13 Mavzu:Yuklarni ilish va tushirishda yuk iluvchilar uchun umumiy qoidalar. Reja: Asosiy qoidalar
Kranlarga xizmat ko'rsatishda xavfsizlik texnikasi
Ish vaqtida kran mexanizmlarini tozalash, rostlash, moylash va ulardan to’siqlami, kojuxlarni, qopqoqlarni olish taqiqlanadi. Kranni obyekt chegarasida va undan tashqarida yurgizishda "yol harakati qoidalari” ga qat’iy amal qilish zarur. Avtokranlaming yo’lga sig'ishiga doir ma'lumotlar asosida ularning harakatlanishi cheklanishi mumkin. Yo’lning mashinalar yuradigan qismining eni vazifasi va kategoriyasiga qarab SNiP P-D5-72 normalari bilan belgilanadi. Teleskopik strelali avtokranlar yo'llaming ko'pgina tiplarida yurish imkoniyatiga ega. Panjarasimon strelali avtokranlarning ba'zi xillari uchun, ayniqsa, tog' sharoitlarida, yopiq inshootlar ichida, kvartallar orasidagi ko’chalarda harakatlanishi cheklangan bo'ladi. Mashinist oldindan kran marshrutini o'rganishi va obyektga o'z vaqtida yetib kelish uchun ulaming eng qulayini tanlashi lozim. Avtokranni harakatlantirishga tayyorlar ekan mashinist kranni "Yo'l harakati qoidalari” talablariga javob beradigan transport holatiga o'matishi: tovush signali va chiroqlarning ishlashini tekshirishi, burish mexanizmi tormozini stoporlab qo'yishi, almashtiriladigan ish jihozini olishi va asosiy strelani o’rnatishi, teleskopik strelannng surilma seksiyalarini chiqarishi va fiksatsiyalash, strela chig'irini hamda strelani transport holatida tutib turuvchi strelani ko’tarish gidrosilindrini ko'zdan kechirishi kerak. Nosoz, kir va nomersiz kranni mexanizatsiya bazasidan obyektga yuborish mumkin emas. Bazadan chiqishdan oldin mashinist shinalardagi havo bosimini, kranga yonilg'i, moy, suv quyilganligini, akkumulyatorlar batareyasidagi elektrolit sathini, tormoz, rul kolonkasi, burilish korsatkichlari, tovush signallari, ketingi chiroqpriborlariningholatini tekshiradi. Kran obyektdan chiqish vaqtida soz holatda ekanligini undan foydalanishga javobgar shaxs yo'l varaqasiga imzo chekib tasdiqlaydi. Almashtiriladigan ish jihozini faqat yorug' vaqtlarda o'rnatish va olish mumkin: temperatura - 20°C dan past bo'lganda va 5 balldan kuchli shamol esayotganda montaj ishlari to'xtatiladi. Mashinist ko'zdan kechirish va texnika xizmati ko’rsatish muddatlarini bilishi hamda ularga rioya etishi zarur. Texnika xizmati ko’rsatish yoki remont qilish postlariga yuboriladigan avtokranlar kirdan tozalangan va yuvilgan bo'lishi lozim. Texnika xizmati ko'rsatish davomida kranning rul chambaragida "Dvigatel ishga tushirilmasin - odamlar ishlayapti!" deb yozilgan tablichka turishi lozim. Texnika xizmati operatsiyalarini bajarishda kranning nagruzka tushadigan qismlari deformat- siyalanishi, uzellar birikmalari va mahkamlanishlarining bo'shashishi hamda buzilishi, jmetall konstruksiyalarining haddan tashqari korroziyalanishi ooqibatida royberishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalaming oldiJ11 olishga e'tibor berish kerak. Kranni texnika xizmati ko’rsat'ish yoki remont qilish postiga qo’yishda u dastaki tormoz bilan tormozlab qo'yiladi, eng past uzcjjma ulanadi, o’t oldirish (yo^ilg'i berish) uzib qo'yiladi, g’ildiraklar tagiga shinalarga zich tegib turadigan qilib tirgaklar (boshmoqlar) qo’yiladi. Kranlami kuzatish chuquridaru1 tashqarida remont qilayotgan ishchilar to’shamalar bilan ta'mir^rushi zarur. To’shamalarsiz ishlash taqiqlanadi. Kranning * olingan g’ildiraklari ostiga chorpoyalar, olinmaganlari tagiga^ esa tirgaklar qo'yiladi. Faqat bitta ko'tarish mexanizmida (doi^kratlar, tallar va hokazoda) ko'tarib qo’yilgan kranda biror ishrt'11 bajarish man etiladi. Ko'tarib qo'yilgan kran tagiga g'ildirak, g’i^ht va boshqa narsalar qo’yish mumkin emas. Kran ishlab turg5anda unga texnika xizmati ko'rsatish va uni remont qilish tacjliq^anadi. Massasi ushbu ko’tarish mexar^izmi uchun ko’rsatilganidan katta bo’lpan yig'ma birliklaU1*11! ko’tarish man etiladi. Agregatlarni tashishga moljallaingan aravachalarda ulaming tushib ketishiga va platforma bo'yUab o'zidan o’zi surilishiga yo'l qo'ymaydigan stoyka hamda tirgai Mar bilan jihozlanganbo'lishi lozim. Gidroagregatlarni olish uo^hun gidrosistemadagi moy maxsus rezervuarlarga to'kiladi. Gidrosistemani montaj qila b *oshlashdan oldin akkumul- yatorlar batareyasini uzib qo'yish va gidrosistemani bosimdan bo’shatish kerak. Bosim ostida bo°'lgan gidrosistemani montaj qilish taqiqlanadi. Ajraladigan ch*°klar va olinadigan qopqoq- lardan moy sizayotgan joylami boo’yoq, lok yoki yelim surkab bartaraf etishga yo'l qo’yilmaydi. Gi idrosistemaning bosim ostida ishlaydigan trubalari va boshqa detallarini payvandlashga shunday ishlarni bajarish uchittn Davlat texnika nazorati tomonidan beriladigan guvohnomsasi bo'lgan shaxslar qo’yiladi. Pay vandlash oldidan trubalar moy'va surkov moylaridan albatta tozalanishi shart, Gidrosistemaga ulangan trubalar va boshqa detallarda pay vandlash ishlarinibiajarish man etiladi. Gidrosistemaning bosim ostida - ishlaydigan detal va uzellari bosim ostida mustahkamlik hamda germetiklikka sinalgan bo'lishi zarur. Akkumulyatorlar batareyasi gidrosistemaga doir barcha yig'ish, montaj qilish ishlari batamom tugaganidan keyingina ulanadi. Elektr yuritmali kranni ko'zdan kechirishda mashinist kabinasidagi rubilnik uzib qo'yiladi. Elektr yuritmali kran mashinistigakontaktorlami ponalab qo'yish, xavfsizlik asboblari, tormoz elektromagnitlari va elektr himoyasini uzib qo'yish taqiqlanadi. Kuygan saqlagichlar kuchlanish uzib qo’yib almashtiriladi. Kranlarga nasos yordamida yonilg'i quyiladi. Bunda sifonlardan foydalanish va og'izda so'rish taqiqlanadi. Kranning ta'minlash sistemasini etillangan benzin bilan va sovitish sistemasini antifriz bilan to'ldirayotganda juda ehtiyot bo'lish kerak. Odatda, kranlar "Avtomobillarga yonilg'i va moy quyuvchilar uchun xavfsizlik texnikasidan instruksiya" ga muvofiq benzin bilan to'ldirish stantsiyalarida zapravka qilinadi, kamdan-kam hollardagina bu ishni mashinist rezinadan tayyorlangan himoya qo'lqoplari kiyib bajaradi. Etillangan benzin uchun alohida idishlar, benzin trubalari, nasoslar ajratilgan bo'lishi zarur. Antifriz muzlamaydigan, zaharli texnika suyuqligi - etilenglikolga baravar suv qo'shib tayyorlanadi. U dvigatelning sovitish sistemasiga qishda quyiladi. Antifriz zaharli bo'lgani sababli uni ehtiyotlik bilan ishlatish zarur. Kranga texnika xizmati ko'rsatish va uni remont qilishda mashinist hamda ishchilar maxsus kiyimlar, qo'lqop va tegishli himoya vositalaridan foydalanishlari zarur. Kiyimning ustki qismi kranning aylanadigan qismlariga o'ralmaydigan bo'lishi kerak. Yuvishmashinalari va qurilmalarida yuvish-tozalash ishlarini boshlash oldidan operator-yuvuvchi quyidagilami bajarishi:
yuvish mashinasi (qurilmasi) ning holatini, ventilyatsiya, isitish elementlari, dush qurilmalari, nasoslaming sozligini, trubalarning zich mahkamlanganligini va ko'tarish mexanizmining puxtaligini tekshirishi;. -
ishqorli yuvish vositalari bilan ishfayotganda qo'liga himoya
pastalari surtishi hamda rezina fartuk, yengliklar va rezina qo'lqop kiyib olishi; ;
kislotali va ishqorli yuvish eritmalarini tayyorlashda himoya ko'zoynagi bo'lgan maska taqishi;
yuvish mashinasi (qurilmasi) dagi shamollatish qurilmasini va umumiy kiritish-chiqarish ventilyatsiyasini ishga tushirishi shart.
Kaustik soda eritmalari teriga tushganda uni kuydiradi. Shuning uchun ingichka oqim bilan tozalashda kontsentratsiyasi 1% dan, vannalarda tozalashda esa 5% dan yuqori bo'lgan kaustik soda eritmasidan foydalanish taqiqlanadi. Kaustik soda sachragan teri avval sirka kislotasining kuchsiz eritmasi, so'ngra suv bilan yuviladi va bog'lab qo’yiladi. Sintetik yuvish vositalarining eritmalari aytarli xavfli emas. 90°C gacha isitilgan ana shunday eritma tasodifan teriga tushganda u dastlab sovuq suv bilan, keyin kaliy permanganat eritmasi bilan yaxshilab yuviladi, shikastlangan joyga vazelin surtiladi va bog'lab qo'yiladi. Kislotali tarkib shikastlagan joyni eritma va suv bilan yuvish kerak. Organik erituvchilar (kerosin, dizel yonilg’isi, atseton) dan foydalanilganda ular saqlanadigan idishlar qopqoq bilan berkitiladiganbo’lishi lozim. Qo’lga tushgan organik erituvchilar iliq suv bilan sovunlab ketkaziladi, teriga asa krem surtiladi. Kranlar sirtini yuvish mashinalari yordamida tozalashda yuvish zonasiga chet kishilar kirib qolmasligiga e'tibor berish zarur. Tozalash davrida agregatlarni qismlarga ajratish va rostlash man etiladi. Mashinalar sirtini maxsus yuvish kameralarida yuvish vaqtida ishchining ana shu kamera ichida bo'lishi taqiqlanadi. Etillanganbenzin bilan ishlaydigan va antifriz to'ldiriladigan kranlarga texnika xizmati ko’rsatish va ulami remont qilish uchun benzin bug'ini batamom chiqarib tashlaydigan ventilyatorlar, ish bajargan gazlarni tashqariga chiqaradigan, tashlama shlanglar, suv va antifriz tushiriladigan novlar, etillangan benzin qoldig’iga mo'ljallangan benzokolonka yoki boshqa maxsus idish bilan jihozlangan xona hamda yopiq maydonchalar ajratilishi zarur. Kranga texnika xizmati ko'rsatayotgan va uni remont qilayotgan mashinist hamda ishchilar etillangan benzin va anti friz bilan Ishlashda shaxsiy profilaktika chora-tadbirlariga rloya etishlari kerak. Etillangan benzinda qo’l va detallami yuvish qat'iyan man etiladi. Etillangan benzinda ishlaydigan va antifriz bilan to'ldiriladigan kranlarni remont qiladigan, unga xizmat ko'rsatadigan hamma ishchilar ovqatlanish oldidan qo'llarini toza kerosin, so'ngra iliq suv bilan sovunlab yuvishlari lozim. Etillangan benzin bilan ishlaganda kiyilgan kiyimni korxonadan tashqariga olib chiqish, shuningdek, ana shu kiyimda ishxona, xizmat va turarjoy xonalariga kirish man etiladi. Bunday kiyim 7-10 kun foydalanilgandan keyin yuviladi. Etillangan benzinda ishlagan dvigatel karteridan to’kilgan moyni yig'ishtirib olishda etillangan benzin bilan ishlashda ko'riladigan ehtiyot choralariga rioya qilinadi. Kran obyektdan qaytganda yonilg'i baklaridagi etillangan benzin qoldig'ini o'lchashda ishlatiladigan dastaki chizg’ich kerosin solingan bidonda saqlanadi. Agar kran yurib ketayotganda ta'minlash sistemasini qismlarga ajratish va tekshirish maqsadida uni to'xtatishzarurati tug'ilsa, mashinist ehtiyotkorlik bilan ishlashi, etillangan benzinning to’kilishiga yo'l qo’ymasligi va muhofazalovchi ish kiyimda ishlashi zarur. Bu ish kiyim hamisha kranda bo'lishi kerak. Etillangan benzinni artish uchun foydalanilgan lattalarni yo'l chetiga olib borib, krandan narida siqish va alanganing tarqalishiga yo’l qo'ymaslik choralarini ko'rish zarur. Etillangan benzin bilan ishlayotganda, baxtsiz hodisa yuz berganda mashinist birinchi yordam ko'rsatishni bilishi kerak. Etillangan benzin bug'i bilan zaharlanganlikni quyidagi alomatlar: bosh og'rishi, quloq shang'illashi, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi va nafas olishning susayishidan bilib olish mumkin. Bu alomatlar paydo bolganda zaharlangan kishiga toza havodan nafas olishiga imkoniyat yaratish, oshqozonini yuvib tozalash va tez meditsina yordami chaqirish kerak.