Jamiyatning nazorat organi taftish komissiyasi xisoblanadi.
Ta`sischilarning umumiy yig`ilishi Ta`sischilarning umumiy yig`ilishi jamiyatning oliy organi hisoblanadi. Ta`sischilar ta`sis yig`ilishida Ustav fondidagi ulushlari miqdoriga mutanosib ravishda ovozlar soniga egadirlar.
Ta`sischilar umumiy yig`ilishining mutloq valyutalariga quydagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining asosiy yo`nalishlarini belgilash uning rejalari va ularning bajarilishiga doir xisobotlarni tasdiqlash;
jamiyat ustavini o`zgartirish va unga qo`shimchalar kiritish;
ijroiya idorasi va taftish komissiyasi a`zolarini saylash, chaqirib olish hamda ularning faoliyat ko`rsatish tartibini tasdiqlash;
jamiyat faoliyatining, shu jumladan uning shoba korhonalari, filiallari faoliyatining yillik natijalarini, shuningdek taftish komissiyasining xisobotlarini daromadlarni taqsimlash va zararlarini qoplash tartibini taqsimlash;
jamiayt boshqaruv idoralarining mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish to`g`risidagi qarorlarni chiqarish;
jamiyat uning filiallari va vakolathonalari boshqaruv idoralarining mansabdor shaxslari mehnatiga haq to`lash shartlarini belgilash;
jamiyat faoliyatini to`xtatish to`g`risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash, tugatish komissiyasini tasdiqlash;
ta`sischilarning qo`shimcha ulushlarini kiritish miqdori, shakli va miqdorini belgilash :
jamiyat tomonidan ta`sischilarning ulushini sotib olish to`g`risidagi masalani hal etish:
ta`sischini jamiyatdan chiqarish:
ustav fondiga asosiy yo`nalishlarini belgilash, uning rejalarini va ularning to`g`risidagi xisobotlarni tasdiqlash;
jamiyat Ustavini, uning ustav fondini o`zgartirish bilan bog`liq bo`lgan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar jamiyat ta`sischilarining to`rtdan uch qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan qolgan masalalar yuzasidan esa oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
ta`sischini jamiyat chiqarib yuborish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqish bu qatnashchi yoki uning vakili ovoz berishda ishtirok etmaydi.
ta`sischilar umumiy yig`ilishining raisi qatnashchilarining umumiy yig`ilishi tomonidan saylnadi;
nizomli masalalarni hal qilishda ovozlar teng bo`lgan hollarda yakuniy qarorni umumiy majlis raisi qabul qiladi;
ta`sischilarning umumiy yig`ilishi yiliga kamida ikki martda o`tkaziladi.