Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash



Download 222,56 Kb.
bet5/22
Sana16.07.2022
Hajmi222,56 Kb.
#810218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
BMI-Abdulaziz Xokimov-Sintez Ammiak-kolonna-116103t-yil

Ishlatilishi: Ammiak azotli birikmalar olishda asosiy - boshlang’ich birikmadir. Ishlab chiqarilayotgan ammiakning ko’p qismi nitrat kislota va azotli o’g’itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ammiak xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi. Azotli birikmalarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida har yili ishlatiladigan azotli birikmalar miqdori bir necha o’n million tonnaga yetadi.
Ammiak, nitrat kislota va ammiakli o’g’itlar (ammiakli selitra, ammoniyli, ammoniylashgan superfosfat va hokazo) olishda asosiy xom ashyo bo’lishi bilan birga, yana ko’p miqdorda novshadil spirt (meditsinada, turmushda va kimyo sanoatining turli tarmoqlarida ishlatiladi), ammoniy xlorid (bo’yoqchilikda, to’qimachilikda, meditsinada va yana azot birikmalari bo‘yoqlar, plastmassalar (aminoplastlar), kimyoviy tolalar (kapron, neylon, enant, poliamid tolalar) suratkashlik preparatlari, dori-darmonlar, portlovchi moddalar, azotli o ‘g‘itlar, ammiak va nitrat kislotasi va boshqa o’nlab xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi . Ammiak, yuqorida aytilganlardan tashqari, sovitish texnikasida past temperatura (-20 va - 30°C) hosil qilishda, soda ishlab chiqarishda, po’lat buyumlar sirtining qattiqligini oshirishda (azotlashtirishda) qo’llaniladi. Azotli birikmalar, masalan, nitrat kislota portlovchi moddalar (trotil, nitroglitserin, tutunsiz porox va hokazo), bo’yoqlar va kinoplyonkalar tayyorlashda asosiy boshlang’ich birikmalardan hisoblanadi; kaliyli selitra asosida qora porox olinadi; nitrat kislota hamda uning ba’zi tuzlari (AgNO3, NaNO2) meditsinada ishlatiladi.


5. Texnologik ishlab chiqarish usullarini tavsiflash va tanlash

Azot tabiatda asosan erkin holda uchraydi. Havoda uning hajmiy ulushi 78,09%, massa ulushi 75,6% bo'ladi. Oz miqdorda azot birikmalari tuproqda bo'ladi. Azot oqsil moddalar va tabiiy organik birikmalar tarkibiga kiradi.


Azotning yer po'stlog'idagi umumiy miqdori 0,01%, texnikada azot suyuq havodan olinadi. Ma'lumki havoning asosiy qismi azot va kislorod aralashmasidan iborat.
Yer yuzidagi quruq havoning tarkibi (hajmiy jihatdan) azot 78,09%, kislorod 20,98%, nodir gazlar 0,93%, uglerod (IV) oksid 0,03%, shuningdek, tasodifiy qo'shimchalar - chang, mikroorganizmlar, vodorod sulfid, oltingugurt (IV) oksid va boshqalar.
Sanoatda ammiak olishning asosiy usuli uni azot va vodoroddan sintez
qilishdir:
N2 + 3H2 = 2NH3
U faqat katalizator - aktivatorlar (alyuminiy, kaliy, kalsiy, kremniy ba'zan magniy) oksidlari qo'shilgan g'ovak temir ishtirokida boradi. Boshlang'ich moddalar azot -havoni to’g’ridan-to'g'ri haydash orqali, vodorod suvdan yoki konversiya usuli bilan olinadi. Suyuq ammiak va uning suvdagi eritmalari suyuq o'g'it sifatida ishlatiladi.
Oddiy sharoitda ammiak sintez qilish juda qiyin. Bu yerda faqat jarayonni olib borish uchun reaksiyani o'ng tomonga siljitishi mumkin bo'lgan optimal sharoit ko’rsatiladi. Bu reaksiya ekzotermik bo’lganligi sababli temperaturaning pasayishi muvozanatni ammiak hosil bo’lish tomonga siljitadi. Lekin bunda reaksiya tezligi juda kamayib ketadi.
Shuning uchun ammiak sintezini 500-530°C da katalizator ishtirokida olib borishga to'g'ri keladi. Katalizator to'g'ri va teskari reaksiyalarni bir xilda tezlashtirgani, temperaturani ko’tarish esa muvozanatni dastlabki moddalar tomonga siljitgani sababli bu sharoitlar sanoat uchun samara bermaydi. Mahsulot hosil bo'lishini amalga oshirish uchun bosim qo'llaniladi. Ammiak sintez qilish uchun 15 MPa dan 100 MPa gacha bo'lgan bosim ishlatiladi.
Bosimning qo'llanilishiga qarab ammiak ishlab chiqarish usuli 3 xil
bo'ladi:

  1. Past bosimli (10... 15 MPa),

  2. O'rtacha bosimli (25…30 MPa),

  3. Yuqori bosimli (50…100 MPa).

Yuqoridagi usullardan asosan o'rta bosimli usul qo'llaniladi.
Texnologik jarayonni sirkulyatsion jarayon deyiladi. Aralashmani sirkulyatsiya qilish orqali azot - vodorod aralashmasidan 95% gacha foydalaniladi. Ammiak sintez qilishning eng asosiy usuli atmosfera azotini bog'lashdir.
Sintetik ammiak ishlab chiqarishning eng oddiy usuli azot va vodoroddan iborat bo'lgan aralashmani kompressorda so'rib olinadi va zarur bosimgacha siqiladi. So'ngra azot - vodorod aralashmasi ajratgichga va cho'g'lantirilgan ko'mir bilan to'ldirilgan filtrga tushadi.
Tozalangan aralashma katalizator (alyuminiy, kaliy, kalsiy, kremniy oksidlari qo'shilgan g'ovak temir) joylashtirilgan sintez apparatiga yuboriladi va bu yerda ammiak hosil bo'ladi:
2 + N2 = 2NH3,
Barcha sistemani ishga tushirish oldidan sintez apparati 400 - 5000C gacha qizdiriladi, keyin esa sistemada temperatura reaksiyada ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga ushlab turiladi. Ammiak hosil bo'lish jarayoni qaytar bo'lganligi uchun sintez apparatidan chiqayotgan gaz aralashmasi tarkibida ammiakning hajmi 16% gacha yetadi. Hosil bo’lgan 16 % ammiakni kondensatsiyalash yo’li bilan gaz tarkibidan suyuq holida ajratib olinadi.




  1. Download 222,56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish