Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 Korporativ boshqaruvda investitsion  loyihalarda risklarni



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

 
8.5. Korporativ boshqaruvda investitsion  loyihalarda risklarni 
baholashning matematik usullari 
Loyihaning tahlilchisi quyidagi imkoniyatlardan birini amalga oshirishga majbur 
bo‘ladi: 
 noaniqligi  natijaning  buzilishiga  eng  ko‘p  ta’sir  qilgan  parametrlarni 
aniqlashtirish; 
 javobning 
sezuvchanligini 
kamaytirish 
maqsadida 
boshlang‘ich 
ma’lumotlarni ishlash uslublarini o‘zgartirish; 
 loyiha tavakkalchiliklari tahlilining matematik modelini o‘zgartirish; 
 loyiha tavakkalchiliklarining miqdoriy tahlilini o‘tkazishdan voz kechish. 
Hozirgi  vaqtda  matematik  modellarning  noaniqlikni  hisobga  oladigan  va  uni 
bayon  qilish  usullariga  ko‘ra  farqlanadigan  quyidagi  klasslari  investitsiya  loyihasi 
tavakkalchiliklarini tahlil etish uchun ko‘proq qo‘llaniladi: 
1) stoxastik modellar; 
2) lingvistik modellar; 
3) nostoxastik (uyinli) modellar. 
Loyiha  tavakkalchiliklarini  tadqiq  qilish  sohasidagi  xorijiy  adabiyotlar  tahlili 
mavjud  uslublarni  va  ular  bilan  bog‘liq  modellarni  quyidagi  yo‘nalishlar 
(yondashuvlar) bo‘yicha tasniflashga imkon beradi: 


 
 
160 
A. Ehtimollilik taqsimotlarining jalb etilishiga qarab: 
1) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga olmaydigan uslublar; 
2) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga oladigan uslublar. 
B.  o‘zgaruvchan  ko‘rsatkichning  har  bir  alohida  mohiyatini  amalga  oshirish 
ehtimolligini  hisobga  olish  va  ehtimolliliklar  taqsimotlarini  hisobga  oladigan 
tahlilning butun jarayonining o‘tkazilishiga qarab: 
1) ehtimollilik uslublari; 
2) tanlash uslublari. 
V. qurilgan model bo‘yicha natijalovchi ko‘rsatkichlarni topish usullariga qarab: 
1) tahlilchilik uslubi; 
2) imitatsion uslub. 
Har  bir  stoxastik  kattalik  uchun  uning  faqat  bir  mohiyati  olinishi  A 
yondashuvining  belgisi  hisoblanadi;  tavakkalchilikni  ekzogen  o‘zgaruvchi  bilan  bu 
tarzdagi  «quyiltirish»dan  maqsad  –  aniqlik  vaziyatida  hech  qanday  o‘zgarishlarsiz 
tahlil etish uchun ishlab chiqilgan uslublarni qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. 
B  yondashuvi  uchun  tuzilgan  model  buyicha  hisob-kitoblarning  natijasi 
natijalovchi  o‘zgaruvchining  alohida  mohiyati  emas,  balki  ehtimolliklarning 
taqsimotidan tashkil topadi. 
Ehtimollilik  uslublari  modelning  qurilishi  va  u  bo‘yicha  hisob-kitoblar 
ehtimollar  nazariyasi  tamoyillariga  muvofiq  amalga  oshiriladi,  deb  faraz  qiladi, 
tanlash  uslublarida  esa  bularning  hammasi  tanlashlar  bo‘yicha  hisob-kitoblar  yo‘li 
bilan bajariladi. 
Echimlarni  qabul  qilishni  modellashtirish  uslublarining  qo‘llanilishi  B 
yondashuvining o‘ziga xos belgisidir.  Bu yo‘lda maqsadli, optimallashtirilgan va bir 
tizimli yondashuvlar ajratib ko‘rsatiladi. 
Maqsadli yondashuvga modelni konstruksiyalashda maqsadlarning aniq berilishi 
xosdir.  Maqsadga  oid  ko‘rsatkichlarning  har  qanday  o‘zgarishi  modelning  o‘zining 
rekonstruksiyasiga olib boradi va yangi hisob-kitoblarni talab qiladiki, bu qo‘shimcha 
xarajatlar  bilan  bog‘liqdir.  Ushbu  yondashuvdan  shunga  o‘xshagan  aniq  berilgan 
maqsadli  vaziyatlarda  doimiy  tarzda  qarorlarni  qabul  qilish  zarur  bo‘lganida 


 
 
161 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bir  tizimli  yondashuv  maqsadlarning  ifodalangan  tizimini  emas,  balki  faqat 
reallikni  aks  ettirishga  qaratilgan  modelning  qurilishi  bilan  bog‘liqdir.  Bunday 
modelni  va  unga  doir  hisob-kitoblarni  baholash  natijasida  harakatlarning  optimal 
strategiyasi  emas,  balki  real  tizimning  o‘zini  tutishi  bayoni  ifodalanadi.  So‘ngra 
maqsadlar  tizimi  tanlanadi  va  tizimning  o‘zini  tutishi  va  qilingan  farazlar  haqidagi 
prognozli axborotlar yordamida qarorni qabul qilish mumkin bo‘ladi.  
 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish