Kompetensiyalar



Download 1,72 Mb.
bet163/177
Sana01.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#624814
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2)

III.Yangi mavzu bayoni:
Qullar qo‘zg‘olonlari quldorlarni qattiq qo‘rquvga solib qo‘ydi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo‘lmish harbiy diktatura o‘rnatilishi zarurligi to‘g‘risidagi masala ko‘ndalang turar edi. Senatorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni ta’minlay olmas edilar. Mil. avv. I asrda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. Yollanma askarlarni Rimning harbiy kuch-qudrati va davlatning kuchayishi emas, faqat o‘lja qiziqtirardi. Yollanma askarlar uchun kimlar bilan jang qi lish yoki kimlarni talashning farqi bo‘lmagan. Rimda esa davlat boshlig‘i bo‘lishni xohlovchi bir qancha sarkardalar bor edi. Spartak qo‘zg‘oloni bostirilib, tor-mor etilganidan keyin Krass va Pompey hokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordilar. Ammo Rim davlati olib borayotgan urushlardan birida Krass halok bo‘ladi. Endi Pompey uchun birdan-bir xavfl i raqib Yuliy Sezar bo‘lib qoldi. Galliya urushlaridagi g‘alabalar tufayli Sezarning nufuzi va obro‘yi ancha ortgandi.
Yuliy Sezar mil. avv. 49-yilda Galliyadagi zafarli urushdan keyin Rimga qaytayotganida Rubikon daryosidan kechib o‘tar ekan, yakka hokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi. Sezar o‘shanda o‘zinig mashhur: «Qur’a tashlandi!» iborasini aytgan. Rim aholisining qo‘llab-quvatlashi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Pompeyning qo‘shinlari Ispaniyada edi. Sezar g‘alaba qozondi. U Rim imperatori va diktatori – cheklanmagan hokimiyatga ega hukmdoriga aylandi. Sezarning xohish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga ega bo‘ldi. Bu hol uzoq davom etmadi. Sezarning cheklanmagan hokimiyatidan norozi bo‘lgan senatorlar fi tna uyushtirdilar. Ular Sezarni o‘ldirishga va Senatning burungi mavqeini qaytarishga ahd qildilar. Fitnaga Sezarning yaqin do‘stlaridan bo‘lmish Brut boshchilik qildi. Senatdagi majlis paytida fi tnachilar Sezarni qurshab oldilar va unga xanjarlar bilan zarba bera boshladilar. Sezar shu yerning o‘zida halok bo‘ladi. Mil. avv. 44-yilda Yuliy Sezar hukmronligi tugadi. Ammo uning o‘limi respublika qayta tiklanishiga olib kelmadi. Sarkardalar o‘rtasida kurash avj oldi va bu fuqarolar urushiga aylanib ketdi.
Sezar o‘ldirilganidan ke yin Brut respublikani qayta tiklashga urinib ko‘radi. Biroq hamma senatorlar ham avvalgi tartibotlarga qaytish- ni istamasdi. Ular ning ko‘pchiligi o‘z boyligini Sezar hukmron ligi davrida qo‘lga kiritgan edi. Brut va uning ta rafdorlari Yunonistonga qochib ketishga maj bur bo‘ladilar.
Ayni paytda Rimda Sezarning jiyani Oktavian paydo bo‘ldi. U Brut va unung tarafdorlariga qarshi kurash boshladi. Shimoliy Yunonistonda Brut ham qo‘shin to‘p lab, Rimga jiddiy xavf sola boshladi. Ammo Ok tavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va Brut boshliq respublika tarafdorlarini tor-mor
etadi. Shundan keyin Oktavian Rim davlatining G‘arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o‘z qo‘liga oladi. Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanadi. Nikoh sovg‘asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini (viloyatlarini) beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo‘ladi. Mil. avv. 31-yilda Yunoniston qirg‘oqlaridaAntoniy va Oktavian fl otlari o‘rtasida jang bo‘ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga qochadilar. Armiya va fl ot Oktavianga taslim bo‘ladi. Keyingi yili Oktavian qo‘shin bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o‘z-o‘zini o‘ldiradi, Misr esa Rim davlati provinsiyasiga aylanadi. Shu tariqa Oktavian butun Rim imperiyasining yakka hukmdori bo‘lib oladi. Mil. avv. 29-yilda Oktavian Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini oladi. U Rim imperiyasining asoschisiga aylanib, bir qator islohotlar o‘tkazdi. Imperator keng ko‘lamda qurilish ishlari olib bordi. Uning davrida
Rimda ko‘plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi. Oktavian Avgust vafotidan so‘ng uning vorislari Kaligula va Neron hukmronligi davrida imperiyada inqiroz boshlandi. Faqat milodiy II asrning boshlarida Rimning kuchqudrati qayta tiklandi. Bu asr Rim imperiyasining «oltin asri» degan nom olgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish