Ikkinchidan, narxning har bir pasayishi shu tovarning iste’molchilarini ehtiyojlarini
toʻliq qondirish uchun yana qoʻshimcha harid tahlilga undaydi. Bu erda shuni
ta’kidlash lozimki, hatto mazkur iste’molchilar talabining oʻsishi amalda
toʻxtagandan keyin ham, bozorda harid tahlil hajmi narxining yanada pasayishi bilan
bogʻliq ravishda, ancha past daromadli haridorlarning oʻz ehtiyojlarini qondirishga
kirishishi hisobiga oʻsadi. Agar sof raqobatli bozor vaziyatini sotuvchilar yoki taklif
tomonidan koʻrib chiqsak, teskari manzarani kuzatamiz. Barcha sotuvchilar bozorda
narx qancha yuqori boʻlsa, shuncha koʻp tovar sotishga harakat qiladi, ya’ni taklifni
oshiradi. Narx yuqori boʻlganda ishlab chiqarish hajmining oshish tamoyili shu bilan
izoxlanadiki, bir tomondan, narxning oshishi mazkur tarmoqka yangi ishlab
chiqaruvchilarni jalb qiladi. Ikkinchi tomondan, narx oʻsgan sharoitda tadbirkorlar
qoʻshimcha foyda oladi va natijada koʻproq ishchi kuchi yollash, koʻproq xom ashyo
va mashinalar sotib olish, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatga ega
boʻladi.
Talab va taklifning harakati shuni koʻrsatadiki, agar narx oʻzgarsa bu sotish
va sotib olish natijasida ruy beradi. Sof raqobatli bozorda narx qaysi darajada
oʻrnatiladi degan savol tugʻiladi. Bu savolga aloxida tovarlar talab va taklifi koʻrib
chiqilganda umumiy holda javob berilgan edi. Alohida tovarlar, talab va taklif egri
chiziqli kesishgan nuqtani muvozanatli narx deb atagan edik. Tovarlarning
muvozanatli narxiga mos keladigan miqdori iste’molchi harid kilishi lozim boʻlgan
tovarlar miqdorini koʻrsatadi va bu muvozanatli miqdor ishlab chiqaruvchi bozorga
chiqarishi kutilgan tovarlar miqdoriga teng keladi.
Sof raqobatli sharoitida har xil boʻlgan narxlardan qaysi biri haqiqiy
muvozanatli narx boʻla oladi? Bunday narx taklifining umumiy yoki bozor hajmi va
talabning umumiy hajmi bilan belgilanadi. Aytilganlarni misol orqali tushuntiramiz.
Avvalo taklifning umumiy hajmini aniqlaymiz. Qulay boʻlishi uchun, tarmoqda
hammasi boʻlib 1000 ta raqobatlashuvchi korxona boʻlib, ulardan har biri bozorga
bir xil miqdorda mahsulot taklif qiladi deb faraz qilamiz. Bu bizga bitta korxona
taklif qilgan mahsulot miqdori 1000ga koʻpaytirib, taklif umumiy yoki bozor
hajmini hisoblab chiqish imkonini beradi. Endi muvozanatli narxni aniqlash uchun,
taklifning umumiy hajmini harakterlovchi ma’lumotlari va talabning umumiy
hajmini harakterlovchi ma’lumotlarini, talabning umumiy hajmi toʻgʻrisidagi
ma’lumotlar bilan taqqoslash zarur (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: