IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzuni ”Venn” diagrammasi va ”Klaster” orqali mustahkamlaymiz:
V.Dars yakunlarini chiqarish.
O`quvchilarda paydo bo`lgan savollarga javob beriladi.
O`qituvchi mavzuga yakun yasaydi.
O`quvchilar baholanadi.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2.Darslikdagi”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.
3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish
4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.
26.IV.2018.
VI ”A”, “B”
TARIX
59-dars
Darsning mavzusi: Rimda Respublikaning qulashi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga Rimda Respublikaning qulashi haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy: Ularda siyosiy tuzumlar, ularning o’zaro farqi haqida tushuncha hosil qilish
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tarixiy xotirasi, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: savol-javob, bahs-munozara, test, guruhlar ishi
Dars jihozi: darslik, bukletlar, xarita, elektron darslik
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish:
1. Rimdagi gladiatorlar jangi o‘tkaziladigan eng katta amfiteatr – Kolizeyga qancha tomoshabin joylashgan?
A) 17 ming B) 50 ming C) 35 ming D) 70 ming
2. Spartak qo‘zg‘olonining boshlanishidan 30 yil o‘tgach …
A) Senatdagi majlis vaqtida fitnachilar Yuliy Sezarni o‘ldirishdi
B) Krass Parfiya hukmdori Orod bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi
C) Rimda “Uchlar ittifoqi” – Sezar, Pompey va Krass o‘rtasida ittifoq tuzildi
D) Yuliy Sezar Rim taxtini egalladi
3.Qadimgi Rim tarixiga oid voqealar qaysi javobda xronologik jihatdan ketma-ket berilgan?
A) Spartak qo‘zg‘olonining boshlanishi, Yuliy Sezar o‘limi, Karfagenning rimliklar tomonidan yondirilishi
B) Oktavianning Avgust laqabini olishi, Antoniyning o‘limi, Krass va Parfiya shohi Orod o‘rtasidagi jang.
C) Rim davlatining tashkil topishi, Rimda respublika tizimining o‘rnatilishi, Rimda harbiy hokimiyatning kuchayishi
D) Puni urushlarining boshlanishi, Rimda 12 jadval qonunining qabul qilinishi, Spartak qo‘zg‘olonining bostirilishi
4. Qadimgi Rimda mayda yer ijarachilari nima deb nomlangan?
A) kolon B) italik C) furiya D) zakupchi
5. Spartak qo‘zg‘oloni bostirilgach, 6 mingdan ziyod asir olingan qullar qaysi shaharlar oralig‘idagi yo‘l bo‘ylab xochlarga tortilgan edi?
A) Rim – Karfagen B) Kapuya – Frakiya C) Sirakuza – Aitsiliya D) Rim – Kapuya
Do'stlaringiz bilan baham: |