12. Xulosa
Menga kafedra tomonidan “Quvvati 116103 t/yil bo’lgan ammiak ishlab chiqarish sexini loyixalash va hisoblash bo’yicha bitiruv malakaviy ishi” berildi. Men ushbu bitiruv ishini bajarishdan oldin mavzuyimga asosan bitiruv oldi amaliyotini “Farg'onaazot” AJ da ammiak ishlab chiqarish sexida o’tadim. Amaliyot davrida ammiak ishlab chiqarish sexining texnologiyasi, asosiy qurilmalarni tuzilishi va ish prinsipi, xom ashyo va tayyor mahsulot haqida ma’lumotlar hamda sexning iqtisodiy qismi bilan yaqindan tanishdim.
Bitiruv ishini rejada ko’rsatilgan bo’limlar asosida bajardim. Kimyo sanoatining o’rni, qurilish joyini tanlash, ishlab chiqarish usullari va ularni tanlash, tanlangan usulni tavsifi, bo‘limlarning texnologik hisoblari, jarayonni avtomatlashtirish, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy asoslash haqida to’xtalib o’tdim. Texnologik hisoblarda berilgan unumdorlikka asosan, bo’limlarni moddiy va issiqlik hisoblari, sintez kolonnasi qurilmasining konstruktiv, mexanik va gidravlik hisoblarini bajardim. Bunga ko’ra sintez kolonna qurilmasi quyidagi ko’rsatkichlarga ega:
Qurilmaning diametri - 2000 mm Balandligi - 24400 m
Gidravlik Qarshilik -128133 Pa
Grafik qismini esa 6 ta A2 formatga mashtab va GOST talablariga asosan chizdim.
Hozirgi kundagi o’sib borayotgan ehtiyojni va mineral o’g’itlar ishlab chiqarishni sanoatimizda tutgan o’rnini hisobga olgan holda ammiak ishlab chiqarish agregatlarining quvvatini oshirish juda katta foyda keltiradi. Bu o’z-o’zidan mineral o’g’itlar ishlab chiqarish sohasini kengaytirish va rivojlantirishga olib keladi. Buning uchun sohada chuqur izlanishlar olib borish, jarayonning kam energiya talab qiluvchi optimal usullarini qidirib topish va mavjudlarini qayta rekonstruksiya qilib quvvatini oshirish talab etiladi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish mamlakatimiz sanoatini yanada rivojlanishiga va yangi ishchi o’rinlar yaratilishiga olib keladi degan umiddaman.
13. Adabiyotlar
Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Zokirov S.G. va boshqalar. “Kimyo va oziq - ovqat sanoatining asosiy jarayon va qurilmalarini hisoblash va loyihalash”. - Toshkent, Jahon, 2000. - 231 b.
Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Ismatullaev P.R. “Kimyo va oziq - ovqat sanoatining jarayon va qurilmalari fanidan xisoblar va misollar”. - Toshkent, Nisim, 1999. - 351 b.
Salimov Z., “Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari”. - Toshkent. «O’zbekiston», 1 - tom, 1994.
Salimov Z., “Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari”. - Toshkent. «O’zbekiston», 2 - tom, 1995.
Ismatov A.A., Otaqo’ziev T.A. va boshqalar. “Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi”. -Toshkent: «O’zbekiston», 2002.
Yusupbekov N.R., G’ulomov SH. M. «Avtomatika va ishlab chiqarish protsesslarini avtomatlashtirish» Toshkent: O’qituvchi, 1982. 351b.
Ditnerskiy Yu.I. “Protsessbi i apparati ximicheskoy texnologii”. - M.: Ximiya, 1 - chast, 1995.
Spravochnik azotchika. 1 - 2 chast. - M.: Ximiya, 1986.
Pozin M.E. Texnologiya mineralnix udobreniy. -L.: Ximiya, 1989.
Dibina I.V. Raschyot po texnologii neorganicheskix veshestv.
Genne M., Zachko N.D. Karavaev M. M., Fred M. L. Proizvodstvo azotnoy kisloti v agregatax bolshoy yedinichnoy moshnosti. - M.: Ximiya, 1985.
Agregat AM-76 Texnologicheskiy reglament. 1-kitob.
www.ziyonet.uz
www.google.ru
www.rutrakcer.org
Do'stlaringiz bilan baham: |