Контрольные вопросы
Этапы кроветворения у плода.
Морфологические и функциональные особенности периферической крови у плода.
Картина периферической крови у новорожденного ребенка и ее характеристика.
Постнатальное кроветворение.
Особенности свертывающей системы крови у детей в возрастном аспекте
Техника сбора жалоб и анамнеза.
Javoblar.
1. Homilada qon yaratilishi 3ta bosqichda kechadi:
a) Embrional ( megaloblastik) - 2 haftalik embrionning sariqlik xaltachasining qon orolchalarida megaloblastlar (birlamchi eritroblastlar) hosil bo'ladi.
b) Jigarda. Homilaning 7-haftasidan 5-oyigacha davom etadi. Jigarda eritroblastlar va eritrositlar hosil bo'ladi. 3-4- oyligida taloqda ham gemopoez jarayoni boshlanadi. Taloqda eritro-, granulo-, megakariositopoez jarayonlari boshlanadi. Faol limfopoez 20-haftadan taloqda boshlanadi.
c) Suyak ko'migida (medullyar). 4-5-oyligidan boshlanadi va asosiy qon yaratilish a'zosiga aylanadi.
2. Homilaning periferik qoni o'z ichiga deyarli faqat eritrositlarni oladi, ammo gemopoezning II davrida
jigarda leykositlar paydo bo'la boshlaydi, ular juda ko'p bo'lsa ham, yetilmagan bo'ladi. Leykotsitlar homilaning 3-oyining oxirida paydo bo'ladi, 5-oyida
miqdori taxminan 1,8 x 10⁹ g/ l ni tashkil qiladi. Homilada eritrositlar ham, leykositlar ham yetilmagan bo'ladi.
3. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qon hajmi tana massasining 14%ini, kattalarda 5%ini tashkil qiladi. Periferik qondagi ko'rsatkichlar ham yuqoriroq bo'ladi:
Hb– 180-240g/l,
Eritrositlar– 5-7×10¹²/l.
Chaqaloq tashqi muhitdan nafas olishi hisobiga giperoksiya sababli eritrositlar tez parchalana boshlaydi va fiziologik sariqlik kuzatilishi mumkin.
Leykositlar miqdori– 10-30×10⁹/l bo'ladi, 4-5-kunida birinchi fiziologik kesishuv- neytrofillar miqdori kamayib, limfositlar miqdori ko'tariladi va ular teng miqdorga keladi.
Trombositlar miqdori– 150-400×10⁹/l bo'ladi.
4. Chaqaloq tug'ilgach, jigarda qon yaratilishi to'xtaydi, taloq faqat limfosit, monositlarni hosil qilish va eritrosit, trombositlarni parchalash funksiyalarini saqlab qoladi. Qizil suyak ko'migi markaziy qon yaratish a'zosiga aylanadi. Qizil suyak ko'migi limfositlardan tashqari barcha qon hujayralarini hosil qila boshlaydi. Qizil suyak ko'migi chaqaloqlarda yassi va naysimon suyaklarda bo'ladi. 1oyligidan boshlab qizil suyak ko'migi sariq ko'mikka aylana boshlaydi. 12-15 yoshga kelib, qon yaratilishi faqat yassi suyaklarda kechadi. Barcha yetuk qon hujayralari qizil suyak ko'migida hosil bo'lgan o'zak hujayralardan rivojlanadi.
5. Bolalarda qon ivishining tezligi kattalarnikidan farq qilmaydi (3-4-daqiqa). Qon ivishi tizimi 3ta zvenoni o'z ichiga oladi:
Tomir zvenosi. Tomirlar endoteliysi prostasiklin ishlab chiqaradi.
Trombositar zveno. 9ta faktordan iborat.
Plazma zvenosi. 13ta faktordan iborat.
Neonatal davrda qon ivishining fiziologik pasayishi kuzatiladi.
6. Shikoyatlarni yig'ish. Asosiy shikoyatlar:
- qon ketishi;
- qon quyilishi;
- limfa tugunlari kattalashishi;
- teri va shilliq pardalar rangparligi;
- ossalgiya- suyaklarda og'riq.
Umumiy shikoyatlar:
- gipertermiya;
- bosh og'rishi, bosh aylanishi;
- toliqish, kuchsizlik;
- xotira pasayishi;
- ishtaha pasayishi;
- jismoniy yuklamada hansirash.
Kasallik anamnezi.
- kasallik belgilari qachon paydo bo'la boshlagan, qanday sharoitlarda paydo bo'ladi;
- patologik belgilar dinamikasi qanday;
- qanday davo chorasi ko'rilgan;
- laborator tekshiruvlar natijasi bilan tanishish.
Hayot anamnezi.
Asosan, qon va qon yaratilish a'zolari irsiy kasalliklari bor-yo'qligiga e'tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |