Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


-rasm. Korporativ kompaniyani rivojlantirish modeli



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

9.2-rasm. Korporativ kompaniyani rivojlantirish modeli
 12
 
 
Odatda,  ichki  va  tashki  vaziyat  o‘rtasidagi  farq  aniq  bo‘lmasa,  raqobatli  ustunlikka 
erishilmasa,  kompaniyaning  faoliyati  yaxshilanmagan  bo‘lsa,  strategiyaning  o‘zi 
muvaffaqiyat keltirmaydi. 
Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Kompaniya  strategiyasini  aniqlashga  ko‘plab  omillar  ta’sir  qiladi.  Bu  omillarning 
o‘zaro  ta’siri  har  bir  tarmoqda  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  vaqt  davomida 
o‘zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Korxona 
hamisha  ham  o‘zi  xohlagan  strategiyani  tanlay  olmaydi.  Uning  harakatlari  qonun, 
davlat siyosati, ijtimoiy tartiblash va jamiyat  mavqei bilan chegaralanadi. 
 Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
13
 
1)  jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik ko‘rsatish; 
2)  ijtimoiy  afzalliklar  va  jamiyat  ehtiyojlariga  ijobiy  qarab  o‘z  faoliyatini 
tartibga solish; 
3)  tartiblashtiruvchi  me’yorlar  bilan  ziddiyatga  bormaslik  uchun  zarur 
harakatlarni o‘z vaqtida amalga oshirish; 
   4)  aksiyadorlar  manfaati  va  jamiyat  manfaatlari  o‘rtasida  muvozanatni 
saqlash; 
                                                           
12
 Pankratov, N.N. “Firmaning korporativ strategiyasi” // [Панкратов Н.Н. «Корпоративная стратегия 
фирмы»]. 
13
 Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.46  
  
  
  
  
  
  
Strategiyali boshqarish 
  
Yengib o’tish (bartaraf qilish) 
  
Imkoniyatlar yaratish 
  


 
 
177 
   5) jamiyatda kompaniyaning fuqarolik pozitsiyasini ta’minlash. 
Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir 
ko‘rsatadi.  Kompaniya  strategiyasini  shugullanilmagan  sohaga  asoslab  qurish 
mutlaqo  yaramaydi.  Strategiya  kompaniyaning  yaxshi  bilgan  ishiga  asosan  qurilishi 
lozim. 
 Strategiyada  hisobga  olinishi  va  aslida  uni  belgilovchi  birlamchi  omillarning 
oddiy  modeli  bo‘lishi  lozim.  Bu  omillarning  o‘zaro  ta’siri  odatda  kompleks 
xarakterga ega bo‘lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi. 
Odatda,  ichki  va  tashki  vaziyat  o‘rtasidagi  farq  aniq  bo‘lmasa,  raqobatli 
ustunlikka 
erishilmasa, 
kompaniyaning 
faoliyati 
yaxshilanmagan 
bo‘lsa, 
strategiyaning o‘zi muvaffaqiyat keltirmaydi. 
Strategiya tuzishga yondashuvlar quyidagicha bo‘ladi:
14
 
1) Bosh  strategik  yondashuv  -  bunda  strategiyani  boshliqning  o‘zi  ishlab 
chiqadi. Bunday holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va 
strategiya  detallariga  kuchli  ta’sir  qiluvchi  asosiy  strategik  va  asosiy  tadbirkor 
sifatida chiqadi. 
2)  Vakolatlarni  berish  yondashuvi  -  bunda  strategiyani  tuzish  xodimlarga 
yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday holda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab 
chiqishni  boshkalarga,  asosan,  strategik  rejalashtirish  bo‘yicha  personalga  yoki 
ishonch bildirilgan xodimlardan tuzilgan maxsus komissiyaga topshiradi. 
 3)  Qo‘shma  (kollaboratsion)  yondashuv  -  bu  avvalgi  ikki  yondashuv 
o‘rtasidagi oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani 
ishlab chiqish kimlarga topshirilgan bo‘lsa, uni o‘shalarning o‘zlari bajarishlari kerak 
bo‘ladi. 
4)  Tashabbusli  yondashuv  –  bunday  yondashuvda  boshqaruvchi  kelishilgan 
strategiyani  ishlab  chiqish  uchun  strategiya  detallarini  ishlab  chiqishdan  ham, 
“g’oyalar  generatorlari”  guruhini  boshqarishdan  ham  manfaatdor  emas.  Aksincha, 
boshqaruvchi  oqilona  strategiyani  ishlab  chiqish,  himoya  qilish  va  hayotga  tadbiq 
etish uchun menejerlarning o‘zlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun 
                                                           
14
 Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.  p. 51 


 
 
178 
boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo‘lgan to‘rt asosiy yondashuvning birortasi 
ham eng yaxshi yondashuv sifatida yuzaga chiqmaydi. Ularning har birini kuchli va 
kuchsiz tomonlari mavjud. 
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha variantlarni 
turlicha 
bajaradilar. 
Kompaniya 
egasi 
tomonidan 
boshqariladigan 
kichik 
kompaniyalarda  strategiyani  ishlab  chiqish  norasmiy  kechadi.  Yirik  korxonalar 
strategiyani  xar  yili  rejalashtirish  ishlab  chiqishga  moyildir.  Strategiyani 
belgilashning tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar.  
Strategiya  ma’naviy  jihatdan  sog‘lom  bo‘lishi  kerak.  Kompaniyaning  har  bir 
harakati  axloq-odob,  ma’naviyat  doirasida  bo‘lishi  lozim.  Kompaniya  mulkdorlar, 
xizmatchilar,  xaridorlar,  yetkazib  beruvchilar  va  jamiyat  oldida  mas’uldir. 
Kompaniyaning  yetkazib  beruvchilar  oldidagi  burchi  bozor  munosabatlari  asosida 
quriladi.  Kompaniya  bilan  yetkazib  beruvchi  ham  sherik  ham  o‘zaro  raqibdir. 
Shuning uchun ular o‘rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim. 
Jamiyat nazarida har bir kompaniya “yaxshi fuqaro” tushunchasiga mos bo‘lishi, o‘z 
vazifalarini halollik bilan bajarishi, ya’ni soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi lozim 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish