Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Korporativ maqsad -- korporativ strategiyalarning ahamiyati



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
9.5. Korporativ maqsad -- korporativ strategiyalarning ahamiyati 
Korporativ  maqsad  -  korporativ  strategiyalarni  baholash,  korporativ 
strategiyalarni  moliyaviy  ta’minlashning  usul  va  mezonlarini  aniqlash  korporativ 
boshqaruvning  moliyaviy  mexanizmidan  foydalanish,  ko‘proq  samarali  moliyaviy 
dastaklar va usullarni tanlash.  
Kompaniyaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari 
Maqsadlarni qo‘yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish 
jarayonidir.  Ayni  paytda  tashkilotning  har  bir  bo‘linmasini  kerakli  tomonga 
yo‘naltirish 
jarayoni 
ham 
ana 
shunday 
boshlanadi. 
Maqsadlar 
menejer 
muvaffaqiyatga  erishish  uchun  muhim  deb  hisoblagan  har  bir  muhim  natija  uchun 
zarurdir.  Maxsus  muhim  natijalar  odatda  tarmoqning  miqyosi  va  darajasini,  ishning 
rivojlanishi,  investitsiyalarning  qaytarilishini,  dividendlarning  o‘sishini,  bozorning 
o‘lchamlarini,  sifatli  mahsulotning  yoki  texnologik  peshqadamlikning  obro‘sini, 


 
 
179 
beqaror  iqtisodiyotda  ishlay  olish  qobiliyatini,  diversifikatsiya  darajasini,  moliyaviy 
qudratni,  iste’molchilarga  xizmat  ko‘rsatishni,  qiymat  bo‘yicha  raqobatlasha  olish 
qobiliyatini o‘z ichiga olishi mumkin. 
Mashhur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramiz:
15
 

  Federal  Express:  Dunyodagi  eng  katta  va  eng  yaxshi  transport  kompaniyasi 
bo‘lish; 

  Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lish; 

  General  Electric:  Dunyodagi  eng  qudratli  raqobatchi  bo‘lish,  kompaniya 
biznesining  har  bir  sohasida bozordagi  ulush  bo‘yicha  birinchi  yoki  ikkinchi  o‘rinni 
egallash; 

  Atlas  Corp:  Arzon  oltin  ishlab  chiqaruvchi  o‘rtacha  ishlab  chiqaruvchi 
bo‘lish  va  oltin  ishlab  chiqarish  hajmini  yiliga  125,000  unsiyaga  etkazib,  1,500,000 
unsiyaga teng oltin zaxirasiga ega bo‘lish; 

  Black 
and 
Decker: 
yangi 
mahsulotlar 
chiqarishni 
va 
biznesni 
globallashtrishni davom ettirish. 
Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. Uzoq 
muddatli  maqsadlar  ikki  xil  bo‘ladi:  birinchidan,  ular  uzoq  muddatli  maqsadlarga 
erishish  uchun  bugun  nima  qilish  kerakligini  ko‘rsatadi,  ikkinchidan  bunday 
maqsadlarning  mavjudligi  menejerni  uzoq  muddatli  istiqbolni  hisobga  olgan  holda 
bugungi qarorlarni qabul qilishga undaydi. 
Qisqa  muddatli  maqsadlar  izchillik  bilan  eng  yaqin  kelajakda  qaysi  natijalarga 
zudlik  bilan  erishish  kerakligini  ko‘rsatib  beradi.  Ular  tashkilotga  tanlab  olingan 
yo‘ldan  borish  uchun  kerak  bo‘lgan  tezlikni  ham,  qilinishi  kerak  bo‘lgan  ishlarning 
talab  qilingan  darajasini  ham  (qachon  va  qanchalik  ko‘p  ish  qilish  kerakligini) 
ko‘rsatadi. 
Tashkilotning  maqsad  va  vazifalari  ochiq-oydin  bo‘lishi  lozim.  Ba’zi 
kompaniyalarning  menejerlari  har  bir  hal  qiluvchi  natija  uchun  maqsadlar 
belgilaydilar va so‘ngra erishish lozim bo‘lgan maqsadlar sari qat’iy harakat qiladilar. 
Odatda  ular  menejerlari  umidga,  iltimosga  va  yaxshi  niyatlarga  tayanadigan 
                                                           
15
 Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.  p.40  


 
 
180 
kompaniyalarga  qaraganda  g‘oliblikka  yaxshiroq  nomzod  bo‘ladilar.  Bu  erda 
“daromadni  maksimallashtirish”,  “harajatlarni  kamaytirish”,  “samaradorlikni 
oshirish”“savdo hajmini  oshirish” kabi iboralarni ishlatmaslik kerak. 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari 
uchun  kompleks  ravishda  belgilab  olish  muhimdir.  Bu  barcha  menejerlar  uchun 
vazifalarni  aniqlashtirishdan  tashqari,  ularga  erishishning  realligini  ham  ta’minlaydi 
(bu maqsad sari jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi). 
 
"Aksiyadorlar  boyligini  maksimallashtirish"  nazariyasidan  kelib  chiqilsa, 
Aksiyadorlar  daromadlarining  o‘sishiga  erishish  asosiy  korporativ  strategiya  va 
korporativ  boshqaruv  samaradorligini  baholash  mezoni  sifatida  qaralmog‘i  lozim, 
unda  korporativ  boshqaruvning  moliyaviy  mexanizmini  mazkur  strategiyani 
moliyaviy ta’minlash nuqtai nazaridan ko‘rish mumkin 
Korporativ  strategiyalarni  ta’minlashning  moliyaviy  dastaklari  va  usullarining 
to‘plami  bir-biridan  farq  qiladi.  CHunonchi,  uzoq  muddatli  strategiyalarni  amalga 
oshirishda,  ya’ni  moliyaviy  resurslarga  ehtiyoj  belgilanib,  pul  oqimlari  rejasi 
tuzilganda, quyidagilarni aniqlash lozim
16

1)  O‘z  va  qarz  kapitali  nisbatini.  Bunda  korxonaning  uzoq  muddatli 
istiqbolga  mo‘ljallangan  moliyaviy  siyosatiga  jamg‘arish  fondini  kengaytirish 
kiritilishi  va  bunda  asosiy  urg‘u  o‘z-o‘zini  moliyalashtirishga  berilishi  kerak.  O‘z-
o‘zini moliyalashtirish ushbu fondlarga yo‘naltiriladigan sof foyda ulushini belgilash 
orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, uzoq muddatli strategiyalarning moliyaviy 
ta’minoti  usullari  ro‘yxatiga  vaqtincha  bo‘sh  mablag‘larni  ularni  in-flyasiyadan 
saqlash xamda ko‘paytirish maqsadida moliya bozorlarida joylashtirish ham kiritilishi 
kerak.  Buning  uchun  moliyaviy  vositachilar  tarkibini  belgilash  zarur,  bu  tarkib 
vaqtincha  bo‘sh  mablag‘larni  joylashtirish  tavakkalchiligi  minimal  bo‘lishi  uchun 
etarlicha diver-sifikatsiyalanishi darkor. 
2)  Agar  moliyaviy  resurslar  manbasi  sifatida  investitsiya  loyixasini 
kreditlash qabul qilingan bo‘lsa, u holda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 
                                                           
16
  М.Б.Хамидуллин Концепция построения национальной модели корпоративного управления. Рқнок, деньги и 
кредит. № 5 сон. 2007й  
 


 
 
181 
ochiladigan  va  kreditni  qoplashni  ko‘zda  tutadigan  uzoq    muddatli  kredit  liniyasi 
to‘g‘risida bitim tuzish lozim. 
3)  Kreditni  qoplash  tamoyillari  korxonaning  moliyaviy  ahvolini,  pul 
mablag‘larining  joriy  va  istiqboldagi  qiymatini,  kreditni  qoplash  shartlarini  qayta 
qurib chiqish imkoniyati hisobga olinishi kerak. 
4)  Agar  moliyalashtirishni  Aksiya  va  obligatsiyalarni  qimmatli    qog‘ozlar 
bozorida  joylashtirish  hisobiga  amalga  oshirish  ko‘zda    tutilayotgan  bo‘lsa,  u  holda 
investorlar  doirasini  va  Korporatsiya    obrusini  oshirish  uchun  reklama  kampaniyasi 
byudjetining eng yuqori darajasini aniqlash talab etiladi.  
5)  Aksiyadorlik jamiyatlari uchun strategiyalar  moliyaviy tusga ega bo‘lishi 
va  Aksiyalar  kurs  qiymatining  oshishida  ifodalanishi  mumkin.  Bu  holda  moliyaviy 
dastaklar  qatoriga  foyda  va  dividendlar  kiritiladi,  dividendlar  hamda  sof  foyda 
miqdorlarining  o‘sishini  ta’minlashning  moliyaviy  usullari  esa  chiqimlarni 
kamaytirish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish bo‘yicha tadbirlardir. 
Strategik  fikrlash  uchun  maqsadlar  ierarxiyasini  raxbarlikning  barcha  tabaqalari 
uchun  kompleks  ravishda  belgilab  olish  muximdir.  Bu  barcha  menejerlar  uchun 
vazifalarni  aniqlashtirishdan  tashqari,  ularga  erishishning  realligini  ham  ta’minlaydi 
(bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi. 
 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish