3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).
5. O’quvchilarni baholash (3 minut)
6. Uyga vazifa berish (2 minut).
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.
2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.
1. Hujjatlarning asosiy parametrlarini sanab o’ting?
2. Matn parametrlari deganda nima tushuniladi?
3. Sahifa o’lchamlari qanday o’rnatiladi?
4. Shrift rangini qanday o’zgartirish mumkin?
5. Sahifa yo’nalishi deganda nima tushuniladi?
6. Hoshiya nima va u qanday o’rnatiladi?
7. Satrlar orasidagi masofa qanday o’zgartiriladi?
3. Yangi mavzu bayoni:
Biz hujjat hosil qilish uchun avvalo yangi sahifa (ishchi maydoni) hosil qilinadi. Microsoft Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi: "Fayl" menyusidan "hosil qilish" (создат) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa vujudga keladi. Bu ishni standart uskunalar panelidagi "hosil qilish" tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matnli hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Matn kiritish aytarlik darajada murakkab emas. Bu yerda klaviaturadan foydalanish maxorati katta axamiyatga ega. Ma`lumki, matn gaplardan, gaplar so'zlardan, so'zlar esa harflardan tashkil topadi. Bundan tashqari kursor xarakatini boshqaruvchi yana bir nechta klavishalar bor. Ulardan eng muximi "ENTER" klavishasidir. "ENTER" klavishasi bosilganda yurgich keyingi qator boshiga ko'chadi. Bu matnda abzas tugab, yangi abzas boshlanganini bildiradi. Yurgich harakatini yo'nalish klavishalari ham boshqaradi. "chapga", "o'ngga", "yuqoriga", "pastga" yo'nalish klavishalari yurgichni mos ravishda chapga, o'ngga, yuqoriga va pastga siljitadi. Bosh harflarni yozish uchun "Shift" klavishasini bosishni unutmang. Ba`zan matnning biror qismini faqat bosh xarflarda yozishga to'g'ri keladi. Bunday holda odatda "Caps Lock" klavishasidan foydalaniladi. Bu klavisha bosilganda klaviaturaning o'ng yuqori qismida "Caps Lock" indikatori yonadi va klaviatura yuqori registr holatiga o'tadi. "Caps Lock" klavishasi qaytadan bosilsa "Caps Lock" indikatori o'chadi va klaviatura quyi registr holiga qaytadi.
Odatda matn kiritilishi boshlanishi bilan uni diskda saqlab, matn yozib bo'linguncha vaqt vaqti bilan saqlab turish maqsadga muvofiq. Chunki turli sabablarga ko'ra kompyuter o'chib qolishi mumkin. Bu holda diskda matnning oxirgi marta saqlangan qismi qoladi. Matnni saqlash uchun, agar u birinchi marta saqlanayotgan bo'lsa, fayl menyusidan ".. kabi saqlash" ("сохранить как .." buyrug'i tanlanadi. Ekranda "..kabi saqlash" muloqat oynasi xosil bo'ladi. Kerakli katalog ("папка") tanlanib, fayl nomi yoziladi va "saqlash" ("сoхранить") tugmasi bosiladi. Navbatdagi saqlashda fayl menyusidagi "saqlash" buyrug'ini tanlash yoki standart uskunalar panelidagi - "saqlash" tugmasini bosish kifoya. Yozayotgan matnni vaqti-vaqti bilan saqlab qoyish esingizdan chiqmasin.
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:
1. Word dasturida yangi hujjat hosil qilish uchun qanday amallar bajariladi?
2. Qaysi uskunalar paneli yordamida yangi sahifa hosil qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |