17
Oddiy sharoitlarda moddalar o‘zining
alangalanish harorati
ga yetib bermagunicha
yonmaydi. Agar harorat ushbu darajadan past bo‘lsa, moddaning kislorod bilan birikishi juda
sekin kechadi. Bunday birikish jarayonida juda ham sezilarsiz, oz miqdordagi issiqlik ajralib
chiqadi. Agar modda kislorod bilan birikish jarayonida hosil bo‘layotgan
issiqlikni atrof-
muhitga tarqatmasa, bu issiqlik moddaning o‘zida yig‘ilib boradi. Masalan, moyga botirilgan
latta-puttalar bilan shu hol sodir bo‘ladi. Unda kunlar va haftalar mobaynida shu issiqlik
to‘planib borib, oxir-oqibat alangalanish haroratiga yetib boradi va
o‘z-o‘zidan yonib
ketadi
(chunki, olov o‘zidan-o‘zi hosil bo‘ladi). Bu juda xavfli va qaltis holatdir. Shu sababli, bunday
moddalarga xushyor bo‘lish zarur.
Bizning hayotimiz ham, iste’mol qilingan ovqatning organizm
ichida yonishi bilan
bog‘liqdir. Bunday yonish bizga issiqlik va energiya beradi. U orqali biz xatti-harakatlarimizni
bajarishga yetarli quvvat olamiz. Organizm ichida ozuqa moddalarning yonishiga yordam
beruvchi kislorodsiz odam 5 daqiqa ham yashay olmaydi. Tiriklik uchun albatta havo kerak
deganda, havo tarkibidagi aynan kislorodni nazarda tutiladi. Shu sababli ham kislorodsiz
muhitda yashashning imkoni yo‘q. Agar kislorodi chiqarib tashlangan
havo muhitdan nafas
olsangiz, bir lahzadayoq dimiqib qolasiz. Tinch holatda turganda o‘rtacha odam bir soatda
taxminan 20 litr atrofida kislorod yutadi. Agar odam faol harakatda bo‘lsa, ya’ni, masalan,
sport bilan shug‘ullanayotganda bundan ham ko‘proq kislorod yutadi.
Hatto butun hayoti havosiz muhitda, ya’ni, suvda o‘tadigan jonivorlar, xususan, baliqlar
ham kislorod bilan nafas oladi. Baliqlar «suv bilan» nafas oladi. Suvda doimo ma’lum
miqdorda erigan kislorod mavjud bo‘ladi. Baliqlar jabrasi yordamida suvdagi o‘sha kislorodni
ajratib oladi va qon-tomirlari orqali butun tanasiga yuboradi. Agar suvda erigan kislorod
mavjud bo‘lmasa, baliqlar ham cho‘kib ketgan bo‘lardi
.
Odamlarda o‘pkalar orqali havodan kislorod qabul qilish jarayonini qiyinlashtiruvchi
ayrim kasalliklar uchrab turadi. Bunday odamlarga ba’zan vrachlar sof kislorod berish bilan
yordam ko‘rsatishadi. Yurak-qon-tomir kasalliklarida ham bemorlarga kislorod niqoblari bilan
yordam beriladi. Bunday holatda qonga odatdagidan ko‘proq kislorod yetib boradi va butun
tana bo‘ylab qonni haydab berayotgan yurakka kuchlanish kamroq keladi.
Sof kislorodni maxsus metall ballonlarda bosim ostida saqlanadi. Bunday ballonlarga
oddiy atmosfera bosimi ostida to‘ldirilgan kisloroddan ko‘ra 135 barobargacha ko‘proq
kislorod sig‘dirish mumkin. Bunday ballonning og‘zini birdaniga
katta ochib yuborilsa,
ichkaridagi ulkan bosim ostidagi gaz shiddatli kuch bilan tashqariga chiqa boshlaydi. Bu xuddi
raketaning ortidan gazlarning otilib chiqishi va raketani osmonga itarishiga o‘xshaydi.
Bunday
holat gaz ballonlardan foydalanayotgan odamlar uchun juda xavflidir. Chunki, ballon tartibsiz
uchib ketib, odamga shikast yetkazishi mumkin. Shu sababli, ichida
katta bosim ostida gaz
saqlanadigan ballonlarning hammasi chiqish og‘zida gazni sekinlashtirib chiqaruvchi maxsus
uskuna – reduktor bilan jihozlanadi.
Kislorod bilan ishlashda juda xushyor bo‘lish kerak. Yaqin atrofda ochiq olov
bo‘lmasligi, uchqun chiqaradigan narsalar va harakatlar bo‘lmasligi, hamda, oson
18
alangalanadigan moddalar bo‘lmasligi shart! Albatta, kislorod o‘zi o‘z-o‘zidan yonib
ketmaydi. Lekin, u boshqa moddalarning shiddat bilan yonib ketishiga kuchli yordam beradi.
Ballonlarni to‘ldiriladigan sof kislorod qayerdan olinadi? Kislorod olish usullaridan biri
– uni nisbatan erkin holda bo‘ladigan turli birikmalar tarkibidan ajratib olishdir. Bunday
moddalarni qizdirilganda, kislorod atomlari ajralib chiqadi va gazsimon kislorod ko‘rinishida
to‘plab olinadi. Yig‘ib olingan kislorodni quvurlar orqali yo‘naltirib, biror ichida suv
saqlanayotgan germetik idishga to‘plash mumkin. Bunday idishga kislorod to‘planib borishi
bilan undagi suvni siqib chiqara boshlaydi. Suv butunlay qolmagach, demak, ichkarida faqat
toza kislorod qolgan bo‘ladi.
1772-yilda avvaliga shved kimyogari Karl Sheele va keyinroq, 1774-yilda
ingliz
kimyogari Jozef Pristli bir-biridan mustaqil holda, xuddi shu usul bilan tarixda birinchi marta
toza kislorod olishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Ularning ikkalasi ham, yig‘ib olingan bu gaz
oddiy havodan farqli ekanini darhol anglashgan. Sheele bu gazni «
Do'stlaringiz bilan baham: