A. KONFUTSIYNING HAYOTI (Mil. avv. 551-479)
Kung-Fu-Tzu (mil. avv. 551-479) bo‘lib, unga “Buyuk Murshid” Milliy dinlardan Konfutsiylikka bu nom, g‘arbliklar tomonidan berilgan. Xitoyliklar, Konfutsiylikka ergashganlarga “Ju-chiya” (adiblar) deyishadi.
Konfutsiy, Ustoz Kung ma’nosidagi Kung-Fu-Tzu (Kong-Fu-Tzu, Kong Fu-Tse) so‘zining lotincha shaklidir. Xitoyliklarda bu ism, Kung Chiu (Chung Ni) ko‘rinishidadir. Konfutsiy Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, Konfutsiylik dinining asoschisidir. Yin (Yin) Qirollik oilasiga mansub deb bilinsa-da, otasi va oilasi haqidagi ma’lumotlar keyingi manbalarga oid bo‘lib, unchalik ham ishonchli emas. Ularga ko‘ra Konfutsiyning bobosi o‘zi yashagan viloyatda voliy, otasi esa mohir harbiy va zobit bo‘lgan.
Konfutsiy Xitoyning hozirgi Lu shahrida tug‘ilib, uch yoshida otasini yo‘qotgan. Qisqa muddat onasining tarbiyasida qolarkan, qisqa muddatdan so‘ng u ham dunyodan o‘tadi. Yetim holda katta bo‘lishiga qaramasdan, ta’lim olishga nisbatan ishtiyoqi zo‘r bo‘lganligi sababli, yaxshi ta’lim-tarbiya olgan. 19 yoshida uylangan va ikkita farzandi (bir o‘g‘il, bir qizi) bo‘lgan. 20 yoshida shogirdlar yetishtira boshlagan. Metodi, o‘tib ketgan buyuk shaxsiyatlarning hikmatli so‘zlarini sharhlash bo‘lgan. Shon-shuhrati har tomonga yoyilib, o‘z atrofiga tarafdorlar yiqqan. Lu shahrida qisqa bir muddat ma’murlik ishlaridan keyin oila ahlini tashlab, o‘zi tashviqot qilgan ta’limotni amaliyotga joriy qiladigan bir xayrihoh hukmdor izlab, ko‘p yillar dunyo kezib yurgan. Vaholangki, uning ta’limoti o‘sha paytdagi siyosiy muhitga munosib emas edi... Garchi Konfutsiy podshohlar xizmatida bo‘lgan paytlarida o‘zining ba’zi islohotlarini amalga oshirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, ammo uning ko‘pchilik takliflari amaldorlar va hukmdorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan. Konfutsiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa, o‘z zamonasining kamchiliklari va aybu-nuqsonlari bo‘lgan.
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, hukmdorlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy an’ana va qadriyatlardan uzoqlashish – bularning hammasi Konfutsiyning keskin tanqidiy qarashlari yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan. U mavjud muammoni hal qilishda yangicha qarashlarga tayanish lozimligini anglab yetgan. Biroq u o‘z fikrlarining jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi uchun hamma e’tirof qilgan obro‘ga ega bo‘lish kerak, deb bilgan... Lekin maqsadi yo‘lida o‘zi hoxlagan va izlagan narsasini topaolmasdan ortiga qaytganida, u umrining ancha qismini yashab, qarib ulgurgan edi. Umrining oxirgi 5 yilini asar yozish, shogirdlar yetishtirish va olib kelgan ta’limotini o‘rgatish bilan o‘tkazgan. Uning eng muhim asari bu – Konfutsiylik bo‘lgan. Milliy dinning quruvchisi bo‘lishdan tashqari, tashkilotchi sifatida ham shuhrat qozongan. Suy-fu (Chiu-fu) da vafot etgan. O‘limidan keyin nomi har tomonda mashhur bo‘lib ketgan. Qabri, tarafdorlari uchun ziyoratgoh (haj) maskaniga aylangan. Uning nomiga ibodatxonalar qurilgan. 1912-yilgacha Xitoy Imperatorligi yilda ikki marta, bahor va kuzda, unga hadyalar va qurbonliklar taqdim qilib kelgan...
Konfutsiy o‘z hayotini quyidagicha muxtasar qiladi: “15 yoshda o‘zimni o‘rganishga bag‘ishladim. 30 yoshda irodamga ega chiqaoldim. 40 yoshimda shubhalarimdan qutildim. 50 yoshda Osmonning amrini o‘rgandim. 60 yoshda sezish orqali hamma narsani qamrab oldim. 70 yoshda to‘g‘ri bo‘lgan narsalarga zarar bermasdan, qalbimning barcha istaklariga javob bera oldim.”
Umri davomida Xitoyning “Qadim”ligini yuzaga chiqarishga va madaniyatini qayta jonlantirishga harakat qilgan Konfutsiy o‘zini, “Men, qadimgilarni sevuvchi va ularning bilimlarini qo‘lga kiritish uchun bor kuchini sarflovchi bir kimsaman”, ko‘rinishida ta’riflagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |