2-rasm. Narxni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar
Талаб омиллари:
- талабга
йўналтирилган нарх;
-
ҳаридорларнинг
диди ва талаблари;
- бозорда ўхшаш
маҳсулотларнинг
мавжудлиги ва
уларга бўлган нарх;
- бозорга кириш
Ҳаражат омиллари:
- ишлаб чиқариш
харажатлари;
-
маркетинг
харажатлари;
- фойда
Рақобат омиллари:
- тармоқдаги
фирмалар сони;
- айнан ўхшаш
импорт
махсулотлари;
- рақобатчилар
маҳсулотига бўлган
нархни билиш;
Бозор ёки сотувчи (ишлаб чиқарувчи) томонидан нархни шакллантириш
Mahsulotni harid qilishning toʻla qiymati. Ilgari aytib oʻtganimizdek,
xaridorning asl harajatlari faqat toʻlangan narx emas, balki ayirboshlash shartlari
bilan ham belgilanadi. Bu harajatlar egalik huquqining oʻtishidagi muayyan
jarayoni: toʻlov tartibi, etkazib berish shartlari va muddatlari, sotishdan keyingi
xizmat koʻrsatish va hokazolarni toʻlaligicha qamrab oladi. Ba’zi xollarda, masalan,
agar sotuvchi boshqa mintaqada boʻlsa, haridor narxlarni taqqoslash, muzokaralar
olib borish va bitimni imzolash jarayonida katta mablagʻlarni sarflaydi. Huddi
shunga oʻxshab, agar haridorning texnik talablari muayyan ishlab chiqaruvchiga
moʻljallangan boʻlsa va u shu paytda etkazib beruvchilarni almashtirsa, oʻtish
harajatlari uning uchun katta boʻlishi mumkin. Oʻtish harajatlarining asosiy
manbalari quyidagilardir:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni etkazib beruvchining mahsulotiga
moslashtirish maqsadida, yangilash harajatlari;
- tovarni iste’mol qilish yoki undan foydalanish odatlaridagi oʻzgarishlar;
-
foydalanuvchilarni oʻqitish yoki qayta tayyorlash harajatlari;
-
yangi tovarlardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yangi asbob-
uskunalarga ajratilgan investitsiyalar;
-
qayta tashkil qilish va oʻzgarishlar bilan bogʻliq ruxiy muommolarga
ketadigan harajatlar;
Oʻtish harajatlari mavjud boʻlganda haridor uchun aniq qiymat tovarning
sotuv narxidan bir necha barobar yuqori boʻladi.
Shunday qilib, haridorning nuqtai nazaridan karaganda, narx tushunchasi
nominal baho doirasidan chetga chiqib, haridor oladigan barcha foydalarni barcha
harajatlarini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun haridorning narxga sezgirlik darajasida
monetar narx bilan bir qatorda barcha koʻrsatib oʻtilgan foyda va harajatlar hisobga
olinishi lozim.
Narx boʻyicha strategik qarorlarning muhimligi quyidagilardan iborat:
oʻrnatilgan narx- talabning darajasi va sotuvning hajmini aniqlaydi. Juda
yuqori yoki past narx tovarning muvaffaqiyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin;
sotuv narxi butun ish faoliyatining rentabelligini aniqlaydi, faqatgina
foydaning darajasini emas, balki uning sotuv hajmi orqali aniqlaydi.
Narxning ma’lum bir darajada oʻzgarishi rentabellikka katta ta’sir koʻrsatishi
mumkin;
sotuv narxi umumiy qabul qilinishiga yoki markasiga ta’sir etadi va
potentsial sotib oluvchilarning koʻz oldida markaning imijini tashkil
etuvchilardan biri hisoblanadi;
narx markaning boshqa komponentlariga qaraganda bu raqobatli tovarlar va
markalarni taqqoslash uchun qulay asos hisoblanadi. Narxning oʻzgarishi
bozor orqali tezgina seziladi va bu holat bozorning muvozanatini buzishi
mumkin. Narx bu raqobat sirlarining oʻzaro bogʻlanishida asosiy nuqta
hisoblanadi. Narx strategiyasi marketing strategiyasini tashkil etuvchilari
bilan oʻzaro bogʻliq boʻlishi kerak. Narxning ichida tovar pozitsiyasini
mustahkamlaydigan tovarni qadoqlash, rivojlanishi va reklama harajatlari
boʻlishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |