Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


-MA’RUZA. JOYDA CHIZIQ OLISH VA O‘LCHASH. O‘LCHASH XATOLARI NAZARIYASI



Download 5,77 Mb.
bet40/64
Sana03.04.2022
Hajmi5,77 Mb.
#526369
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Bog'liq
Geodeziya maruzalar matni

6-MA’RUZA. JOYDA CHIZIQ OLISH VA O‘LCHASH. O‘LCHASH XATOLARI NAZARIYASI.


Reja:


  1. CHiziq olish.

  2. CHiziq o‘lchash va qurollari.

  3. Qiya chiziqning gorizontal qo‘yilishini aniqlash.

  4. O‘lchash va uning turlari.

  5. O‘lchash xatolari va turlari.

  6. Xatolar qonuniyati.

  7. Teng aniqli o‘lchash.

  8. Teng aniqsiz o‘lchash.


Tayanch iboralar: chiziq olish, vexa, yog‘och va temir qoziq, stvor, tepalik orqali, jarlik orqali, to‘siqni yonlab, lentalar, sixcha, shtrixlar, ruletka, tesma, lentani komparlash, etalon, komparlash tuzatmasi, po‘lat lentaning kengayish koeffitsinti, joy kategoriyasi, chiziqning gorizontal qo‘yilishi, gorizontal qo‘yilishning tuzatmasi, gorizontal qo‘yilishni bavosita va bevosita o‘lchash, eklimetr, invar sim, shtativ, dlinnomer, teodolit, iplar to‘ri, dalnomer iplar. o‘lchash, o‘lchash natijasi, bevosita o‘lchash, bilvosta o‘lchash, zaruriy o‘lchash, ortiqcha o‘lchash, teng aniqli va teng aniqsiz o‘lchash, o‘lchash xatosi, haqiqiy xato, asbob xatosi, shaxsiy va sharoit xatosi, murakkab xato, qo‘pol xato, sistematik xato, tasodifiy xato, cheklilik, unimadol, simmetriklik, kompensatsiya xossalari, Gauss qonuniyati, normal tarqalish, arfmetik o‘rta miqdor prinsipi, ehtimoliy qiymat, o‘rta kvadratik, chekli, ehtimoliy, o‘rtacha xatolar, vazn, tenglash, bog‘lanmaslik, tuzatmalar.

CHiziq olish. Yer yuzasidagi nuqtalar o‘rni geodezik ishlarda vexa (ola tayoq) bilan belgilanadi; u diametri 3—6 sm, uzunligi 2—3 m li yog‘ochdan ishlanib, bir uchiga erga yaxshi qadash uchun metalldan ishlangan o‘tkir uchlik kiydiriladi. Vexa har 20 sm da oq-qora yoki oq-qizil bo‘yoqda bo‘yaladi.
Nuqtalar erga joyiga qarab uzunlikdagi eg‘och yoki temir qoziqlar bilan mahkamlanadi. CHiziq esa uning ikki uchiga o‘rnatilgan vexalar bilan belgilanadi. Joyda chiziq uzunligini o‘lchash uchun avval uni o‘lchashga tayyorlash kerak. Uzun chiziqlarni to‘g‘ri o‘lchash uchun ular bir necha bo‘lakka bo‘linib, vexalar bilan belgilanadi. Joyda bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tgan vertikal tekislikda (stvorda) yotuvchi nuqtalar o‘rnini belgilash chiziq olish deyiladi. CHiziq asosan ikki usul bilan olinadi:
1. Joyda berilgan A va V nuqtalardan o‘tgan stvorda yotuvchi S, D, E, . . . nuqtalar o‘rnini belgilash (12.1-shakl). Buning uchun s’yomkachi A nuqtada turib, A vexa orqali V dagi vexaga qaraydi va uning ko‘rsatishi bo‘yicha A vexa S ni, S vexa esa V ni bekitadigan kilib, yordamchi S ni o‘rnata-di.

12.1-shakl. 12.2-shakl.
Keyin vexalar bir-birini berkitadigan qilib D, E va boshqalar qo‘ydiriladi.
2. Joydagi AV chiziqni davom ettirish (12.2-shakl). Bunda s’yomkachining o‘zi ishchi yordamisiz ishlaydi. V nuqtadan AV davomida 40—50 m masofadagi S nuqtada turib, V va A nuqtalarni bekitadigan qilib S vexani, keyin xuddi shunday yo‘l bilan D va E vexalarni o‘rnatadiki, bu vexalar bir stvorda yotadi. CHiziq olishda vexalarni o‘rnatish tartibi 12.1- va 2-shakllardagi harflar tartibiga mos bo‘ladi.
CHiziq tepalik va jarlikdan o‘tganda ham yuqoridagi ikki usuldan foydalanib chiziq olish mumkin.
Tepalik orqali chiziq olish. A va V nuqtalar orasida tepalik bo‘lib, nuqtaning biri ikkinchisidan ko‘rinmasin; tepada shu nuqtalar orasida A va V nuqtalardan o‘tadigan stvorda yotuvchi bir necha nuqta belgilash kerak bo‘lsin. Bu masala tepalardan yo‘l o‘tkazishda ko‘p uchraydi. Bunday vaqtda s’yomkachi tepada turib A va V nuqtalar stvorida yotgan ixtiyoriy S nuqtani belgilaydi; keyin bir ishchini vexa bilan SA yo‘nalishi tomon yuborib, D nuqtaga vexa qo‘ydiradi; ikkinchi ishchi SV tomon yurib, s’yomkachi ko‘rsatishi bo‘yicha E nuqtaga vexa qo‘yadi. D va E nuqtalar shunday olinadiki, D dan E, S va A, E dan esa V, S va D ko‘rinsin. Bular 12.3 a-shakldagi profilda yaqqol ko‘rinib turibdi. S nuqta taxminiy olinganidan S, D va E lar AV stvorida yotmasligi mumkin. Buni 13.3-shaklning b qismida ko‘raylik; a, v, s, d va e lar joydagi A, V, S, D va E larning plandagi proeksiyalari bo‘lsin. Agar S nuqta AV stvorida olinmasa, d dan e ga qaraganda s chetda qoladi. d dagi ishchi ko‘rsatishi bo‘yicha s’yomkachi s dan s1 ga o‘tadi; s1 dan a va v ga qarab, d va e dagi ishchilar d1 va e1 ga o‘tkaziladi.
d1 dan e1 ga qarab, s’yomkachi s1 dan s2 ga ko‘chiriladi. SHu ish davom ettirilsa, oxirida dn, sp va ep nuqtalar chiqadi; sp dan qaraganda sp dn a va sp ep b stvorlari hosil bo‘ladi. dn dan ep ga qaraganda dn cn ep stvori hosil bo‘ladi, ya’ni dn cn kesma dn cn ep stvorida va adn sp stvorida yotadi; xuddi shunga o‘xshash sp ep kesma ham sp ep v va dn cn ep stvorida yotadi. Bu ko‘rsatadiki, adn cn ep v lar, ya’ni ikkinchi so‘z bilan aytganda ADCE va V lar bir stvorda yotadi.


12.3-shakl.
Jarlik orqali chiziq olish. Berilgan A va V nuqtalar orasida jarlik bo‘lsa, jarlik tagida AV stvorida S, E, D kabi nuqtalar o‘rnini aniqlash kerak deylik. Bu masala ko‘proq ko‘prik, akveduk kabi inshootlar qurishda uchraydi.

12.4-shakl. 12.5-shakl.
Bu yuqoridagi ikki usuldan foydalanib quyidagicha ishlanadi. A dan V ga qarab (12.4-shakl) S vexa o‘rnatiladi. Keyin SV stvori orqali D vexa o‘rnatiladi. DA orqali E o‘rnatiladi. Qarash chiziqlari strelka bilan ko‘rsatilgan.
To‘siqni yonlab chiziq olish. Berilgan A va V nuqtalar orasida to‘siq (bino, o‘rmon va boshqalar) (12.5-shakl) bo‘lib, A dan V ko‘rinmasa AV stvorida to‘siqning ikki yonida yotuvchi M va N nuqtalar o‘rnini topish uchun quyidagicha ishlanadi. To‘siqni yonlab, AS chiziq olinadi, V nuqtadan AS ga perpendikulyar VS tushiriladi. Keyin VS=v, AS=a o‘lchanadi. AS chiziqda to‘siq chap va o‘ng tomonida E va D nuqtalar ixtiyoriy olinib, E va D dan AS ga perpendikulyar chiqariladi; AE=e va AD=d o‘lchanadi, AV stvorining E va D dan chiqqan perpendikulyarlar bilan kesishgan nuqtalarini M va N desak to‘g‘ri burchakli uchburchakliklar AEM va ASV hamda ADN va ASV ning o‘xshashligidan quyidagilarni yozamiz (EM=x1; DN=x2 desak):
yoki ; ; yoki
bo‘ladi. Keyin a, v, e va d larning o‘lchangan qiymatlarini o‘rinlariga qo‘ysak x1, x2 qiymatlari topiladi. Keyin E dan x1 ning, D dan x2 ning qiymatini perpendikulyarlar bo‘yicha o‘lchab qo‘ysak AV stvorida yotuvchi to‘siqning ikki yonidagi M va N nuqtalar topiladi.
Joyda perpendikulyar chiqarish va tushirish uchun eker nomli asbobdan foydalaniladi.

Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish