110
berilardi. Dunyoning boshqa chekkalaridagi kaliyli birikmalar konlari esa, bu vaqtda hali
yaxshi o‘rganilmagan va o‘zlashtirilmagan bo‘lib, mavjud aniqlangan kaliy konlari ham qazib
olishning murakkabligi tufayli, hatto sanoat uchun ham juda qimmatlik qilardi. Tannarxini
o‘zini oqlamaydigan kaliy konlariga ega bo‘lgan AQSH va Buyuk Britaniya kabi davlatlar
kimyogarlari esa, qanchalik g‘ayritabiiy bo‘lmasin, olmon kimyogarlariga har jabhada taqlid
qilishardi va o‘zlari uchun o‘ta qimmat bo‘lgan kaliyni qayta ishlab, Germaniya tajribasidan
foydalanishga urinishardi. Biroq, bunda ular olgan kaliyli mahsulotlar narxi favqulodda
qimmat bo‘lib chiqardi. Uzoq yillar davomida AQSH va Buyuk Britaniya kimyo sanoati shu
yo‘sinda Germaniya tajribasiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilib keldi va nisbatan arzon bo‘lgan va
aynan bir xil natija beradigan natriyli birikmalardan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlarda
ham, qimmatbaho kaliy birikmalarini ishlatib, yirik iqtisodiy zararlar bilan faoliyat ko‘rsatdi.
Bunday yondoshuv xato ekanligini anglashgunlaricha, mazkur davlatlar qimmatbaho kaliyning
ulkan zahiralarini deyarli sovurib bo‘lishgandi...
O‘simliklarga kaliy ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Shu sababli, yerdan ko‘p marta qayta-
qayta foydalanilganida, tuproqdagi kaliy miqdori kamayib, unumdorlik pasayishi mumkin. Shu
sababli ham yerga solinadigan mineral o‘g‘itlarning aksariyati tarkibida kaliy elementi mavjud
bo‘ladi.
Biz AQSH va Britaniyaning achchiq tajribasi haqida gapirib o‘tar ekanmiz, aslida
olmonlarning o‘zi ham bu borada chuv tushishiga oz qolganini yodga olish
o‘rinlidir. Stassfurtdagi kondan chiqqan kaliy birikmalari ham avvaliga tashlab yuborilar edi.
Sababi konchilarni konning quyi qatlamlarida joylashgan natriy xloridi ko‘proq qiziqtirardi.
Tashlab yuborilayotgan qimmatbaho kaliy birikmalarini esa nemis konchilari «Abraumsalze»,
ya'ni, «keraksiz tuz» deb atashardi. Faqatgina 1865-yilga kelibgina, olmon kimyogarlarining
qator tadqiqotlari natijasida, ushbu «keraksiz tuz»ning ahamiyati aslida qanchalik baland
ekanligini tushunib yetishdi.
Kaliyli birikmalar mineral o‘g‘it sifatida hamiyatga ega ekanligini 1797-yilda kashf
qilingan edi. Bungacha bo‘lgan muddatlarda esa, ularni o‘simliklarning tana qismi bo‘lsa kerak
deb o‘ylashgan. O‘simliklarni quritib yoqishgan. Qolgan kulni esa suvda eritib, eritmani katta
temir qozonlarga solib qaynatishgan. Suv to‘liq bug‘lanib ketgach, idish tubida biz
hozirda
Do'stlaringiz bilan baham: