Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
 
 
 


 
 
163 
9- BOB.
 Korporativ strategiya va ijtimoiy mas’uliyat 
Reja: 
9.1. Korporativ strategiya mazmuni va mohiyati 
9.2. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning mohiyati 
9.3. Strategik rejalashtirishning yo‘nalishlari 
9.4. Korporatsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayoni 
9.5. Korporativ maqsad - korporativ strategiyalarning ahamiyati 
Tayanch  iboralar:  Korporativ  strategiya,  ijtimoiy  mas’uliyat,  Korporativ 
maqsad,  biznes  qiymati,  investitsion    muhit,  umumiy  strtegiya,  biznes  iqlimi, 
shaxsiy fikr. 
 
9.1. Korporativ strategiya mazmuni va mohiyati 
 
Korporativ  strategiya  -  kompaniya  maqsadi,  uning  aksiyadorlari  uchun 
qiymat yaratish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Boshqa tashkilotlar uchun 
bu juda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, bu borada aksiyadorlar asosiy hisoblanadi 
va  aksiyadorlar  qiymat  yaratishda  yirik  firma  va  kompaniyalarning  kelgusida 
erishishi  zarur  bo‘lgan  strategik  rejalashtirish  asosida  o‘z  vazifalarini  belgilab 
olishadi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxona  yoki  firma  yagona  milliy 
iqtisodiyotning  uzviy  tarkibiy  qismi  va  ayni  paytda,  iqtisodiy  jihatdan  alohida 
bo‘g’ini  hisoblanadi.  Korxona  tarmoqlarni  kengaytirib  kattalashishi  yoki  o‘z 
faoliyatini  o‘zini-o‘zi  boshqarish  usuli  orqali  nazoratni  o‘rnatishi  mumkin. 
Shuningdek,  bozorni  egallagan,  ishlab  chiqarishga  asoslangan  korxonalar  o‘z 
xarajatlarini  o‘zi  qoplashi  asosida  foyda  (daromad)  olish  maqsadida  yuritadigan 
birlamchi  xo‘jalik  subyekti  hisoblanadi.  Korxonalar  ishlab  chiqarish,  savdo,  tijorat-
vositachilik,  transport,  sug’urta,  bank,  injiniring,  moliyaviy  investitsiya,  ilmiy-
tadqiqot, innovatsiya va turli xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. 
 
Korxona  (firma)  faoliyatining  asosiy  maqsadi  foyda  (daromad)  olish 
hisoblanadi. Shuningdek, korxonaning manfaatlariga ishlab chiqarishni kengaytirish, 
personalning  kasbiy  mahoratini  oshirish,  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlari  asosida 


 
 
164 
texnologiya  va  mehnatni  tashkil  etishni  takomillashtirish,  ishlab  chiqarilayotgan  va 
taklif  etilayotgan  mahsulotning  iste’molchilari,  mijozlari  va  insofli  sherik, 
hamkorlarning sonini ko‘paytirish ham kiradi. 
 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  korxona,  tashkilot  va  muassasalarning 
iqtisodiy  jihatdan  xo‘jalik  subyektlari  sifatidagi  muvaffaqiyati  ularning  iqtisodiy 
manfaatlari  talablarini  qanday  bajarilishiga  bog’liq  bo‘ladi.  Korxonaning  muhim 
iqtisodiy  manfaatlariga  iste’molchilar  talablari  va  tadbirkorlik  tavsifidagi  ichki 
omillarga  bog’liq  holda  vujudga  keladigan  noaniq  kutilmagan  vaziyatlarga 
moslashish qobiliyati kiradi.  
 
Korxona  o‘zining  foyda  olish  maqsadini  amalga  oshirishi  uchun  muntazam 
ravishda  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  texnologiyasini 
takomillashtirishga, mahsulotlarning iste’mol xususiyatlarini oshirishga, ularni sotish 
jarayonlariga  ko‘proq  e’tiborni  qaratishga  majbur  bo‘ladi.  Shuningdek,  undan 
aylanma  mablag’lar  harakatini  tezlashtirish,  barcha  turdagi  zaxiralarni  kamaytirish, 
reklama,  hamkorlar  bilan  ikki  tomonlama  shartnomalar  tuzish,  kelishuv 
majburiyatlariga  rioya  etish  talab  etiladi.  Mahsulotni  sotish  va  xizmat  ko‘rsatish 
jarayonida  korxonaning  iqtisodiy  manfaatlari  ro‘yobga  chiqadi.  Iqtisodiy  manfaatlar 
korxonaning  barqaror,  ishonchli,  moliyaviy-iqtisodiy  jihatdan  samarali  faoliyat 
yuritishi,  yetarli  darajada  moddiy,  informatsion  intellektual  salohiyatga  ega 
bo‘lishidan manfaatdorligidan ham yuzaga keladi.  
 
An’anaviy  firma  nazariyasi  uning  yagona  iqtisodiy  manfaati  foydani 
maksimallashtirishga  qaratilganini  asoslaydi.  Menejerial  nazariyaga  ko‘ra  firmaning 
faoliyatini  uning  egalari  emas,  balki  menejerlari  belgilab  beradi.  Ularning  iqtisodiy 
manfaatlari  ishlab  chiqarish  va  mahsulotlar  sotish  hajmini  hamda  daromadni 
maksimallashtirish  hisoblanadi.  Firma  qisqa  muddatli  davrda  tovar  sotish  hajmini 
maksimallashtirishga,  uzoq  muddatli  davrda  esa  foydani  maksimallashtirishga 
harakat qiladi.  
Firma  egalari  kapitalni  o‘stirish,  shaxsan  boyishni  xohlaydilar.  Bunday  xohish 
cheksiz  bo‘lib,  menejerlar  ish  haqi,  obro‘-e’tibori,  firmadagi  o‘z  mavqeyini 
o‘stirishni istaydi. 


 
 
165 
 
Ko‘p maqsadlar konsepsiyasiga ko‘ra firma bir necha maqsadni, ya’ni foyda, 
sotish  hajmi,  iqtisodiy  o‘sish  va  boshqalarni  ko‘zlaydi.  Shuning  uchun  qiymat 
yaratish  maqsadida,  firma  va  kompaniyalar  resurslardan  unumli  foydalanish  uchun 
raqobat afzalligini yaratish  maqsadida ikkita ko‘rsatkich:  savdo aylanmasi va uning 
moliyaviy muhitga ta’sirini ko‘rib chiqishadi.  
 
Strategiya 
umumiy 
tarzda 
korxonaning 
mavqeini 
mustaxkamlash, 
iste’molchilarning  talablarini  qondirish  va  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishishga 
qaratilgan  boshqarish  rejasidir.  Aniq  strategiyani  tanlash  -  rivojlanishning  mumkin 
bo‘lgan  turli  yo‘llari  va  usullari  ichidan  eng  maqbulini  tanlab  olish  demakdir. 
Korxonani  boshqarish  rejasi  quyidagi  asosiy  funksiya  va  bo‘linmalarni  o‘z  ichiga 
oladi:  ta’minot,  ishlab  chiqarish,  moliya  marketing,  xodimlar,  ilmiy  tadqiqotlar  va 
ishlanmalar.  
Strategik  tanlash  -  bu  biznes  echimlar  va  raqobatga  bardoshlilik  harakatlarini 
yagona tizimga bog‘lash demakdir.
9
  
Strategiyani  ishlab  chiqish  menejerlarning  asosiy  funksiyalaridan  biridir.  Ba’zi 
menejerlar  kuchli  strategiya  ishlab  chiqadilar,  biroq  uni  xayotga  tadbiq  eta 
olmaydilar. Boshqalari o‘rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga 
oshiradilar.  Strategiya  qanchalik  yaxshi  o‘ylangan  va  moxirona  amalga  oshirilgan 
bo‘lsa,  kompaniyaning  mavqei  shunchalik  kuchayadi.  Boshqarish  yaxshi  tashkil 
etilgan  kompaniyalar  ham  kutilmagan  noxush  vaziyatlarga  duch  keladi.  Pirovard 
natijada  yaxshi  strategiya  bozorda  kuchli  mavqeni  egallash,  kutilmagan  holatlarga, 
kuchli  raqobatga  va  ichki  muammolarga  qaramay  muvaffaqiyatli  ishlashga  zamin 
yaratadi.  
Korporativ  strategiya  kompaniyaning  uzoq  muddatli  maqsadlar  va  faoliyatiga 
ta’alluqlidir.  Aytish  mumkinki,  strategiyani  (harakatlar  tarzini)  va  uning  aniq 
vositalarini  ifodalash  boshqaruvning  negizini  tashkil  qiladi  va  kompaniyada 
menejmentning  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilganligini  ko‘rsatuvchi  eng  to‘g‘ri  belgi  bo‘lib 
xizmat qiladi. 
                                                           
9
 Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p 4 


 
 
166 
Strategiyaning mazmuni quyidagilardan iborat: 
- korxona biznesining yo‘nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish
- korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish; 
-  korxona  yoki  xo‘jalikning  o‘rta  bo‘g‘inlarida    strategiyani  tanlash  va  ishlab 
chiqish;  
- diversiyalangan korxonaning portfelini tahlil qilish
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash
- “strategiya - struktura – nazorat” majmuasini boshqarish
-  korxona  faoliyatining  ba’zi  sohalardagi  siyosatini  va  uning  fe’l-atvor 
me’yorlarni belgilash; 
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash; 
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish. 
Strategiya  -  tashkilotning  tashkiliy  vazifa  va  maqsadlariga  erishishda 
foydalaniladigan  tashkiliy  hatti-harakatlar  va  boshqaruvga  yondashuvlari  tarzidir. 
Biznes  sohasini  belgilash,  maqsadni  belgilash,  qisqa  va  uzoq  muddatli  vazifalarni 
(dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani 
tashkil qiladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish