16
Albatta, gazlarning vazni suyuqlik va qattiq moddalarnikiga nisbatan juda yengil
bo‘ladi. Masalan, suvning bir litri taxminan 900 gramm atrofidagi og‘irlikka ega bo‘ladi.
Havoning bir litri esa sovuq kunda ham atiga 1,4 grammdan ko‘p bo‘lmaydi. Hajm
kattalashgan sari havoning vazni ham ortib boradi albatta. Masalan, 3×5×2 o‘lchamdagi
chog‘roq xonadagi havo vazni taxminan 65 kg keladi.
Biz Yer sayyorasi sirtida yashar ekanmiz, uni tashqi tomondan o‘rab turuvchi havo
qatlami – Yer atmosferasining eng tubida yurgan bo‘lamiz. Yer atmosferasi esa dengiz sathidan
bir necha km yuqori balandlikka cho‘ziladi. Bizning ustimizdan bosib turgan havoning og‘irligi
shu darajadaki, u tanamizning har bir sm
2
ga taxminan 1 kg yuk bilan bosib turadi. Lekin,
bizning tanamiz ichkarisidagi havo ham shunga yaqin kuch bilan hamma yo‘nalishda bosim
o‘tkazadi va shu sababli, tanamiz uchun ichki va tashqi bosim muvozanatlashadi. Shu sababli
biz o‘zimizga bosib turgan havo og‘irligini sezmaymiz.
Ikki xil gazni qanday qilib bir-biridan farqlash mumkin? Tasavvur qiling, kimyogar
sizning qarshingizga ikkita bir xil butilka qo‘ydi va ulardan birida kislorod, ikkinchisida esa
havo ekanini aytdi. Siz ulardan aynan qaysi birida kislorod va qaysinisida havo ekanini
topishingiz kerak. Sizga ushbu ikki butilka bir xilda bo‘m-bo‘sh ko‘rinadi. Ularning ichidagi
gazlar ham na rang, na ta’m va hidga ega emas. Albatta, xayolingizga ushbu butilkalarni
tarozida tortib ko‘rib aniqlash fikri kelgan bo‘lsa kerak. Lekin, sizni shashtingizdan qaytarishga
majburman. Albatta, kislorod havodan og‘irroq bo‘ladi. Lekin, bu og‘irlik siz seza oladigan
darajada katta emas.
Havo bilan sof kislorodni farqlash uchun kichik bir fizik tajriba o‘tkazish kerak. Buning
uchun siz ingichka uzun cho‘p oling. Masalan, somon cho‘pi bo‘lsa ham bo‘laveradi. Endi,
cho‘pni bir uchidan ushlab turib, ikkinchi uchini yoqib yuboring. Cho‘p biroz yonishiga imkon
bering va keyin olovni o‘chirib, lekin, uning yonayotgan uchi biroz cho‘g‘lanib turadigan
qiling. Shu holatda uning cho‘g‘li uchini havoli butilkaga tiqing. U bunday muhitda yana biroz
cho‘g‘lanib turadi va bir necha muddat o‘tib butunlay o‘chadi. Endi esa, xuddi shu tajribani
kislorodli butilka bilan takrorlab ko‘ring. Cho‘pning cho‘g‘li tarafini kislorodli butilkaga
solishingiz bilan, u yana «lop» etib alangalanib ketadi va yorqin shu’la bilan yona boshlaydi.
Nimaga shunday bo‘ladi?
Sababi shuki, kislorod – o‘ta
faol
moddadir. Uning molekulalari boshqa moddalarning
molekulalari bilan osonlikcha birika oladi. Bu jarayonda esa yaxshigina energiya ajralib
chiqadi. Ushbu ajralib chiqayotgan energiyani esa biz alanga va yorug‘lik tarzida ko‘ramiz.
Havoda esa kislorod yetarlicha emas (u 1/5 miqdorda ekanini yuqorida ham aytdik).
Shu sababli ham, cho‘g‘lanib turgan cho‘p havoda uzoqqa bormay o‘chadi.
Kislorod yonishni rag‘batlantirar ekan, shu sababli ham,
Do'stlaringiz bilan baham: