Korxonalarda narx shakllanish jarayonini boshqarish



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana28.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#712777
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu-14

nufuzli narxlarni
yuzaga chiqaradi. Ular odatdagi 
narxlardan ancha yuqori boʻladi. Narxlarni qoʻllashda tovarlarni ishlab chiqarish 
harajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning oʻzgarishi va bozordagi 
narxga raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab ma’lum davrgacha 
oʻzgarmaydigan 
qat’iy (standart) narxlar va oʻzgaruvchan narxlar 
qoʻllaniladi. 
Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi oʻzgarmasligini afzal koʻradi. 
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta’riflari shunday narxlar jumlasiga 
kiradi. 
Oʻzgaruvchan narx
belgilanganda, harajatlar va bozordagi talabning 
oʻzgarishi hisobga olinadi. Oʻzgaruvchan narxlar harid miqdorini va harid vaqtini 
ham koʻzda toʻtadi, tovarlar koʻp miqdorda sotib olinsa narx tushiriladi. Harid vaqti 


hisobga olinib, mavsum boshida toarlar narxlari oshib borsa, mavsum oxirida ular 
pasayadi. Amaliyotda preyskurant narxlarham ishlatiladi. Bunday narxlar firma 
preyskurantlarida (narx koʻrsatkichlari) e’lon qilinadi va tovar narxining qaysi 
summa atrofida boʻlishini koʻrsatadi, ammo haqiqiy narx preyskurant narxdan 
yuqori yoki past boʻlishi mumkin. Narxlar farkining miqdoriy ifodasi narx 
diapazonideyiladi. Narx diapazoni narxlar oraligining puldagi ifodasidir.Narx 
diapazoni quyi, oʻrta va yuqori narxlarni oʻz ichiga oladi. Narx diapozoni qanchalik 
katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx 
oʻzaro boglanadi.
2. Bozor munosabatlari sharoitida narxlarni tashkil etishning oʻziga xos 
xususiyatlari 
Tovar pul munosabatlari rivojlangan sharoitida, nazariy jihatdan yondoshilsa 
narx, tovar qiymatini oʻzida mujassamlashtirishi zarur. Shu sababli qiymatning 
tashkil topish qonuniyatlarini qarab chiqilganda qiymatga – narxga teng keladi deb 
faraz kilinib, talab bilan taklif oʻrtasidagi nisbat, ya’ni aniq bozor sharoiti va 
narxning qiymatdan tashqari omillari hisobga olinmaydi. 
Narxlarning oʻzgaruvchanligi uning darajasiga ta’sir qiluvchi bir qator 
omillarning mavjudligi va bozor mexanizmi mavjudligi bilan belgilanadi. Bozorning 
turli nushalari va ularning oʻziga xos xususiyatlari ham qiymat-narx muvozanatiga 
oʻz ta’sirini koʻrsatadi. 
Narxning tashkil topishi eng samarali mexanizm sharoitida mavjud boʻladi, 
ya’ni bunda bozordagi vaziyat juda koʻp sotuvchilar va sotib oluvchilar, sotiladigan 
mahsulotlarning bir xilligi, firmalarning bozorga erkin kirishi bilan harakterlanadi. 
Bunda sotuvchi va sotib oluvchilarning birortasi ham oʻz-oʻzicha bozor narxlariga 
ta’sir koʻrsata olmaydi, narx talab va jami taklif ta’sirida oʻrnatiladi. 
Har qanday tovarning raqobatli bozorida talab kilingan tovarning bozor narxi 
bilan uning miqdori oʻrtasida hamma vaqt ma’lum nisbat mavjud boʻladi: narx 
qancha yuqori boʻlsa, shu tovarni sotib oluvchilar soni shuncha kam boʻladi, ya’ni 
daromadning mavjud darajasida talab darajasi kam boʻladi va aksincha, narx qancha 
past boʻlsa sotib oluvchilar soni va sotib olinadigan tovarlar miqdori shuncha koʻp 
boʻladi. 
Shunday qilib, sof raqobatli bozorda aloxida korxona mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini cheklab, ancha yuqori bahoga erisha olmaydi. Ma’lum mahsulotni 
ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar esa, sotish hajmini faqat ancha past narxlarni 
oʻrnatish yuli bilan koʻpaytirish mumkin. Bunda korxonalar mustaqil harakat qilib, 
shu bilan birga bir vaqtda taklifning umumiy hajmiga va demak, bozor narxiga ta’sir 
koʻrsatishlari mumkin. 
Agar qandaydir tovarlarning narxi oshsa va bunda boshqa sharoitlar 
oʻzgarishsiz qolsa, bu tovarlarga talab shuncha kam miqdorda boʻladi. Bu qonuniyat 
amalda deyarli barcha tovarlar uchun kuchga ega. 
Narxning oshishi bilan talabning asta – sekin pasayib borish sabablarini 
aniqlash qiyin emas, u avvalo iste’molchilar daromadining cheklanganligi bilan 
izoxlanadi. Agar tovarlarning yuqori narxida ularni faqat yuqori daromad oluvchilar 
sotib olsa, narxlarning pasayishi, birinchidan, yangi haridorlarni jalb qiladi. 


Ikkinchidan, narxning har bir pasayishi shu tovarning iste’molchilarini ehtiyojlarini 
toʻliq qondirish uchun yana qoʻshimcha harid tahlilga undaydi. Bu erda shuni 
ta’kidlash lozimki, hatto mazkur iste’molchilar talabining oʻsishi amalda 
toʻxtagandan keyin ham, bozorda harid tahlil hajmi narxining yanada pasayishi bilan 
bogʻliq ravishda, ancha past daromadli haridorlarning oʻz ehtiyojlarini qondirishga 
kirishishi hisobiga oʻsadi. Agar sof raqobatli bozor vaziyatini sotuvchilar yoki taklif 
tomonidan koʻrib chiqsak, teskari manzarani kuzatamiz. Barcha sotuvchilar bozorda 
narx qancha yuqori boʻlsa, shuncha koʻp tovar sotishga harakat qiladi, ya’ni taklifni 
oshiradi. Narx yuqori boʻlganda ishlab chiqarish hajmining oshish tamoyili shu bilan 
izoxlanadiki, bir tomondan, narxning oshishi mazkur tarmoqka yangi ishlab 
chiqaruvchilarni jalb qiladi. Ikkinchi tomondan, narx oʻsgan sharoitda tadbirkorlar 
qoʻshimcha foyda oladi va natijada koʻproq ishchi kuchi yollash, koʻproq xom ashyo 
va mashinalar sotib olish, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatga ega 
boʻladi. 
Talab va taklifning harakati shuni koʻrsatadiki, agar narx oʻzgarsa bu sotish 
va sotib olish natijasida ruy beradi. Sof raqobatli bozorda narx qaysi darajada 
oʻrnatiladi degan savol tugʻiladi. Bu savolga aloxida tovarlar talab va taklifi koʻrib 
chiqilganda umumiy holda javob berilgan edi. Alohida tovarlar, talab va taklif egri 
chiziqli kesishgan nuqtani muvozanatli narx deb atagan edik. Tovarlarning 
muvozanatli narxiga mos keladigan miqdori iste’molchi harid kilishi lozim boʻlgan 
tovarlar miqdorini koʻrsatadi va bu muvozanatli miqdor ishlab chiqaruvchi bozorga 
chiqarishi kutilgan tovarlar miqdoriga teng keladi. 
Sof raqobatli sharoitida har xil boʻlgan narxlardan qaysi biri haqiqiy 
muvozanatli narx boʻla oladi? Bunday narx taklifining umumiy yoki bozor hajmi va 
talabning umumiy hajmi bilan belgilanadi. Aytilganlarni misol orqali tushuntiramiz. 
Avvalo taklifning umumiy hajmini aniqlaymiz. Qulay boʻlishi uchun, tarmoqda 
hammasi boʻlib 1000 ta raqobatlashuvchi korxona boʻlib, ulardan har biri bozorga 
bir xil miqdorda mahsulot taklif qiladi deb faraz qilamiz. Bu bizga bitta korxona 
taklif qilgan mahsulot miqdori 1000ga koʻpaytirib, taklif umumiy yoki bozor 
hajmini hisoblab chiqish imkonini beradi. Endi muvozanatli narxni aniqlash uchun, 
taklifning umumiy hajmini harakterlovchi ma’lumotlari va talabning umumiy 
hajmini harakterlovchi ma’lumotlarini, talabning umumiy hajmi toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlar bilan taqqoslash zarur (1-jadval).

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish