Ko‘prikli kranlarning vazifasi va tuzilishi. Avtokranlar vazifasi, tuzilishi va turlari



Download 48,11 Mb.
bet8/26
Sana09.07.2022
Hajmi48,11 Mb.
#765741
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni umumiy

Yuk ko‘tarish arqonlarining konfiguratsiyasi har xil bo'lib, ular halqasimon ko‘rinishda po'lat arqonlardan va zanjirlardan yasaladi (2.14-rasm). Po'lat arqondan yasalgan yuk ko'tarish arqonlarida ulaming buralib qolish hollari sodir
bo'ladi. Zanjirli yuk ko'larish arqonlarida esa bunday noxush holatlar sodir bo‘lmaydi. Bu yuk ko'tarish arqonlari universal yuk ilib olish moslamasi hisoblanib. turli konfiguratsiyadagi va o'lchamdagi yuklami ilib olishga moijallan "u Yuk ko'tarish arqonlari eng keng tarqalgan va konstruksiyasi s< •' la yuk ilib
olish moslamalari hisoblanadi. 2.15-rasmda turli xil ilgaklar, yuk ko‘tarish arqonlari va yuk ko‘tarish arqonlarini ilgakka xavfsiz osish usullari ko'rsatilgan. Ilgaklarda uni ishlab chiqargan zavodning tamg'asi va pasporti bo'lishi kerak, bularsiz ilgaklardan foydalanish man etiladi. Har olti oyda bir marotaba po'lat arqonli va zanjirli yuk ko'tarish arqonlarini ishchi yuklamadan ikki marotaba ortiq bo'lgan yuklamada 10 daqiqa davomida sinab ko'rish kerak. Yuk ko'tarish arqonlariga o'rnatilgan cho'pxat (birka)larda uni yuk ko'tarishi va sinov sanasi ko'rsatib qo‘yilgan bo'lishi kerak. Yuk ko'tarish arqonlari etarli darajadagi mustahkamlikka ega bo'lishi lozim. Yuk ko'tarish arqonlarining zahira mustahkamlik koeffitsiyenti 6 dan kam bo'lmasligi kerak. 2.16-rasmda turli xil yuk ilib olish maxsus moslamalari ko'rsatilgan.

2.14-rasm. Yuk ko‘tarish arqonlari: a-doirasimon arqonlar; b va d-ikki tomoni halqali arqonlar; e-bir tomoni umumiy halqali va ikkinchi tomonlari ilgakli arqonlar; f va g-sirtmoqlarni osish usullari; h-zanjirli yuk ko'tarish arqonlari.


2.15-rasnt llgaklar va yuk ko‘tarish arqonlari: a-bir shoxli ilgak; b-ikki shoxli ilgak; d va c-yuk ko‘tarish arqonlari; f-yuk ko‘tarish arqonlarini ilgakka xavfsiz osish moslamalari.


8 Mavzu: Yuklarni ko‘tarish, tushirish va uzatishni tashkil etish.
Reja:

  1. Yuklarni ko’tarish ishlari.

  2. Tushirish ishlari.



Material, buyum va konstruksiyalami ortish va tushirishdagi sermehnat hamda og'ir ishlarni bajarish uchun avtomobilli kranlardan foydalaniladi, Faqat yordamchi operatsiyalar: yuklarni stroplash, ko'tarish va tushirishda yuk osish qurilmalarini o'rnatish hamda olish, mashinistlarga signallar berish, transport vositalarining bortlarini ochish va yopish, tagliklar qo'yish ishlari qo'lda bajariladi. Massasi 50 kg dan ortiq bo'lgan material, buyum va konstruksiyalami ortish va tushirish, shuningdek, yuklarni 2 m dan ortiq balandlikda taxlash ishlari mexanizatsiyalashtirilgan usulda bajarilishi shart.
Ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish deganda ortish- tushirish operatsiyalarini bajarish joyi, tarkibi, tartibi va davomiyligini, qayta ishlanadigan yuklaming turlarini, ulami joylashtirish hamda stroplash usullarini, qo'llaniladigan yuk ko’tarish va tashish vositalarining tipi xamda ulami bir-biriga va suriladigan yukka nnsbatan o'rnatish usullarini belgilab beradigan tadbirlar kompleksi, shuningdek, ortish-tushirish ishlarida qatnashadigan ishchilar zvenosining tarkibi tushuniladi.
Ortish-tushirish ishlari amalga oshiriladigan joy yukni qayta ishlash punkti deb ataladi. Bunday punkt yuk oqimi, yuk turi, uning surilish yo’nalishi va vaqt birligi ichida mazkur punktdan o’tadigan yuk miqdori bilan xarakterlanadi.
Avtokranlar vositasida qayta ishlanadigan yuklar o’mini hosil qilish usuliga ko'ra donali, paketlangan va sig'imlar yoki idishlarda ko’chiriladigan yuklarga bo’linadi.
Donali yuk o'rnini hosil qiladigan yog'och buyum va konstruksiyalar: to'sinlar, fermalar, deraza hamda eshik kesaklari; temir-beton buyum va konstruksiyalar balkalari, zina marshlari, bloklar, panellar, kolonnalar, kanalizatsiya, vodoprovod hamda suv oqizish halqalari; plitalar, ustun qoziklar, fermalar, shpallar-metall buyum va konstruksiyalar; balkalar, fermalar, kolonnalar, trubalar.
Yuk o'mi-paketni hosil qiluvchi yog'och buyumiar: taxtalar, rezgi taxtalar, yog’och payraxasidan tayyorlangan plitalar, parket, faner, shpallar; metall buyumiar; armatura, vanrtalar, mixlar, skobali buyumiar, tunuka, unitazlar, sanitariya-texnika trubalari; suyuq sintetik va polimer plastik materiallardan yasalgan buyumiar; asbest-sement plita va listlar, gips plitalar, g'isht, metlax plitkalari, deraza oynasi, linoleum, mineral paxta, mberoid va boshqalardan iborat.
Idishlarda ko'chiriladiganmateriallar: sochiluvchan; alebastr asbest, gips, shag'al, qum, qurilish axlati, sement, shlak, plastik rt*Mt-beton, betonbitum, gib bo'yoqlar, qorishma va boshqalar.
Yuklarni qayta ishlashda asosiy qurilish materiallarini tejab 4iirflashga doir texnik qoidalarga rioya qilinadi.
Yuklarni omborlarga joylashtirish usuli ularning saqlanishiga old talablarni hisobga olib tanlanadi.
Joylashish o'rniga qarab omborlar stansiya , obyekt liuzuridagi va bazis omborlarga ajratiladi. Stansiya huzuridagi ombor joylashtirish uchun katta maydonlarni talab etadigan asosiy materiallami, jihozlarni, konstruksiyalami qabul qilib olish va qisqa muddat saqlash uchun mo’ljallangan. Bular boshqa saqlash joylariga qo'shimcha ko'chirilmasdan to’g'ridan-to'g'ri obyektga olib ketiladi. Stansiya huzuridagi omborga keltiriladigan yuklar obyekt qurila boshlanishidan 0,5-1 oy oldin olib ketiladi.
Obyekt huzuridagi omborlarga tushiriladigan yuklar obyektda, bino qad ko'tara borishi bilan sarflab boriladi. Bazis omborlarda saqlanadigan material va buyumiar obyekt huzuridagi omborlarni kelgusida ular bilan ta'minlash maqsadida butun qurilish rayoni doirasida taqsimlab chiqiladi.
Konstruktiv belgilariga qarab obyektlar ochiq va yarim yopiq bo'ladi. Ochiq ombor yomg’ir suvlarini oqizib yuborish uchun zarur qiyalikni hisobga olib planlashtirilgan territoriyaning ochiq qismidan iborat. Bunday omborlarda atmosfera va temperatura ta'sirida buzilmaydigan material, buyum, konstruksiya va jihozlar (metall konstruksiyalar, temir-beton konstruksiya hamda buyumiar, sim va troslar) saqlanadi.
Yarim yopiq omborlar yog'och bostirmalar tagida va mahalliy sharoitlarga qarab temiryo'l platformalari yoki yer sathida quriladi. Yarim yopiq omborlarda yog'ingarchilik va quyosh nuridan himoya qilinishi zarur bo’lgan material hamda buyumiar (po'lat trubalar, jihozlar, mexanizmlar, duradgorlik buyumlari va tilingan materiallar) saqlanadi.






Download 48,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish