Korxonalarda narx shakllanish jarayonini boshqarish



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana28.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#712777
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu-14



14-MAVZU: “KORXONALARDA NARX SHAKLLANISH JARAYONINI 
BOSHQARISH” 
Reja 
1.Narxning iqtisodiy mazmuni, turlari va vazifalari. 
2.Bozor munosabatlari sharoitida narxlarni tashkil etishning oʻziga xos 
xususiyatlari. 
3. Narxlarni shakllantirishda marketing strategiyasini roli va ahamiyati. 
Tayanch soʻz va iboralar: 
narx, baho, marketing strategiyasi, reklama, erkin 
narxlar, oligopolistik bozor, monopolistik raqobat, raqobat, muvozanatli narx, 
demping narx, chakana narxlar, ulgurji narxlar, narx diapozoni. 
1.
 
Narxning iqtisodiy mazmuni, turlari va vazifalari. 
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalarida yaqqol namoyon boʻladi. Narx 
quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning 
hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi 
– bu muvozanatli narx boʻlib, u birinchidan, tovarlarni sotilishini ta’minlaydi, 
ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi. 
2. Qiymatni hisobga olish vazifasi. Narx qiymatning puldagi ifodasi deb 
aytamiz, chunki kilingan sarf harajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) 
narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural 
koʻrsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m², m³ kvt-soat va hokazo). Bu 
koʻrsatkichlarni shu xolicha takkoslab umumiy koʻrsatkichga keltirib boʻlmaydi. 
Barcha natural koʻrsatkichlarning umumiy oʻlchovi ularning pulda ifodalangan 
narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qoʻllaniladi. Joriy narxlar 
amaldagi narxlar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari 
hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil asos qilib olinib (bazis yil) ishlab 
chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan takkoslanadi. 
Yalpi milliy mahsulot, milliy daromod, real ish haqi va shu kabi koʻrsatkichlar 
dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflyatsiya tufayli 
oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi mumkin.
3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (konyunkturasi) talab va taklif hamda 
ularning nisbatiga bogʻliq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni 
kengaytirish, aksincha xol esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish 
zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning 
daromadlari orqali ta’sir koʻrsatadi. Muayyan ishlab chiqarish harajatlari saklangan 
holda narx yuqori boʻlsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto 
ishlab chiqaruvchilar zarar koʻrishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar 
faoliyatiga ta’sir koʻrsatadi. Narx oshsa ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa 
kapitallar ham foyda yuqori boʻlgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. 
Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni oʻzgartirib turadi va 
takomillashuvini ta’minlaydi. 
4. Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi 
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar oʻz raqiblarini engish uchun narxni pasaytirish 


usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni oʻzgartirib turish usuli raqobatda 
keng qoʻllaniladi. 
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim 
qatlamlarini ijtimoiy himoya tahlil vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi 
tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar boʻyicha sotilganda bajariladi. 
Bunda ular davlat byudjeti va turli xayriya mablagʻlari hisobiga moliyaviy 
ta’minlanadi. 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi oʻzlarining ijtimoiy namoyon boʻlishini 
narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 
iste’molchilarni harakatga keltiruvchi kuch sifatida chiqadi. Shundan kelib chiqib 
narxga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish