Koinotning qurilish ashyolari


XIV-BOB: KALSIY – SUYAK ELEMENTI



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XIV-BOB: KALSIY – SUYAK ELEMENTI 
Yer qobig‘ida silikatlar turkumiga 
mansub 
bo‘lmagan 
minerallar 
mavjud. 
Bundaylardan biri – 
ohaktosh
dir. Ushbu 
mineral qanday ko‘rinishda ekanligiga qarab, 
turli nomlar bilan ataladi. Agar ohaktoshni 
shaffof bo‘lmagan kristallar ko‘rinishida 
uchratilsa uni 
kaltsit
deyiladi. Agar kristallar 
shaffof bo‘lsa, uni 
island shpati
deyiladi. 
Ohaktosh turkumidagi minerallarning eng 
mashhuri va chiroylisi bu – 
marmar
bo‘lib, 
unga sayqal berish orqali juda ajoyib me’moriy 
bezaklar tayyorlash mumkin. Marmarning 
arxitektura bezagi sifatida qo‘llanilishi qadimgi 
yunon va Rim davridayoq keng ommalashgan 
edi. Vanihoyat, ohakning nisbatan mo‘rt va 
oson uqalanadigan shakli – bo‘r bo‘lib, uni biz maktab doskasi oldidagi doimiy manzili orqali 
yaxshi taniymiz. Angliyaning Duvr hududida bus-butun bo‘rdan iborat butun boshli qoyalar 
tizimi mavjud.
Ohaktoshning kimyoviy nomi – 
kalsiy karbonati
deyiladi. Ushbu nomdan ham ko‘rinib 
turibdiki, ohak tarkibida 
kalsiy
elementi mavjud ekan. Kalsiy – kimyoviy elementlar davriy 
jadvalida 20-raqamli element bo‘lib, sof holida kumush rangli faol metall bo‘ladi. Uning 
faolligi ishqoriy metallar darajasida bo‘lmasa-da, lekin, harholda kalsiy ham yetarlicha faol 
element hisoblanadi. Kalsiy suv bilan ta’sirlashganda suv tarkibidagi vodorod shiddat bilan 
ajralib chiqa boshlaydi. Lekin, bunda vodorod ajralib chiqishi, suvga natriy yoki kaliy ta’sir 
qilganchalik bo‘lmaydi. Kalsiy havoda juda tez xiralashib qoladi. Chunki u havodagi azot va 
kislorod bilan tez birikadi. Kalsiyni ilk bora 1808-yilda ingliz kimyogari Gemfri Devi 
tomonidan elektrolitik usul bilan ajratib olingan bo‘lib, Devi ayni shu usul bilan kaliy va 
natriyni ham ajratib olgan edi.
Kalsiy karbonati tarkibida bir atom kalsiy, bir atom uglerod va uch atom kislorod 
mavjud bo‘ladi. Ushbu moddani ko‘plab tirik organizmlar o‘zini himoyalash vositasi sifatida 
ishlab chiqaradi va qo‘llaydi. Masalan, tuxum po‘chog‘i, ustritsa va mollyuskalarning 
chig‘anoqlari kalsiy karbonatidan tashkil topgan bo‘ladi. Ustritsa ichiga yot jism tushib qolsa, 
masalan, qum zarrasi kirib qolsa, ustritsa unda himoyalanish uchun kalsiy karbonati ishlab 
chiqaradi va zarrani o‘rab oladi. Ustritsa ushbu ishni shunday ajoyib tarzda va chiroyli yum-
yumaloq shaklda bajaradiki, natijada oppoq, yumaloq obyekt hosil bo‘ladi. Uni esa keyin 
g‘avvoslar dengiz tubidan olib chiqib, ayollar uchun ziynat buyumlar tayyorlashda ishlatishadi. 
Sezgan bo‘lsangiz, bir 
marvarid
haqida gapirmoqdamiz. Shakli va rangi chiroyli marvaridlar 
juda qimmat baholanishi mumkin, lekin unutmaslik kerakki, bu ham aslida oddiy tuxum 
po‘chog‘i singari – kalsiy karbonati xolos 

.
Kalsiy karbonati kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, jarayonda uglekislota ajralib 
chiqishi sodir bo‘ladi. Lekin bu jarayon ancha sust va sekin boradi. Chunki, natriy karbonatidan 
farqli o‘laroq, kalsiy karbonati suvda erimaydi. (Suvda erimaydigan moddalarga qaraganda, 


115 
suvda eriydigan moddalar odatda har qanday turdagi reaksiyalarda faolroq va to‘liqroq ishtirok 
etadi). 
Masalan, marvarid donasini kislotaviy eritmaga (masalan uksusga) tashlab qo‘yilsa, u 
asta-sekinlik bilan kislota bilan birika boshlaydi va parchalanishga kirishadi. Zargarlar va 
qimmatbaho toshlarni ekspertiza qiladigan mutaxassislar asl marvaridni qalbakisidan farqlab 
olish uchun aynan shu usulni qo‘llaydilar.
Biologiyada 
korallar
deb ataluvchi dengiz jonivorlarining butun boshli turkumi 
o‘rganiladi. Ularning skleti kalsiy karbonatidan iborat bo‘lib, juda xilma-xil va g‘alati ajoyib 
shakllarga kirishi bilan odamlarni hayratga soladi. Bunday korallar iliq suvli kichik dengizlarda 
yashaydi. Ekvator yaqinidagi okean suvlarida hosil bo‘lgan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish