Ta`sischilarning huquq va majburiyatlari Jamiyat ta`sischilari: ta`sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish: jamiyat faoliyatini natijasida olingan daromaddan tegishli qismini dividend sifatida olish:
Jamiyat faoliyati to`g`risida axborotlar olish, shu jumladan, buxgalterlik hisob va hisobotlari va boshqa hujjatlar bilan ta`sis hujjatlarida belgilangan tartibda tanishish:
Ta`sischilar tarkibidan chiqish huquqlariga ega.
Jamiyat ta`sischilarining majburiyatlari: jamiyat ta`sis hujjatlariga rioya etish, boshqaruv organlarining qarorlarini bajarish; jamiyat hujjatlarida ko`zda tutilgan tartib, miqdor va uslublarda ulushlani kiritish:
Jamiyat faoliyati to`g`risidagi tijorat siriga kiruvchi axborotlarni oshkor etmaslik. Oshkor etilmaydigon axborotlar turkumiga barcha tijorat ishlari, shartnomalar tushim, xizmatlar ko`rsatish, teakor va boshqa jamiyat faoliyati to`g`risidagi axborotlar kiritiladi.
Jamiyat faoliyatiga taalluqli bo`lgan axborotlar konfetialligini ta`minlash va shu axborotlar tarqaluvchi, oldini oluvchi barcha imkoniyat choralarini ko`rish:
O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va jamiyat ta`sis hujjatlarida ko`zda tutilgan boshqa majburiyatlarida bajarish.
Jamiyatning mol - mulki va mablag`lar Jamiyat o`ziga tegishli mol - mulkini va mablag`lardan mustaqil ravishda foydalanadi.
Jamiyat mol - mulkini va mablag`laridan Ustav fondidagi ulushlariga munosib ravishda ta`sischilariga tegishlidir.
Jamiyat mol - mulkini shakillantirish quydagi shakillarda malga oshiriladi.
qatnashchilar ulushlari;
fuqorolar shuningdek, muassasalar korxonalar va jamoat birlashmalarining ixtiyoriy ulushlari va ajratmalari;
qonun hujjatlari bilan ruxsat etilgan ijara va bosha to`lovlar tushimlar va beg`araz va hayriya badallari;
amaldagi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa tushimlar.
Ustav fondi Jamiyatni tuzish va uni faoliyatini taminlash uchun Ustav fondi tashkil etiladi. Ustav fondiga kiritilgan ulushlar ko`rinishidan qat`iy nazar so`mda ifodalanadi.
Ta`sischilaming Ustav fondidagi ulushlari;
Ustav fondi ta’sischilaming pul yoki natura ko`rinishidagi (mol - mulk ko`chmas mulk va boshqalar ) ulushlari hisobidan shakillantiriladi;
Jamiyatning Ustav fondi uning faoliyatidan olingan daromad hisobidan zarur bo`lgan hollarda esa ta`sischilarning pul yoki natura ko`rinishidagi shaxsiy ulushlari hisobidan oshirilishi mumkin.
Ustav fondi oshirilishi to`g`risidagi qaror jamiyat ta`sischilar umumiy yig`ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ta`sischilar umumiy yig`ilishining qaroriga binoan Ustav fondi ta`sischilarning jamiyatdn chiqishi asosida kamaytirilishi mumkin.
Jamiyat Ustaviga tegishli o`zgarishlar kiritishi ro`yhatga olish vaqtida qonunchilikda belgilangan Ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo`lsa, jamiyat Ustav fondini kamytirish mumkin emas.