IKKILAMCHI ASBOBLAR
Boshqarishning turli darajalarini avtomatlashtirish tizimlarida axborotni akslantirish vositalari birlamchi, ikkilamchi va ichiga o‘rnatilgan o‘z- gartgichlar bilan birgalikda ishlaydigan analogli ko‘rsatuvchi-qayd qiluvchi va raqamli ko‘rsatuvchi ikkilamchi asboblar boiadi. Analogli ikkilamchi asboblar ishlatishda oddiyligi uchun, nisbatan arzonligi, yetarlicha aniqligi, ko‘p funksionalligi, ergonomik afzalliklari uchun keng tarqaldi. Ergonomik afzalligiga, xususan parametrlarning o‘zgarish tezligi diagrammasiga ko‘ra baholashning ko‘rsatmaliligi tegishlidir. Qayd qiluvchi analogli ikkilamchi asboblar ham xo'jalik hisobini hisobga olishda, hisobot tizimida, avtomatik rostlash tizimlarini sozlashda tez o‘zgaruvchi parametrlarni qayd qilish uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda KS turidagi bir xillashtirilgan asboblarni yanada zamonaviy mikroelement asosli, jumladan, DISK-250 va RP160 oichov asboblari bilan asta-sekin almashtirilmoqda. DISK-250 turidagi avtomatik asboblar tok kuchini va o‘zgarmas tok kuchlanishini oichash uchun, shuningdek, tok yoki kuchlanishning bir
xillashtirilgan signallariga almashtirilgan boshqa noelektrik kattaliklarni o‘lchash uchun moijallangan. DISK-250 turli texnologik kattaliklarni diagrammali diskda uzluksiz o‘zgartiradi va qayd qiladi. Kirish signalini (50m, 100m, ЮР, 50P, 100P, XK, XA, PR) bir xillashtirilgan chiqish signali 0—5 yoki 4—20 mA ga o‘zgartiradi; releli chiqishli ikki pozitsiyali signal (kam-ko‘p); kontaktsiz yoki releli chiqishli uch pozitsiyali rostlash (kam — normal — ko‘p); datchikning uzilganligi indikatsiyasi, asbobni ulash va rostlovchi, signal beruvchi quril- malarning holati nazorat qilinadi. Asosiy xatolik chegarasi ±0,5% (qayd qilishga ko‘ra ± 1%). DISK-250 ning ishlashiga elektromexanik kuzatuv muvozanatlashish prinsipi asos qilib olindi. Datchikdan kela-yotgan kirish signali oldindan kuchaytiriladi va shundan so‘nggina kompensatsiyalovchi element (reoxord) signali bilan muvozanatlashtiriladi. Ishlash prinsipi 8.15-rasmdagi struktura sxema asosida izohlanadi. D datchikdan chiqayotgan kirish signali KQ kirish qurilmasiga keladi, bu yerda keyinchalik ishlov berish qulay boiishi uchun oichashning quyi chegarasi bo‘yicha normallashtiriladi. Bundan tashqari, kirish qurilmasi qarshilik termoo‘zgartgichlarini va termoelektrik o‘zgartgichlarning sovuq qotishmalar termo EYKini oichashda harorat kompensatsiyasi mis rezistori ta’minoti uchun tok manbaiga ega. Keyin kirish signali bikir, manfiy, teskari aloqali ТАК kuchaytirgichga keladi, u yerda oichashning yuqori chegarasi bo‘yicha normallashadi. Shunday qilib, ТАК ning chiqishidan oichashning quyi va yuqori chegaralari bo‘yicha normallashgan signal olinadi (kirish signallari oichashning quyidan yuqori chegaralarigacha o‘zgarganda, ТАК kuchaytirgichning chiqish signali DISK-250 asboblarida — 0,5 dan — 8,5 V gacha chegarada o‘zgaradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |