Вuyruqlar (3 tilda)
|
Tezkor
klavish1ar
|
Asosiy vazifasi
|
Rus
|
0`zbek
|
Ingliz
|
Создать
|
Hosi1 gilish
|
New
|
Ctrl+N
|
Yangi hujjat hosil gilish
|
Открыть
|
Ochish
|
Open
|
Ctrl+O
|
Diskdagi awal saglangan fayl-hujjatni ochish
|
Сохранить
|
Saglash
|
Save
|
Ctrl+S
|
Ishlanayotgan hujjatni diskda awalgi nomad saqlash
|
Печать
|
Chop etish
|
Print
|
Ctrl+P
|
Chop etishni boshgarish
|
Bыxoд
|
Chiqish
|
Exit
|
Alt+F4
|
Worddan chigish
|
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash:
1. Wordda qanday matn yozish qoidalari mavjud ekan?
2. Wordda tezkor klavishlardan nima maqsadda foydalanamiz?
3. Wordda qanday tezkor klavishlar mavjud ekan?
5. O'quvchilarni baholash: Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va ularni jurnalga qayd etish.
6. Uyga topshiriq: kompyuterda amaliy ish bajarish.
Ko’rib chiqdim:
O`quv ishlari bo`yicha direktor
o`rinbosari:__________ __________
Sana: ___________ ____________
I. Mavzu: Hujjatlarning asosiy parametrlari
II. Maqsad:
a) Ta’limiy: Hujjatlarning asosiy parametrlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, office dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni hujjatlarning asosiy parametrlari bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
III. Dars turi: Yangi bilim beruvchi
IV. Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan an’anaviy dars.
V. Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularni qurilmalari, videoproyektor, plakatlar, darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.
VI. Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.
3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).
5. O’quvchilarni baholash (3 minut)
6. Uyga vazifa berish (2 minut).
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.
2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.
1. Matn muharriri va matn protsessori nima?
2. Matn muharriri qanday ishga tushiriladi?
З. Matn protsessori qanday ishga tushiriladi?
4. MS Wordda qanday matn yozish qoidalari mavjud?
5. MS Wordda menyular nechta?
6. MS Wordda uskunalar paneli qayerda joylashgan?
7. MS Wordda uskunalar panelida qanday amallar bajarishimiz mumkin?
3. Yangi mavzu bayoni:
Matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa o'lchami, satrlar orasidagi masofa, hoshiya va hokazolar belgilab olinadi. Ular hujjatlarning parametrlari deb yuritiladi. Matn protsessorlari yordamida xosil qlingan matn hujjat deb yuritilishi avvalgi paragraflarda aytib o'tilgan edi. U rasmiy hujjat bo'lishi shart emas.
Quyida hujjatlarning asosiy parametrlari keltirilgan:
Sahifa o'lchami; 2. Sahifa yo'nalishi; 3. Hoshiya;
4. Abzas chekinishi;
Shrift turi; 6. Shrift o'lchami; 7. Satrlar orasidagi masofa.
Biror hujjat tayyorlashda avvalo u qanday o'lchamdagi qog'ozga chop etilishi belgilab olinadi. Shunga ko'ra sahifa o'lchamlari tanlanadi. Fayl menyusidan "sahifa parametrlari" (параметры страницы) amali tanlanadi. Ekranda "sahifa parametrlari" muloqat oynasi paydo bo'ladi. U to'rtta ilova (amallar majmyi)dan iborat. Ulardan "sahifa o'lchamlari" ilovasi tanlanadi. Bu ilovada sahifaning eni (kengligi) va bo'yi kiritiladi, yoki taklif etilgan o'lchamlardan biri tanlanadi. Shu ilovaning o'zida sahifa yo'nalishi xam belgilab olinadi. U kitob sahifasi (книжная) yoki albom sahifasi (альбомная) kabi bo'lishi mumkin. Sahifa o'lchamlari tanlangach, sahifaning xoshiyalari belgilanadi. Buning uchun sahifa parametrlari oynasidagi "hoshiya" (поля) ilovasi tanlanadi. Bu ilovada sahifaning yuqori, pastki, chap va o'ng tomonlaridan qancha joy qoldirilishi ko'rsatiladi. Shu ilovaning "namuna" (образец) qismida tanlangan parametrlarga mos sahifa nusxasi aks ettib turadi. Biror parametr o'zgartirilsa, ushbu sahifa nusxasi ham mos ravishda darhol o'zgaradi. Sahifa o'lchamlari va xoshiyalar o'rnatilgach, "sahifa parametrlari" muloqat oynasidagi "OK" tugmasi bosiladi (sichqoncha yordamida).
Do'stlaringiz bilan baham: |