Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot


 “Korporativ boshqaruv  risklari”  tushunchasi va uning investitsiya



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/170
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#201295
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170
Bog'liq
Korporativ Boshqaruv, prinsip

8.1. “Korporativ boshqaruv  risklari”  tushunchasi va uning investitsiya 
faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyati. 
Mamlakatimizdagi 
korporativ 
tuzilmalar 
faoliyatiga 
investitsiyalarni 
muvaffaqiyatli jalb etish ma’lum darajada uch guruh omillarga bog‘liq bo‘ladi.  
Birinchidan,  investitsiya  quvvatining  mavjudligiga.  Uni  tabiiy,  mehnat 
zahiralari,  shuningdek,  ishlab  chiqarish,  iste’mol,  moliyaviy,  innovatsiya, 
institutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi. 
Ikkinchidan,  mamlakatdagi  mavjud  investitsiya  sharoitlari  muhim  ahamiyatga 
egadir.  Bularga:  umumiqtisodiy,  bozor,  me’yoriy-huquqiy,  axborot  bilan 
ta’minlanish, ekologik, ijtimoiy, madaniy va ijtimoiy-madaniy sharoitlar kiradi. 
Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi omillaridir. Ular xorijiy investorlarning 
investitsiya  quvvati  va  investitsiya  sharoitlarining  qulay  afzalliklaridan  foydalanish 
bo‘yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi. 
Barcha  guruhlar  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘ladi.  Misol  uchun,  etorli 
darajada  jalb  qiluvchi  bo‘lmagan  investitsiya  sharoitlari,  hatto,  yuqori  quvvatli 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib yuboradi. 
O‘tish  iqtisodida  bo‘lgan,  ichki  va  tashqi  investitsiyalarni  jalb  qilish  bo‘yicha 


 
 
153 
sharoitlarni  shakllantirayotgan  davlatlar  uchun  investitsiya  riski  riskning  muhim 
turlaridan biridir. SHuning uchun ham riskni, uning manbalarini va uning oldini olish 
usullarini  aniqlash  rivojlanayotgan  mamlakatlar  uchun  hayotiy  vazifa  bo‘lib 
hisoblanadi. 
Investitsion    loyihalar  kelajakka  tegishli  bo‘lganligi  sababli,  ularni  amalga 
oshirish  natijalarini  aniq  taxmin  qilish  muammodir.  Bunday  loyihalar  kutilishi 
mumkin  bo‘lgan  risklar  va  noaniqliklarni  hisobga  olgan  holda  bajarilishi  kerak. 
Investitsion    qaror  bir  qator  kutilishi  mumkin  bo‘lgan  oqibatlarga  ega  bo‘lgan 
hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. 
Riskni  ma’lum  bir  qarorni  qabul  qilish  natijasida  zahiralarni  yo‘qotish 
imkoniyati,  daromadlarni  ololmaslik  yoki  qo‘shimcha  harajatlar  zarurati  sifatida 
belgilash mumkin. 
Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan 
ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish 
ehtimolidir. 
Loyiha riski - bu investitsion  loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki 
loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisidir. 
Risk,  boshqacha  qilib  aytganda,  kutilishi  mumkin  bo‘lgan  xatar  -bu 
investitsiyadan  mo‘ljallangan  foydani  olish  jarayoniga  xos  bo‘lgan  noumidsizlikdir. 
SHu  bilan  birga  potensial  investor  tomonidan  qo‘yilgan  pul  mablag‘larini  yo‘qotish 
mumkinligi hamdir.  
Risk tushunchasiga juda ham yaqin bo‘lgan noaniqlik tushunchasi ham  mavjud 
bo‘lib, u riskning aniq turlarini tasniflash uchun "risk" atamasining sinonimi sifatida 
qo‘llaniladi.  Noaniqlik  deganda,  investitsion    loyihani  amalga  oshirish  shart-
sharoitlari  haqidagi  ma’lumotlarni  to‘la  yoki  aniq  emasligi  tushuniladi.  Masalan, 
inflyasiya  haqidagi,  texnika  va  texnologiyalardagi  o‘zgarishlar  haqidagi,  loyiha 
quvvatining,  obyektning  qurilish  va  foydalanishga  topshirish  muddatlari,  harajat  va 
natijalarning  noto‘g‘ri  hisob-kitobi  kabi  ma’lumotlarning  to‘la  yoki  aniq  emasligi 
natijasida noaniqlik kelib chiqadi. Bundan tashqari noaniqlik deganda, mamlakatdagi 
ijtimoiy-siyosiy  holatga  etorlicha  baho  bermaslik  va  boshqa  shu  kabilar  tushuniladi. 


 
 
154 
Loyihani  amalga  oshirish  jarayonida  yuzaga  kelish  imkoniyati  bilan  bog‘liq 
ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar noaniqligi risk tushunchasi bilan izohlanadi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish