishlab chiqarish usullarini tavsiflash va tanlash…………………..17

  6. Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni.

    1. Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari……………………..…………………..19

    2. Texnologik sxema bayoni……………………………………………….……21

  7. Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jihoz hisobi va bayoni.

    1. Moddiy va issiqlik hisobi………………………………………………… …30

    2. Asosiy jihozning hisobi………………………………………………………44

    3. Mexanik hisob…………………………………………………………… …46

    4. Gidravlik hisob……………………………………………………………….47

    5. Asosiy jihozning bayoni…………………………………………………… 48

  8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish……………………………………50

  9. Mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish………………………...…….......53

  10. Iqtisodiy asoslash…………………………………………………………......67

  11. Xorijiy investitsiya……………………………………………………...……81

  12. Xulosa……………………………………………………………………...…87

  13. Adabiyotlar ……………………………………………………………..……88



  1. Kirish

Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to’qimachilik, yengil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligi maxsuloti, ayniqsa paxta, hozirgi vaqtda asosiy valyuta resursi, respublika uchun hayotiy muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, neft va neft mahsulotlari, texnika va texnologiya uskunalarini import bo’yicha sotib olishni taminlayotgan asosiy manbadir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda valyuta resursi bo’lgan paxtani yetishtirish uchun kimyo sanoati katta o’rin egallaydi, buning isboti sifatida chiqarilayotgan turli xil mineral o’g’itlar, kimyoviy preparatlar ya’ni g’o’zaga tushadigan turli xil kasalliklarga qarshi va oldini oluvchi vositalar, defolyantlar va boshqalarni keltiramiz.


O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “O’zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a’zolari to’liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017-2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratish ko’zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta’minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardoshligi va jozibadorligini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida “O’zkimyoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tgan 2017-yilning 28-dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo'lib o'tdi.
«Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o’z yechimini topgani yo’q. Masalan, mineral o’g’it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og’ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qishloq xo’jaligini moliyalashtirishga umuman e’tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o’zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda»,- dedi prezidentimiz. «Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan mineral o’g’itlar bilan bog’liq xarajatlar qoplanmayapti. Oqibatda kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xom - ashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o’sib ketmoqda».
Shu bois 2018-yildan boshlab, iste’molchilarga mineral o’g’it yetkazib berish “O’zkimyosanoat” AJ huzurida tashkil qilinadigan “Yagona agent” vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko’zda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o’g’itlarning tan narxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o’g’itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017-yilda “Farg’onaazot” korxonasi, Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi, Qo’qon superfosfat zavodi, “Ammofos-Maksam” va “Maksam-Chirchiq” birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo’lgan, “Navoiyazot” korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o’z aylanma mablag’larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb qilish orqali hal etib kelmoqda.
Shu sababli “O’zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019-yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
E’tibor qaratish lozim bo’lgan yana bir muammo – asosiy texnologik uskunalarning eskirganidir. Buning oqibatida ishlab chiqarishning texnologik tartiblari izdan chiqmoqda, mablag’ yetishmasligi sababli uskunalar joriy va kapital ta’mirdan o’tmayapti.
Davlatimiz rahbari joriy va kapital ta’mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Qishloq xo’jaligini fosforli o’g’itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta’minlash masalasi muhokama qilinar ekan bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo’lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021-yilda yangi fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko’zda tutilmoqda.
Yig’ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta’minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko’p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va, asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog’liqdir. Ammo bu yo’nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda. Shundan kelib chiqqan holda, “O’zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda “O’zkimyosanoatloyiha” loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo’nalishlarini o’zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi. Muhokama qilingan masalalar bo’yicha mutasaddilarga tegishli ko’rsatmalar berildi.



Download 222,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish