III.Yangi mavzu bayoni: Imperator Konstantinzamonida milodiy 330-уili Rim imperiyasining poytaxti deb Bosfor bo’g’ozidagi Vizantiy shahri e’lon qilindi. Imperatorning buyrug’i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shahar qurildi, Rim, Afina va Korinfdan keltirilgan haykallar va kollonnalar o’rnatildi. Shahar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshladi. Ulkan imperiyani Konstantinopoldan turib boshqarish mushkul edi. Imperator Feodesiy zamonida milodiy 395-уili Rim imperiyasi uning ikki o’g’li o’rtasida G’arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi. Sharqiy Rim imperiyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlandi, Garbiy Rim imperiyasi alohida davlatlarga parchalana boshladi. Milodiy III asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi. Imperatorni endilikda armiya saylar, armiyaning o’zida ham turli guruhlar o’rtasida kurash borar edi. Imperator Trayan davridan boshlab rimliklar bosqinchilik urushlari olib bormadilar. Ayni mahalda imperiya chegaralarining shimoli g’arb tarafidan ko’chmanchi qabilalar paydo bo’ldilar. Rimliklar ularga "varvarlar" degan laqab berishgan va chegarada katta armiya saqlab turishga majbur edilar. Avval yunonlar tillari o’zlari uchun tushunarli bo’lmagan barcha qabilalar va xalqlarni "varvarlar" deb atashgan. Rimliklar esa, ularning fikricha, madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni shunday nomlashgan. Milodiy IV - V asrlarda butun Rim imperiуasining qullar va kolonlar qo’zg’olonlari qamrab oldi. Yerlarni va mo’l-ko’l o’ljalarni qo’lga kiritish maqsadini ko’zlagan "varvarlar"ning imperiyaga hujumlari ham kuchayib bordi. Bu davr 150 yildan ko’proq davom etdi. Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurhab oldilar. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaharga yopirilib kirdilar. Gotlar haykallarni yo’q qilib, bebaho kitoblarni yondirgancha roppa-rosa uch kun Rimni taladilar. Talon-taroj qilingan Rim shahri huvillab qoldi. Germanlar savodsiz bo’lib, hech mahal teatrlar, kutubxonalar va hammomlarga borishmagan edi. Rim imperiyasi sarhadiga kirganlaridan keyin Rim imoratlari, arxitekturasi va haykallari go’zalligi va ulug’vorligini munosib baholay olishmasdi. Bularning barini shafqatsizlarcha yo’q qilib tashladilar. Germanlar qo’rg’onchalarini o’rab turgan devorlarni mustahkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxonalari binolaridan tosh taxtalarni ko’chirib olib ketadilar. Kitoblar, haykallar va boshqa san’at asarlari ham nobud bo’ldi. Gotlarning Rimni ishg’ol etishi imperiya aholisini larzaga soldi. Yuz уillar davomida rimliklar o’zlarining barcha raqiblari ustidan g’alaba qozonishgan, O’rtayer dengizi bo’ylaridagi barcha mamlakatlarni zabt etishgan, o’zlarini esa jahon hukmdori hisoblar edilar. Rimni esa ‘Boqiу shahar" deya ta’riflashgan. Go’yo rimliklar qudratining so’ngi yo’qdek tuyulardi. Qarangki, butun jahondan keltirilgan durdonalar xazinasi dag’al va qo’pol qabilalar o’ljasiga aylandi. Rim qulashi haqida o’sha zamon tarixchisi nadomat bilan shunday yozgan edi: "Butun Yer yuzini bo’ysundirgan jahon shamchirog’i ham so’ndi".
Rim aholisining ko’pchiligi Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jahon nest-nobud bo’lib ketishiga ishonar edi. Ammo dunyo halok bo’lmadi. Alarix ham o’ldi, biroq Rimning undan dahshatliroq dushmani - Attilaboshchiligida xunn qabilalari paydo bo’ldi. Attila Sharqiy Rim imperiyasiga
hujum uyushtira boshladi. Milodiy 452-yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar. Milodiy 455-yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi, ular ikki hafta davomida shaharni taladilar. Vandallar o’zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani nobud qildilar. Milodiy 476-yilda imperator saroyi qo’riqchilari qo’mondoni so’nggi imperator Romulnisaroydan haydab yubordi, hukmdor tojini Konstantinopolga jo’natdi. Sobiq G’arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini german qabilalari egallab oldidar. Shu tariqa, milodiy 476-уil G’arbiy Rim imperiyasining qulashi va Qadimgi dunyo tarixi yakunlanishi sanasi sifatida tarixga kirdi. Endi O’rta asrlar tarixi eshik qoqqancha ostonada turar edi.