163
9- BOB.
Korporativ strategiya va ijtimoiy mas’uliyat
Reja:
9.1. Korporativ strategiya mazmuni va mohiyati
9.2. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning mohiyati
9.3. Strategik rejalashtirishning yo‘nalishlari
9.4. Korporatsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayoni
9.5. Korporativ maqsad - korporativ strategiyalarning ahamiyati
Tayanch iboralar: Korporativ strategiya, ijtimoiy mas’uliyat, Korporativ
maqsad, biznes qiymati, investitsion muhit, umumiy strtegiya, biznes iqlimi,
shaxsiy fikr.
9.1. Korporativ strategiya mazmuni va mohiyati
Korporativ strategiya - kompaniya maqsadi, uning aksiyadorlari uchun
qiymat yaratish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Boshqa tashkilotlar uchun
bu juda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, bu borada aksiyadorlar asosiy hisoblanadi
va aksiyadorlar qiymat yaratishda yirik firma va kompaniyalarning kelgusida
erishishi zarur bo‘lgan strategik rejalashtirish asosida o‘z vazifalarini belgilab
olishadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona yoki firma yagona milliy
iqtisodiyotning uzviy tarkibiy qismi va ayni paytda, iqtisodiy jihatdan alohida
bo‘g’ini hisoblanadi. Korxona tarmoqlarni kengaytirib kattalashishi yoki o‘z
faoliyatini o‘zini-o‘zi boshqarish usuli orqali nazoratni o‘rnatishi mumkin.
Shuningdek, bozorni egallagan, ishlab chiqarishga asoslangan korxonalar o‘z
xarajatlarini o‘zi qoplashi asosida foyda (daromad) olish maqsadida yuritadigan
birlamchi xo‘jalik subyekti hisoblanadi. Korxonalar ishlab chiqarish, savdo, tijorat-
vositachilik, transport, sug’urta, bank, injiniring, moliyaviy investitsiya, ilmiy-
tadqiqot, innovatsiya va turli xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Korxona (firma) faoliyatining asosiy maqsadi foyda (daromad) olish
hisoblanadi. Shuningdek, korxonaning manfaatlariga ishlab chiqarishni kengaytirish,
personalning kasbiy mahoratini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida
164
texnologiya va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan va
taklif etilayotgan mahsulotning iste’molchilari, mijozlari va insofli sherik,
hamkorlarning sonini ko‘paytirish ham kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona, tashkilot va muassasalarning
iqtisodiy jihatdan xo‘jalik subyektlari sifatidagi muvaffaqiyati ularning iqtisodiy
manfaatlari talablarini qanday bajarilishiga bog’liq bo‘ladi. Korxonaning muhim
iqtisodiy manfaatlariga iste’molchilar talablari va tadbirkorlik tavsifidagi ichki
omillarga bog’liq holda vujudga keladigan noaniq kutilmagan vaziyatlarga
moslashish qobiliyati kiradi.
Korxona o‘zining foyda olish maqsadini amalga oshirishi uchun muntazam
ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish texnologiyasini
takomillashtirishga, mahsulotlarning iste’mol xususiyatlarini oshirishga, ularni sotish
jarayonlariga ko‘proq e’tiborni qaratishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, undan
aylanma mablag’lar harakatini tezlashtirish, barcha turdagi zaxiralarni kamaytirish,
reklama, hamkorlar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish, kelishuv
majburiyatlariga rioya etish talab etiladi. Mahsulotni sotish va xizmat ko‘rsatish
jarayonida korxonaning iqtisodiy manfaatlari ro‘yobga chiqadi. Iqtisodiy manfaatlar
korxonaning barqaror, ishonchli, moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarali faoliyat
yuritishi, yetarli darajada moddiy, informatsion intellektual salohiyatga ega
bo‘lishidan manfaatdorligidan ham yuzaga keladi.
An’anaviy firma nazariyasi uning yagona iqtisodiy manfaati foydani
maksimallashtirishga qaratilganini asoslaydi. Menejerial nazariyaga ko‘ra firmaning
faoliyatini uning egalari emas, balki menejerlari belgilab beradi. Ularning iqtisodiy
manfaatlari ishlab chiqarish va mahsulotlar sotish hajmini hamda daromadni
maksimallashtirish hisoblanadi. Firma qisqa muddatli davrda tovar sotish hajmini
maksimallashtirishga, uzoq muddatli davrda esa foydani maksimallashtirishga
harakat qiladi.
Firma egalari kapitalni o‘stirish, shaxsan boyishni xohlaydilar. Bunday xohish
cheksiz bo‘lib, menejerlar ish haqi, obro‘-e’tibori, firmadagi o‘z mavqeyini
o‘stirishni istaydi.
165
Ko‘p maqsadlar konsepsiyasiga ko‘ra firma bir necha maqsadni, ya’ni foyda,
sotish hajmi, iqtisodiy o‘sish va boshqalarni ko‘zlaydi. Shuning uchun qiymat
yaratish maqsadida, firma va kompaniyalar resurslardan unumli foydalanish uchun
raqobat afzalligini yaratish maqsadida ikkita ko‘rsatkich: savdo aylanmasi va uning
moliyaviy muhitga ta’sirini ko‘rib chiqishadi.
Strategiya
umumiy
tarzda
korxonaning
mavqeini
mustaxkamlash,
iste’molchilarning talablarini qondirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga
qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin
bo‘lgan turli yo‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funksiya va bo‘linmalarni o‘z ichiga
oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalar.
Strategik tanlash - bu biznes echimlar va raqobatga bardoshlilik harakatlarini
yagona tizimga bog‘lash demakdir.
9
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funksiyalaridan biridir. Ba’zi
menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta
olmaydilar. Boshqalari o‘rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga
oshiradilar. Strategiya qanchalik yaxshi o‘ylangan va moxirona amalga oshirilgan
bo‘lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil
etilgan kompaniyalar ham kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard
natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga,
kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin
yaratadi.
Korporativ strategiya kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga
ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq
vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada
menejmentning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi eng to‘g‘ri belgi bo‘lib
xizmat qiladi.
9
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p 4
166
Strategiyaning mazmuni quyidagilardan iborat:
- korxona biznesining yo‘nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
- korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- korxona yoki xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlarida strategiyani tanlash va ishlab
chiqish;
- diversiyalangan korxonaning portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- “strategiya - struktura – nazorat” majmuasini boshqarish;
- korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l-atvor
me’yorlarni belgilash;
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash;
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda
foydalaniladigan tashkiliy hatti-harakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli vazifalarni
(dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani
tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |