I. Mavzu: Nazorat ishi
II. Maqsad:
a) Ta’limiy: MS Word haqida umumiy ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, office dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni MS Word bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
III. Dars turi: Yangi bilim beruvchi
IV. Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan an’anaviy dars.
V. Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularni qurilmalari,videoproyektor,plakatlar, darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.
VI. Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.
3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).
5. O’quvchilarni baholash (3 minut)
6. Uyga vazifa berish (2 minut).
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.
2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi. 1. Matn muharriri va matn protsessorining farqi?
2. Hujjatning qanday asosiy parametrlari mavjud?
З. Hujjat qanday hosil qilinadi va saqlanadi?
4. Hujjatlarda rasmlardan qanday foydalanamiz?
5. Hujjatlarda jadval qanday hosil qilinadi?
6. Hujjatlarda formulalar qanday yoziladi?
3. Yangi mavzu bayoni:
1. Matn muharririning asosiy elementlari? A) menyu, maydon, yurgich B) fayl, menyu, maydon C) tahrir, menyu, yurgich D) fayl, tahrir, menyu
Do'stlaringiz bilan baham: |