Konfutsiylik yoki konfutsiychilik



Download 33,09 Kb.
bet1/7
Sana16.01.2022
Hajmi33,09 Kb.
#371919
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Konfutsiylik


Konfutsiylik yoki konfutsiychilik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Konfutsiy asos solgan. K.ning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768—824) va boshqa

K. taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang , unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang , uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi.

K.da taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash borgan.

K. milodiy 1 -a.da davlat taʼlimotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda daosizm ustidan toʻla gʻalaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.

Konfutsiy (xitoycha 孔子, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi va siyosiy arbob boʻlgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va Vyetnam halqlarining oʻy-fikri va hayotiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.

Konfutsiy


Tarjimai holi

Konfutsiy kambagʻallashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tugʻilgan. 22 yoshida taʼlim berish bilan shugʻullanib, Xitoyning eng mashhur oʻqituvchisi sifatida shuhrat qozongan. Konfutsiy oʻzi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot oʻqitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor boʻlib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 yil mobaynida Xitoyning turli oʻlkalariga boradi, biroq u joylarda oʻz gʻoyalarini qoʻllay olmagach, miloddan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. Taʼlim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari — „Shudzin“, „Shidzin“, „Idzin“, „Yuedzin“ va „Lidzi“ni toʻplash, tahrir qilish, tarqatish bilan shugʻullanadi. Konfutsiy taʼlimoti uning „Lun yuy“ („Suhbatlar va mulohazalar“) kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. Konfutsiy oʻzi uchun, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn etilgan; uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh boʻlib qolgan.[1]

Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan oʻrnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi oʻrnigagina qiyoslash mumkin. Uning butun dunyoda mashhur boʻlgan nomi „kun“ va „futszi“ soʻzlari asosida yasalgan „Kun“ hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi soʻz boʻlsa, „fu“ faylasuf, „szi“ oʻqituvchi maʼnolarini ifodalovchi soʻzlardir. Yaʼni Konfutsiy „falsafa oʻqituvchisi“ degan soʻzlarning familiya maqomini olgan shaklidir. Konfutsiy yashagan davrdan „Toʻrt asos“ va „Besh asos“ degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. „Besh asos“ Konfutsiyga qadar yaratilgan „Qoʻshiqlar kitobi“, „Taomillar kitobi“ („Marosimlar kitobi“), „Rivoyatlar kitobi“ va „Folbinlik kitobi“ („oʻzgarishlar kitobi“) singari qismlardan iborat boʻlgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik taʼlimoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy taʼlimotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. „Toʻrt asos“ esa Konfutsiy „Hikmatlar“idan tashqari, „Menzi“ („Men-muallim“), „Buyuk taʼlimot“ va „Oraliq haqidagi taʼlimot“ sin-gari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli soʻzlaridan tashkil topgan. Konfutsiy taʼlimoti markazida „muruvvatli zot“ turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili boʻlib, Konfutsiy taʼlimoti yordamida oʻzida jamiyat farovonligini taʼminlay va maʼnaviy asoslarini ifodalay oladigan olijanob fazilatlarni shakllantirgan. Konfutsiy „Hikmatlar“i „muruwatli zot“ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi. Aniqroq aytsak, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruwatli boʻluvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va anʼanalarning toʻla-toʻkis bajarilishini taʼminlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning oʻgitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar eʼzozlanib va qadrlanib keladi.

Daosizm (dao soʻzidan) — 1) qad. xitoy falsafasidagi yoʻnalishlardan biri; dao haqidagi taʼlimot. Miloddan avvalgi 6—5-asr larda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning gʻoyalari "Dao de szin" kitobida bayon etilgan. D. vakillari — miloddan avvalgi 4— 3-asrlarda yashagan Yan Chju, In Ven, Chjuan-szi. D.ga koʻra, tabiat va inson hayoti "ilohiy samoviy qonun"ga bogʻliq emas, balki narsalarning tabiiy yoʻli, qonuni — "dao"ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, hayotning tabiiy qonunlari — "dao"ga rioya qilish insonga "oʻz tabiatini butunlikda saqlab qolishga" imkon beradi. D. dunyodagi hamma narsalarda qaramaqarshiliklar kurashi yotadi, ular oʻzgarishda, harakatda: "bir xil narsalar ketib, boshqa xil narsalar keladi, baʼzi narsalar gullaydi, baʼzilari soʻnadi", deb hisoblaydi. D. taʼlimotida insonga oʻzidagi majburiyat va burch kishanlarini uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin boʻlgan hayotga qaytish daʼvati bor.

2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan (konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda) biri. D. falsafiy taʼlimoti asosida paydo boʻlgan. 1—3-asrlarda vujudga kelgan. Chjan Daolin asos solgan (2-asr ning 1-yarmi). D. urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. D. dinida 3 xudo — Shandi, Laotszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-asrdan D. diniy taʼlimoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini boʻlib qolgan. 12-asrga kelib D.ning adabiyotlar toʻplami — "Dao szan" vujudga keldi. D. boshqa dinlar kabi koʻplab sektalarga ajralib ketgan. D. kohinlari shaxsning axloqiy oʻz-oʻzini takomillashtirish gʻoyasini targʻib qilib, dindorlarga uzoq umr koʻrishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va boshqa ni oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shugʻullanadi. Keyinchalik D. Xitoyda oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotib oʻrnini boshqa dinlarga boʻshatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.

Xitoyda, hozirgi kunda yahudiylik, xristianlik va Islomdan tashqari rasmiy ko‘rinishga ega bo‘lgan uchta din mavjud. Xitoyliklar tilida San Kiao (Uch din) deb nomlanuvchi bu dinlar; Konfutsiylik, Daosizm va Buddizmlardir. Konfutsiylik va Daoizm mahalliy va milliy, Buddizm esa tashqaridan kirib kelganlik va umuminsoniy xususiyatga ega. Xitoyda yuqorida zikr qilingan dinlardan avval ajdodlar ruxiga cheksiz hurmat, osmon va tabiat tangrilariga sig‘inish, kelajakdan xabar berish, muqaddas mavjudotlarga qurbonlik qilish va “Shang-ti” deb nomlanuvchi Ulug‘ Borliqqa e’tiqod qilish mavjud bo‘lgan. Xitoy xalqi diniy ta’limotida ajdodlar madaniyati-merosi juda muhim o‘rin tutadi. Xitoyliklarda “Osmon O‘g‘li” hisoblanuvchi imperator va oila raisi bo‘lmish otaga nisbatan itoat va hurmat-ehtirom ko‘rsatish odati mavjud.

Xitoyliklar e’tiborida kishining uylanmasdan yoki ortidan bir farzand qoldirmasdan hayotdan o‘tib ketishi katta gunoh va alamli azob, deb bilingan. Agar har qanday kimsa ortidan ajdodlar ruhiga sig‘inib yashovchi bir farzand qoldirmas ekan, u ma’nosiz va nursiz yashashga, hayotda hech qanday iz qoldirmasdan yashab o‘tishga majburdir.

Har bir oila, ajdodlar ruhini alohida bir himoyachi sifatida ko‘radi va uyning sharqiy burchagida ular uchun xos joy ajratadi. Har bir uyda, ustida ajdodlarning nomlari yozilgan lavhlarni ko‘rish mumkin. Oila boshlig‘i uyning asosiy xonasi yoki ajdodlar uchun ajratilgan burchagida turgan lavhlar oldida ularga oziq-ovqat, nazr kabi narsalarni taqdim qiladi. Unashtirish, oila qurish kabi muhim ishlar mana shu yerda amalga oshiriladi.

Hozirgi davrdagi ajdodlar madaniyati; lavhlar, janoza marosimi va qabr atrofida yig‘ilib qolgan. Janoza marosimlariga juda ham qattiq e’tibor beriladi. Qabrlar bahorda supirilib, u yerlarda qurbonliklar keltiriladi. (Bu narsa kuzda ham davom etadi). Qabrlar baraka keltirsin, degan maqsadda o‘liklar dalalarga ko‘miladi.

Xitoyliklarda ajdodlar ruhiga hurmatdan tashqari, ularni birlashtiruvchi boshqa bir jihat “Yin” va “Yang” asosidir. Bu asoslar, Xitoyning diniy urf-odatlarida ham ko‘zga tashlanadi. “Yin” salbiy, “Yang” esa ijobiy holatni ifodalaydi. Yer va osmon oralig‘ida vujudga keluvchi har bir voqea-hodisa bu ikki asosning jarayon etishidan kelib chiqadi, degan e’tiqod mavjud. “Yin” va “Yang” asoslarini xitoyliklar yaxshi va yomon, nur va zulmat, issiq va sovuq, erkak va ayol, yer va osmon kabi misollarda ishlatadilar. Olamning bir nizomda bardavom bo‘lishi uchun bu ikkisi juda ham muhim, deb bilinadi.

“Xitoyliklar aytishadiki: Barcha narsalar, shaxslar, ruhlar, tabiatdagi barcha moddiy va ma’naviy mavjudotlar borki; ikki kuchga va ikki xususiyatga egadirlar. Shunga “Yang” amalga oshiruvchi quvvat, ijobiy, asosiy va yuqori turuvchi bir kuch. “Ying” esa salbiy, amalga oshiriluvchi, qabul qiluvchi, ta’sirlanuvchi kuch sanaladi. Misol uchun; quyosh ko‘kdan yerga boqib, harorat beradi, uni yoritadi, nur sochadi. Yomg‘ir esa yerga yog‘adi, yerga jon ato etib, ko‘katlarga hayot bag‘ishlaydi. Nur va yomg‘irni yuboruvchi osmon “Yang”ga ega. Yomg‘irni, nurni va quyoshning issiq taftini qabul qilib oluvchi yer yuzi esa “Ying”ga ega. Yang -osmon- va Ying -yer-ning jamlanishidan bir mavjudlik va natija yuzaga kelmoqdaki, bu yashillik va ko‘katlardir.

Harakatdagi daryo “Yang”, rutubatni qabul qilib oluvchi sohil esa “Ying”. Daryoning qirg‘oqlaridagi yashilliklar va daraxtlar esa bu ikkisining natijasidir.

Barcha narsalar, hatto ruhlar, asliy va g‘aybiy mavjudotlarning hammasi “Yang” va “Ying”ga egadir. Farishtalar “Yang” jinlar esa “Ying”dir.

Bir insonning harakatlari ham shunaqa. Oyoqqa turish “Yang” bo‘lsa, o‘tirish “Ying” deb bilinadi. Mavjudot olamining barcha narsalari “Yang” va “Ying” kurashining maydonidir. Barcha shaxslar, moddiy olamdan naridagi barcha ruhlar, barcha harakatlar va hodisalar bu kurashning natijasi hisoblanadi. Bu ikkisi orasidagi kurashdan yangidan yangi narsalar vujudga keladi.”

Konfutsiy Tangri sifatida o‘zicha juda ham katta e’tiborga molik deb bilgan Ulug‘ Borliqni ifodalash uchun “Shang-ti” (Shangti-Changti: Yuqoridagi Hukmdor) bilan bir xil ma’noni bildiradigan “Tien” so‘zini tanlagan. Tien, Osmon Tangrisi demakdir. Xitoy urf-odatlarida osmon muhim o‘rin tutadi.

Konfutsiy tomonidan qurilgan Konfutsiylik; xitoyda olimlar, adiblar, byurakratlar, qirollar va imperatorlikning dini ham e’tirof etilgan. Bu din Duti (mil. avv. 140-87) davridan to 1912-yilgacha Xitoy davlatining rasmiy davlat dini deb e’lon qilingan. Imperator bosh rohib sifatida bu axloqiy-siyosiy madaniyatni, urf-odatlarni, diniy marosim va odatlarni davom ettirgan. Milodiy I-asrda Buddizmning Xitoyga kirib kelishi va milodiy II-asrga kelib Daosizmning shakllanishi, bu mintaqada ikki marta insonlar tomonidan din tanlanishi masalasini keltirib chiqargan. So‘nggi yetti yuz yil ichida Xitoyda rasmiy ko‘rinishga ega bo‘lib turgan “Uch din” (San Kiao), keng miqyosda xalq dini ham bo‘lgan.


Download 33,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish