180
kompaniyalarga qaraganda g‘oliblikka yaxshiroq nomzod bo‘ladilar. Bu erda
“daromadni maksimallashtirish”,
“harajatlarni kamaytirish”,
“samaradorlikni
oshirish”,
“savdo hajmini oshirish” kabi iboralarni ishlatmaslik kerak.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari
uchun kompleks ravishda belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar uchun
vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi
(bu maqsad sari jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi).
"Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish" nazariyasidan kelib chiqilsa,
Aksiyadorlar daromadlarining o‘sishiga erishish asosiy korporativ strategiya va
korporativ boshqaruv samaradorligini baholash mezoni sifatida qaralmog‘i lozim,
unda korporativ boshqaruvning moliyaviy mexanizmini mazkur strategiyani
moliyaviy ta’minlash nuqtai nazaridan ko‘rish mumkin
Korporativ strategiyalarni ta’minlashning moliyaviy dastaklari va usullarining
to‘plami bir-biridan farq qiladi. CHunonchi, uzoq muddatli strategiyalarni amalga
oshirishda, ya’ni moliyaviy resurslarga ehtiyoj belgilanib, pul oqimlari rejasi
tuzilganda, quyidagilarni aniqlash lozim
16
:
1) O‘z va qarz kapitali nisbatini. Bunda korxonaning uzoq muddatli
istiqbolga mo‘ljallangan moliyaviy siyosatiga jamg‘arish fondini kengaytirish
kiritilishi va bunda asosiy urg‘u o‘z-o‘zini moliyalashtirishga berilishi kerak. O‘z-
o‘zini moliyalashtirish ushbu fondlarga yo‘naltiriladigan sof foyda ulushini belgilash
orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, uzoq muddatli strategiyalarning moliyaviy
ta’minoti usullari ro‘yxatiga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni ularni in-flyasiyadan
saqlash xamda ko‘paytirish maqsadida moliya bozorlarida joylashtirish ham kiritilishi
kerak. Buning uchun moliyaviy vositachilar tarkibini belgilash zarur, bu tarkib
vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirish tavakkalchiligi minimal bo‘lishi uchun
etarlicha diver-sifikatsiyalanishi darkor.
2) Agar moliyaviy resurslar manbasi sifatida investitsiya loyixasini
kreditlash qabul qilingan bo‘lsa, u holda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun
16
М.Б.Хамидуллин Концепция построения национальной модели корпоративного управления. Рқнок,
деньги и
кредит. № 5 сон. 2007й
181
ochiladigan va kreditni qoplashni ko‘zda tutadigan uzoq muddatli kredit liniyasi
to‘g‘risida bitim tuzish lozim.
3) Kreditni qoplash tamoyillari korxonaning moliyaviy ahvolini, pul
mablag‘larining joriy va istiqboldagi qiymatini, kreditni qoplash shartlarini qayta
qurib chiqish imkoniyati hisobga olinishi kerak.
4) Agar moliyalashtirishni Aksiya va obligatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar
bozorida joylashtirish hisobiga amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, u holda
investorlar doirasini va Korporatsiya obrusini oshirish uchun reklama kampaniyasi
byudjetining eng yuqori darajasini aniqlash talab etiladi.
5) Aksiyadorlik jamiyatlari uchun strategiyalar moliyaviy tusga ega bo‘lishi
va Aksiyalar kurs qiymatining oshishida ifodalanishi mumkin. Bu holda moliyaviy
dastaklar qatoriga foyda va dividendlar kiritiladi, dividendlar hamda sof foyda
miqdorlarining o‘sishini ta’minlashning moliyaviy usullari esa chiqimlarni
kamaytirish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish bo‘yicha tadbirlardir.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari
uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun
vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi
(bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: