Aylanma usulda burg‘ilash
Aylanma usulda burg‘ilashda tog‘ jinslari burg‘iga beriladigan yuklanish va aylantiruvchi momentlarning bir vaqtdagi ta’siri natijasida yemiriladi. Bundan yuklanish ta’sirida burg‘i tog‘ jinsiga botadi, aylantiruvchi moment ta’sirida esa tog‘ jinslari maydalanadi. Burg‘ilash jarayonida burg‘ilangan tog‘ jinsi zarrachalari yer yuziga yuvish suyuqligi oqimi yoki gaz va havo haydash yo‘li bilan chiqariladi. Aylanma usulda burg‘ilashning rotorli vaquduq tubi dvigateli usullari mavjud. Rotorli usulda burg‘ilashda dvigateldan quvvat minora markazidagi quduq og‘zi ustiga o‘rnatilgan maxsus aylantiruvchi mexanizm-rotorga, chig‘ir orqali uzatiladi. Burg‘i biriktirilgan burg‘ilash quvurlar birikmasi rotor yordamida aylantiriladi. Burg‘ilash quvurlar birikmasi yetakchi quvur maxsus o‘tkazgich bilan ulangan burg‘ilash quvuri dan tashkil topgan. Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda burg‘i volga, burg‘ilash quvurlar birikmasi esa dvigatel korpusiga biriktirilgan. Dvigatelning ishlash jarayonida uning voli burg‘i bilan birga aylanadi, burg‘ilash quvurlar birikmasi esa rotor bilan aylanmaydi. Shunday qilib, rotorli burg‘ilashda burg‘ining tog‘ jinslariga botib chuqurlanishi quduq o‘qi bo‘yicha ko‘chib aylanadigan burg‘ilash quvurlar birikmasi yordamida, quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda esa aylanmaydigan burg‘ilash quvurlar birikmasi ta’sirida sodir bo‘ladi.
Aylanma usulda burg‘ilashning asosiy xususiyatlaridan biri quduq tubidagi burg‘ining ishlash jarayonida quduqni suv yoki maxsus tayyorlagan yuvish suyuqliklari bilan yengil yuvish hisoblanadi. Buning uchun dvigateldan ishga tushiriladigan ikki burg‘ilash nasosi yuvish suyuq-ligini quvur yuritmasi orqali minoraning o‘ng burchagiga o‘rnatilgan tirsak (stoyak) quvurga, keyin egiluvchan shlangga, vertlyugga va burg‘ilash quvurlari birikmasiga haydaydi.
Yuvish suyuqliklari burg‘iga yetgandan keyin unda mavjud bo‘lgan teshiklar orqali o‘tadi va quduq devorlari oralig‘idagi halqasimon bo‘shliqlar va burg‘ilash quvurlar birikmasi yordamida tashqariga qarab ko‘tariladi. Bu yerda yuvish suyuqliklari nav sistemasi va tozalash mexanizmlarida burg‘ilangan tog‘ jinslari zarrachalaridan tozalanadi. Keyin ular burg‘ilash nasosining qabul qilish idishiga tushadi va ular qayta quduqga haydaladi.
Burg‘ilash qudug‘ining chuqurlashishi bilan yuk ko‘taruvchi sistemaga osilgan, tal bloki, ilgak va tal arqonidan tashkil topgan burg‘ilash quvurlar birikmasi quduqga uzatiladi. Odatda yetakchi quvur butun uzunligi bo‘yicha rotorga kirganda chig‘ir ishga tushiriladi. Keyin burg‘ilash quvurlar birikmasi yetakchi quvur uzunligigacha ko‘tariladi va burg‘ilash quvurlar birikmasi elevator yordamida rotor stoliga osiladi. Keyin yetakchi quvur, vertlyug bilan birga burab chiqarilib, mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga tushiriladi. Undan keyin burg‘ilash quvurlar birikmasi ikkita birlashtirilgan quvur yoki bitta-12 metrli quvur bilan uzaytiriladi va uni elevatordan bo‘shatiladi. Keyin bu ikki quvur quduqga uzunligicha tushiriladi va elevator Yordamida rotor stoliga rsiladi. Undan keyin yetakchi quvr vertlyug bilan birga quduqdn ko‘tarilib burg‘ilash quvurlar birikmasiga ulanadi. Burg‘ilash quvurlr birikmasi elevatordan bo‘shatiladi va burg‘i quduq tubigacha uzatilib burg‘ilash ishlari davom etiriladi. Siyqalangan burg‘ilarni almashtirish uchun quduqdan hamma burg‘ilash quvurlar birikmasi ko‘tariladi, keyin ular qayta tushiriladi. Tushirish va ko‘tarish ishlari ham yuk ko‘taruvchi sistemalar yordamida amalga oshiriladi. Chig‘ir barabani aylanganda tal arqoni barabanga o‘raladi yoki undn bo‘shaladi. Natijada ular tal blokini va ilgagini tushirish va ko‘tarish operatsiyasini ta’minlaydi. Keyin shtrop yoki elevator yordamida ilgakga tushirilayotgan yoki ko‘tarilayotgan burg‘ilash quvurlar birikmasi osilib qo‘yiladi. Odatda, burg‘ilash quvurlar birikma qismlarga bo‘linib ko‘tariladi. Ularning uzunligi minora balandligiga qarab aniqlanadi (41 metrli minora uchun 25 m). Burab olingan svechalar minora fonariga o‘rnatiladi. Burg‘ilash quvurlar birikmasi quduqga teskari tartibda tushiriladi. Shunday qilib burg‘i ishlash jarayonining quduq tubida to‘xtab qolishi burg‘ilash quvurlar birikmasini uzaytirish, tushirish-ko‘tarish ishlari va siyqalangan burg‘ilarni almashtirish kabi operatsiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq.
Hozirgi vaqtda quduq tubi dvigatellarining turbobur, vintli dvigatel va elektrobur kabi turlari qo‘llaniladi.
Turbobur yoki vintli dvigatellar bilan burg‘ilash quvurlar birikmasi bo‘yicha pastga harakatlanayotgan yuvish suyuqligi oqimining gidravlik energiyasi burg‘i bilan ulangan quduq tubi dvigatel valida mexanik energiyaga o‘zgaradi. Turbina bo‘yicha hisoblab aniqlangan maksimal aylanuvchi moment quduq chuqurligiga, burg‘ining aylanish chastotasiga, unga tushadigan o‘q yukiga va burg‘ilanayotgan tog‘ jinsi xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Turbinali burg‘ilashda energiya manbasidan jins yemiruvchi asbobga uzatiladigan quvvat koefitsiyenti rotorli burg‘ilashga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Elektrobur bilan burg‘ilashda burg‘ining aylanish o‘zgaruvchan tokli elektr dvigateli yordamida amalga oshadi.Unga energiya yer yuzasidan burg‘ilash quvurlar birikmasi ichiga joylashgan kabel orqali uzatiladi. Bunda burg‘lash eritmalarning aylanishi, xuddi rotorli burg‘ilash usuliga o‘xshagan bo‘ladi. Burg‘ilash quvurlar ichidagi kabel vertlyug ustiga joylashgan tok qabul qilgach orqali uzatiladi. Odatda elektrobur burg‘ilash quvurlar birikmasining pastki qismi oxiriga, burg‘i esa elektrbur valiga mahkamlanadi. Elektr dvigatelning gidravlik dvigateldan afzalligi, bunda elektroburning aylanish chastotasi, momenti va boshqa parametrlari uzatiladigan eritmaning miqdoriga, fizik xossalariga, quduq chuqurligiga, bog‘liq emas.
Shuningdek, elektr dvigatellarning ishlash jarayonlarini yer ustidan turib nazorat qilish mumkin.
Burg‘ilash jihozlari
Do'stlaringiz bilan baham: |