Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti


Axborot texnologiyani,ishlab chiqarishda va texnikadagi o’rni



Download 0,68 Mb.
bet5/16
Sana02.02.2023
Hajmi0,68 Mb.
#907087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
komiljon kurs ishi

1.2 Axborot texnologiyani,ishlab chiqarishda va texnikadagi o’rni
Birinchi yo’nalish - axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng ilmiy-ommaviy sohadir. Ikkinchi yo’nalish ma’lumotlarini qayta ishlash bo’yicha har xil amaliy vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik vositalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkonini beradigan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini o’z ichiga olgan dasturlashtirishdir. Bu yo’nalishga algoritmlashtirish tillari nazariyasi, ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, qidirish va qayta ishlash nazariyasi, tizimli hamda amaliy dasturlashtirish nazariyasi kiradi. Axborot tizimini yaratishda ikkinchi yo’nalishni umumiy va amaliy dasturiy ta’minot deb atash qabul qilingan. Uchinchi yo’nalish – avtomatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal etish modellari, algoritmlar tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir. Informatika 1960 yillarda Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatic so’zidan kelib chikqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Frantsuzcha informatique (informatika) so’zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to’g’ri keladi. Uning paydo bo’lishi 1970 yillar o’rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. SHu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog’lanadi.Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo’la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin ob’ektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o’z-o’zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o’xshash bo’lsa ham, lekin: informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalar xususiyatlariga asoslanadi; kibernetika esa — ob’ektlar modellarining kontseptsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotdan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi. Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog’liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o’zida namoyon etadi. Informatikani tor ma’noda o’zaro aloqador uch qism — texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O’z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo’yicha turli jihatlardan: xalq xo’jaligi tarmog’i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko’rib chiqish mumkin Informatika xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi. Informatikaning ishlab chiqarish tarmog’i sifatidagi o’ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko’p jihatdan unga bog’liqdir. Bundan tashqari, bu tarmoqlar me’yorida rivojlanishi uchun informatikaning o’zida mehnat samaradorligi ancha yuqori sur’atlarda o’sib borishi lozim, chunki hozirgi davrda jamiyatda axborot ko’proq so’nggi iste’mol predmeti sifatida namoyon bo’lmokda: odamlarga dunyoda ro’y berayotgan voqealar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot zarur. Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. SHunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Evropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof muhit informatikasi, professional axborot tizimlari.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish