98
sababidan bo‘lishi mumkin ekan. Gematit rudasining turlaridan bir bo‘lgan
qizil oxra
moddasini rassomlar qizil pigment sifatida ishlatishadi. Shuningdek, ushbu moddaning kukun
ko‘rinishini shisha ishlab chiqarishda sayqallash xom ashyosi sifatida qo‘llaniladi. Ayniqsa,
yuqori shaffoflikka ega optik linzalar va tiniq ko‘zgular ishlab chiqarishda qizil oxra kukuni
sayqallash bosqichining asosiy o‘rinini egallaydi.
Temir rudasining yana bir turi
magnetit
deb nomlanadi. Magnetit molekulasida uch
atom temir va to‘rt atom kislorod mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, temir rudalarida albatta
doimo katta miqdorda turli silikatlar va boshqa aralashmalar yo‘ldosh bo‘ladi.
Odamlar temirni sof holda ajratib olishlarini o‘rganishlariga eng katta to‘sqinlik qilgan
narsa ham aynan shu silikatlar bo‘lgan. Shuningdek, kisloroddan qutilishni o‘rganish ham oson
bo‘lmagan. Temirni sof metall holida olish uchun rudani koks va ohaktosh bilan birgalikda
domna pechi vositasida qizdirish orqali ajratishni o‘rganib olishgachgina, ajdodlarimiz
temirdan istagan narsani tayyorlay oladigan zamonga qadam qo‘yishgan.
Domna pechlarida eritib olingan temirni
quyma cho‘yan
deyiladi. Chunki, bunday temir
keyinchalik alohida holda yana eritiladi va qolipga quyilib, kerakli shaklga keltiriladi.
Quyma cho‘yan tarkibida ko‘p miqdorda boshqa aralashmalar ham mavjud bo‘ladi.
Aralashmalar ichida asosiysi – uglerod bo‘lib, u cho‘yanga koksdan o‘tadi. Quyma cho‘yan
tarkibida 2% dan 4,5% gacha uglerod bo‘lishi mumkin. Shuningdek, quyma cho‘yanda 2,5%
atrofida kremniy, hamda, juda oz-ozdan bo‘lsa-da, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar
mavjud bo‘ladi.
Quyma cho‘yan yetarlicha pishiq va qattiq bo‘lib, u temir mahsulotlari ichida eng
arzoni sanaladi. Cho‘yandan tayyorlangan detallar bosim va og‘irlik doim bir xil bo‘ladigan
o‘rinlarda qo‘llanishi mumkin. Lekin, cho‘yan zarbalarga nisbatan, hamda, bosim
o‘zgarishlariga nisbatan chidamsiz. U mo‘rt metall bo‘lib, tez yediriladi va qiyshayib, sinib
ketishi ham mumkin.
Cho‘yanni qayta ishlash va unga ohaktosh va yana temir rudasi bilan ishlov berish
orqali sof temir metallini ajratib olish mumkin. Lekin, sof temir quyma cho‘yandan ko‘ra
yumshoq va oson egiluvchan bo‘ladi. Shu sababli ham, temirni sof holatda qo‘llash sohalari
ancha chegaralangan. Uni asosan kimyo sanoatida katalizator sifatida sof holatda qo‘llaniladi.
Metallokosntruksiyalar va qurilish ishlari uchun, hamda, texnika va mashina detallari uchun
qo‘llaniladigan temir esa odatda sof temir bo‘lmay, balki, temirning boshqa navlari, asosan
po‘lat
dan tayyorlanadi. Po‘lat – temirning sof holatdagisi va quyma cho‘yan orasidagi oraliq
navi bo‘lib, lekin u pishiqligi va mustahkamligi borasida hamma temir navlaridan ustun turadi.
Po‘latda uglerod miqdori 0,15-1,5% atrofida bo‘ladi.
Quyma cho‘yandan po‘lat olishning bir necha usullari mavjud. Shunday usullardan biri
Do'stlaringiz bilan baham: