GЕOMORFOLOGIK XARITALAR. Yer yuzining relyefi, tashqi qiyofasi (shakli)ni kelib chiqishi, yoshi, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalish qonuniyatlarini ifodalaydi. Geomorfologiya ma'lumotlari orqali foydali qazilma konlarini (sochilma konlar) topishga, sanoat, fuqaro, gidroenergetik inshootlarini, avtomobil yo'llari va dengiz portlarini loyihalashda, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini to'liq tasvirlaydi.
GIDROGЕOLOGIK XARITALAR. Yer osti suvlarining sifati (ta'mi, hidi, chuqurligi, sho'rligi va boshqalar), yer yuzasidan pastdagi suvli qatlam havzasining suv berish xususiyatlari, zaxirasi, kimyoviy tarkibi, miqdori, manbai va joylashish sharoitlari, yer osti suvlarining turi (grunt, artezian, qatlamlararo, ariq va karst suvlari) aks ettiriladi. Gidrogeologik xaritalarda yer osti suvlarining xalq xo'jaligiga beradigan foydasi va zarari oydinlashtiriladi. Yer osti suvlarini qidirish, miqdorini aniqlash, sug'orish, sanoat korxonalari ehtiyojini qondirishdagi o'rni aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |