Kompetensiyalar



Download 1,72 Mb.
bet168/177
Sana01.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#624814
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   177
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2)

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish: O’tgan mavzu jadvalli test asosida so’raladi:




xunnlar

Romul

Feodosiy

vandallar

Attila

Konstantin

Alarix

varvar

Trayan

Konstantinopol

1.Uning vafotidan keyin imperiya ikkiga bo’lindi.







+






















2.Uning davrida imperiya poytaxti Vizantiya bo’lgan
















+













3.U 410-yil Rimga hujum qildi



















+










4.Yunonlar o’zlari uchun tushunarsiz tilda gaplashganlarni shunday nomlaganlar






















+







5. U Vizantiyadagi eski binolarni buzdirgan
















+













6. Tunda bu sarkardaga qullar Rim darvozasini ochib berishgan



















+










7.Rimliklar nazarida madaniy taraqqiyotda past pog’onada bo’lgan xalq






















+







8.So’nggi Rim imperatori




+

























9.So’nggi imperator toji yuborilgan joy




























+

10. 455-yil Rimga bostirib kirgan qabila










+



















11.452-yil Rimga bostirib kirgan sarkarda













+
















12.Attilaning qabilasi

+




























13. 395-yil vafot etgan imperator







+






















14. Bosqinchilik urushlarini olib borgan imperator

























+




15. 452-yil Rimga bostirib kirgan qabila

+




























16. Vizantiyaning keyingi nomi




























+



III.Yangi mavzu bayoni:
Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o’zgarishlar ro’y berdi. Rimlik zodagonlar bo’lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo’jalikda qullar ham unchalik ko’p emasdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag’rida tomoshabog’lar va chorbog’lar ko’p, havo esa tep-tekis joylardagiga qaraganda sog’lom­roq va tozaroq bo’lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar.
Badavlat bo’lmagan rimliklar tepaliklar o’rtasidagi tekis joylar­da yashar edilar. Bu yerlarda ko’chalar tor va iflos bo’lgan: axlatni ham to’g’ri ko’chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi, chunki Italiyaning to’rt tomonidan xonavayron bo’lgan dehqonlar poytaxtga ko’chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir burchakni yoki xonani ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinapoyalar tagida, zax va nimqorong’i yerto’lalarda yoki ochiqdan ochiq shahar ko’chalarida tunar edilar.
Rimlik imperator­lar poytaxt aholisi uchun "termalar" deb atalgan ko’rkam ham­momlar qurdirgan edilar (yunoncha "issiq" so’zidan, "termos" so’zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to’lov evaziga har bir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega bo’lgan. Bu yerda suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlik koptok o’yini bilan shug’ullanish imkoniyati bo’lgan sport zallari mavjud edi. Termlar qoshida ta’lim olish va fanlar bilan shug’ullanish uchun kutubxona ham bo’lgan.
Madaniyatning asosiy belgisi bo’lgan ta’lim Rimda o’ziga xos edi. Bolalarning maktabda ta’lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to’lash imkoniyatlariga bog’liq bo’lgan. Kambag’al rimliklarning farzandlari xo’jalik ishlarida ota­ onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o’qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdaп maktabga qatnar edilar. Yozuvni o’rganayotgan bolalar stil degan metall tayoqcha bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga qitirlatib, o’yib yozardilar.
O’qish, yozish va hisoblashni o’rganganidan keyin ko’pchilik ta’lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o’rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o’qitilardi. Yunon tilini o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan, chunki fanning turli tar­moqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo’lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani - chiroyli so’zlasni o’zlashtirgan.
Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfi­teatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxo­nalar, saroylar, triumfal arklar va ko’p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o’rab turardi.
Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan imoratlar rang ­barangligi va muhtashamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko’p shahar edi. O’sha kezlarda hatto shunday bir maqol to’qilgandi: "Barcha yo’llar Rimga boradi". Minglab qullar o’rmonlar, tog’lar va botqoqlar orqali yo’llar o’tkazdilar. Yo’llar bilan bir qatorda Rim vodoprovod – suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Vodoprovodlar nishablik asosida qurilgan bo’lib, tog’dagi bu­loqlardan suvning o’zi oqib kelar edi. Vodoprovod quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o’tkazish uchun akveduklar ­- yuqori qismidan anhorlar o’tkazilgan ko’priklar qurilgan.
Ulkan ko’priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tu­shar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materia­li bo’lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g’ishtdan ikki­ta ingichka devor tiklashgan, ular o’rtasidagi bo’shliqni esa beton bilan to’ldirishgan" Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo’lib qolgan. Beton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi.
O’n minglab tomoshabinlarni sig’diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo’lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chu­qur bir joyda sahnani suvga to’ldirish imkonini beruvchi mosla­ma qurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo’lmish Kolizey o’tmishdagi ulug’vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan.
Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo’ldi. Rimdagi Panteon shu taxlitda qurilgan (yunonchadan “barcha xudolar ibodatxonasi" ma’nosini anglatadi). Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi Pan­teonga kelib o’zi e’tiqod qo’ygan xudoga sig’inish imkoniga ega bo’lgan: misrlik - Osirisga, yunon - Zevsga, rimlik – ­Yupiterga ibodat qilar edi. Buyuk g’alabalarni nishonlash uchun muhtasham triumfal arkalar barpo etilgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish