Ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar



Download 1,21 Mb.
bet4/23
Sana10.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#773130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kurs ishi Xolmatov D MO`M

Kurs ishining maqsadi:
Ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar mavzusiga oid nazariy bilimlarni o`rganish.
Ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar mavzusini o`qitish metodikasi haqida ma`lumot berish.
Kurs ishining ob`ekti:
Akademik litseylarda matematika o`qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti:
Akademik litseylarda “Ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar mavzusi” ni o`qitish usullari, metodlari, shakllari, vositalari.
Kurs ishining vazifalari:

  • Funksiya tushunchasini tavsiflovchi elementlarini o`qitish metodiksi.

  • Ko`rsatkichli funksiya tushunchasini o`qitish metodikasi.

  • Logarifmik funksiya tushunchasini o`qitish metodikasi.

  • Funksiya tushunchasi va grafiklari bo`limini o`qitish metodikasi.

  • Ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar tushunchasiga oid masalalar va ularni yechish usullarini o`rgatish metodikasi.

  • Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash.

Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 6 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar tushunchasini o`qitish metodikasi, ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar tushunchasiga oid masalalar va ularni yechish usullarini o`rgatish metodikasi atroflicha yoritib berilib, didaktik materiallar taqdim etilgan.


1-BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA MATEMATIKA FANI VA UNI O`QITISH METODIKASI HAQIDA

1.1 Akademik litseylarda matematika fanini o`qitishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari


Umumiy o`rta ta`lim maktablarida matematika ta`limining ahamiyati uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Maktabda matematika o`qitish ta`limining umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya`ni o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o`z - o`zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o`stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda boshqa fanlarni chuqur o`rganishlari uchun zarur bo`lgan bilimlarni egallashi lozim.
Matematikani o`qitishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsadlar:

  • o`quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o`zlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq eta olishiga erishish;

  • o`quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning qulay yo`llarini topa olishlariga ko`maklashish;

  • insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o`qitilishiga bo`lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg`unlashtirish;

  • matematika rivojiga qomusiy olimlarimiz qo`shgan ulkan hissalaridan o`quvchilarni xabardor qilish va ularda vatanparvarlik, milliy g`ururni tarkib toptirish hamda rivojlantirish;

  • jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to`g`risidagi tasavvurlarni shakllantirish;

  • o`quvchilarda ko`nikmalarni shakllantirish, mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish orqali o`quv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga erishish.

Matematika fanining kompetentsiyasi ― matematika fani bo`yicha egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo`llay olish qobiliyatidir.
Akademik litseylarda matematika kursining mazmuni va
uni modernizatsiyalash muammolari
Ma`lumki, ta`lim mazmuni quyidagilarni qamrab oladi:
1.Tabiat, jamiyat, texnika, faoliyat usullari haqidagi bilimlar tizimini.
2. Umumiy intellektual va amaliy ko`nikma hamda malakalarni.
3. Ijodiy faoliyat tajribasini.
4. O`quvchilarning dunyoga va bir-biriga bo`lgan emotsional tajribalarini.
Matematik ta`limning maqsadi uning mazmunini tanlashga xizmat qilishi lozim, u quyidagi yo`nalishlarni qamrab oladi: son tushunchasi, ifodalarni ayniy almashtirish, tenglama va tengsizliklarni, matematik analiz elementlarini, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlarini, geometrik almashtirishlarni, vektorlarni, koordinatalarni, aksiomatik metodlarni,matematik ta`limning mazmuni o`quvchilar tomonidan tafakkur madaniyatini egallashni nazarda tutadi. Albatta, matematik ta`limning mazmuniga nafaqat aksiomalar, teoremalar, ta`riflarni kiritish kerak, balki ularga teng kuchli bo`lgan xatti-harakatlarni ham, masalalar yechish usullarini ham kiritish lozim.
AKADEMIK LITSEYLAR UCHUN

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish