Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

doimiy magnit
deyiladi. 
Ko‘pchiligimizga yaxshi tanish bo‘lgan taqasiman o‘yinchoq magnitlar aynan shunday 
po‘latdan yasaladi. Magnit kuchi nisbatan past va sezilarsiz bo‘lgan moddalar 
paramagnitiklar
deyiladi. Temir va boshqa kuchli magnitlar esa 
ferromagnetiklar
deyiladi.
Biz maqola avvalida tilga olgan magnetit temir rudasi shuningdek 
magnit temiri
ham 
deyiladi va u tabiiy magnit manbasi sanaladi. Temirning magnit xossasi ilk bora qadimgi 
Yunonistonning Magneziya tog‘li hududida yashagan odamlar tomonidan o‘rganilgan va 
foydalanila boshlangan edi (shuningdek 
magniy
va 
marganets
elementlari nomi ham aynan shu 
hudud nomi bilan bog‘liq).
Umuman olganda, bizning butun boshli sayyoramizning o‘zini ham ulkan magnit 
bo‘lagi singari tasavvur qilishimiz mumkin. Kompas orqali dunyo tomonlarini aniqlash ham 
Yerimizning aynan shu magnit xossasidan foydalanish evaziga amalga oshadi. 
O‘rta asrlarda tashqi ko‘rinishidan temirga 
o‘xshash, lekin, xossalari keskin farq qiluvchi yana 
ikki metall nemis konchilarini toza xunob qilar edi. 
Temir deb o‘ylab olingan rudadan temirga mutlaqo 
o‘xshamaydigan metall chiqib kelgani uchun, nemis 
konchilari uni yer ostida yashovchi yomon pakana 
odamchalar - gnomlar sehrlab qo‘ygan va shu 
sababli yaroqsiz bo‘lib qolgan temir deb o‘ylashgan. Nemislar pakana odamni, shuningdek 
gnomlarni kobold deb atashgan. Aynan shu atama orqali davriy jadvaldagi 27-raqamli element 
– kobaltga nom berilgan. Yana bir shunga o‘xshash «yaroqsiz» metallni konchilar 
«kupfernikel» deb atashgan. Bu so‘zning ma’nosi «shayton misi» degani bo‘lib, keyinchalik 
uning tarkibidagi nikel so‘zi 28-elementga biriktirilgan. Kobaltni ilk marta 1735-yilda Georg 
Brandt tomonidan sof holda olingan bo‘lsa, nikelni esa, 1751-yilda Aksel Frederik Kronstedt 
tomonidan olingan.
Kobalt va nikel avvallari konchilarni xunob qilganini aytib o‘tdik. Temirning o‘zi ham 
ba’zan odamlar bilan shunday «hazillashib» turardi. Xususan, tabiatda keng tarqalgan 
temir 
kolchedani
minerali bir atom temir va ikki atom oltingugurtdan iborat bo‘ladi. U tabiiy holda 
oltin kabi yaltirab tovlanadi. Qimmatbaho metallar bilan endi-endi tanishayotgan kishilarni 
ushbu kolchedan toza gangitib, keyin esa hafsalasini dabdala qilar edi. Shu sababli ham, 


102 
qalbaki tilla bo‘lib ko‘rinadigan ushbu temir moddasini avvallari «
jinni tilla
» deb yuritishar 
edi.
Nikel ham, kobalt ham odatda temir rudasi bilan yo‘ldosh holda chiqadi. Yer 
qobig‘ining 3% ga yaqin qismini nikel tashkil qiladi. Kobalt esa 0,25% ulushni egallaydi xolos. 
Lekin, nikel shunchalik ko‘p ko‘ringani bilan, uning asosiy qismi olish imkonsiz bilan 
tubliklarda – Yer yadrosida joylashgan. Yer yadrosining 90% qismi temir bo‘lsa, qolgan 10% 
qismi nikel ekani ma’lum. Yer qobig‘ida esa nikel ancha noyob metall bo‘lib, kam uchraydi.
Nikel bilan kobalt temirdan ko‘ra taxminan 10% ga og‘irroq va pishiqroq bo‘ladi. Agar 
kobalt va nikel ham temirchalik ko‘p bo‘lganda, ushbu metallardan ham keng miqyosda 
foydalanish mumkin bo‘lardi. Ular temirdan ko‘ra mustahkamroq bo‘lish bilan birga, 
zanglamasligi bilan ham bizga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardi. Biroq, tabiat kobalt va nikelni 
unchalik ham ko‘p yaratmagan.
Shunga qaramay, metall konstruksiyalarning sirtini nikel qoplama bilan qoplash orqali, 
ularning zanglamas qilish mumkin. Buning uchun, nikel qoplama qilish zarur bo‘lgan metallni 
nikel eritmasi mavjud bo‘lgan suyuqlikka solinadi va undan elektr toki o‘tkaziladi. Agar, 
hamma shartlar to‘g‘ri bajarilsa, nikel atomlari temirdan yasalgan detal ustiga kelib o‘tiradi va 
sirtini to‘liq qoplaydi. Natijada, nikel qoplama bilan qoplangan detal zanglamaydigan bo‘ladi. 
Boz ustiga u yarqirab, chiroyli holatga keladi. Ushbu jarayonni 
galvanizatsiya
deyiladi.
Kobalt va nikel ham magnit xususiyatiga ega. Garchi ular temir singari kuchli magnit 
bo‘la olmasa-da, harholda, qolgan boshqa barcha metallardan ko‘ra kuchliroq magnit sanaladi. 
Agar, nikel, kobalt va temirni muayyan nisbatlarda aralashtirib, qotishma hosil qilinsa, natijada 
olingan metall temirning o‘zidan ham kuchliroq magnit xossasi kasb etadigan bo‘ladi. 
Masalan, 2/3 qismi nikel va 1/3 qismi temir bo‘lgan 
permalloy
deb nomlanadigan qotishmaning 
magnit kuchi po‘latdan tayyorlangan doimiy magnitnikidan sezilarli darajada kuchli bo‘ladi. 
Yanada kuchliroq bo‘lgan magnitni nikel, kobalt, alyuminiy va temir qotishmasidan tayyorlash 
mumkin. Bunday magnit 
alniko
deyiladi. 
Metallni yalang‘och holatda magnit qilib ishlatmaslik uchun mayda temir qirindilari 
plastik qobiq ichiga joylashtiriladi. Bunday magnitlar ham juda kuchli bo‘lib, plastikning 
yumshoqligi evaziga, magnitni istalgan shaklga solish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Nikellangan po‘lat (yoki, nikelli po‘lat) mustahkamligi borasida oddiy po‘latda ancha 
ustun turadi. Uning tarkibida 3% atrofida nikel mavjud bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha ishlab 
chiqariladigan nikelning katta qismi aynan nikelli po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi. Nikelli 
po‘lat turlaridan biri 
invar
deb nomlanadi va uning 5/8 qismi temir, 3/8 qismi nikeldan iborat 
bo‘ladi. Invarning o‘ta pishiqligi va mustahkamligidan tashqari yana bir juda muhim xossasi 
mavjud. Ushbu xossa texnika sohasida, ayniqsa aviatsiya va kosmik texnologiyalarda 
benazirdir. Ya’ni, invar issiqlik ta’sirida deyarli kengaymaydi va sovuqda toraymaydi. Oddiy 
po‘lat turlari esa bunday xossa bilan maqtana olmaydi. Invarning issiqlikka va sovuqqa 
ta’sirchanligi (kengayish va siqilishi) oddiy po‘latnikidan 1/15 nisbatda yaxshiroqdir.


103 
Kobalt nikeldan ko‘ra qattiqroqdir (nikel esa temirdan qattiq). Metallurgiyada ma’lum 
qotishmalar ichida kobaltli qotishmalar eng pishiq va qattig‘i sanaladi. Kobalt qotishmalari 
fanda 
stellitlar
deyiladi. Stellitlar o‘ta yuqori haroratlarga ham bardoshli qotishmalar bo‘lib, 
metall eritish dastgoh va uskunalari odatda aynan stellitlardan tayyorlanadi. Shuningdek, stellit 
qotishmalar metallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida yuzaga keladigan harorat 
o‘zgarishlariga ham juda chidamliligi bilan, turli ish asboblari – ombur, mexanik kalitlar, 
bolg‘a va sandon yasash uchun ham juda bop metallar sanaladi.
Vodorod haqidagi hikoyamizdan sizga yaxshi ma’lumki, vodorod atomi bilan 
bombardimon qilish orqali o‘simlik moyini qo‘yiqlashtirib (qattiqlashtirib) yog‘ga aylantirish 
mumkin. Bu jarayonda, agar shunchaki moyni vodorod bilan o‘qqa tutilsa, jarayon juda ko‘p 
vaqt oladi va uzoq cho‘ziladi. Lekin, oziq-ovqat texnologiyalari va kimyosi sohasi 
mutaxassislari, jarayonga muayyan metall kukunlarini qo‘shish orqali, uni sezilarli darajada 
tezlashtirish mumkinligini yaxshi bilishadi. Jarayonni tezlashtiruvchi ushbu metall kukunini 
katalizator deyiladi. Moyni yoqqa aylantirishda eng arzon metall katalizator – nikel kukuni 
hisoblanadi.
Siz «Fantomas» filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha filmda fantomas bir hujjatga 
imzo qo‘ygach, bir necha daqiqadan keyin imzo o‘chib ketadi. Bu filmning o‘zi singari 
fantastik emas, balki, haqiqatan ham bor narsa. Mazkur turdagi siyohni kobalt yordamida 
tayyorlanadi. Kobalt birikmalari quruq holatda ko‘k siyoh rangida bo‘ladi. Namgarchilik 
ta’sirida kobalt atomiga suv birikib boradi va natijada rangi qirmizi tusga kira boshlaydi. 
Bunday eritmadan siyoh tayyorlansa, u bilan yozilgan yozuv bir necha daqiqa o‘tib o‘chib 
ketadi. Sababi, yozuv qog‘ozga tushgach, eritmadagi suv bug‘lanadi va siyoh quriydi. 
Tarkibidagi suv yo‘qolgach, kobaltning o‘zi qoladi va u ko‘rinmas holga o‘tadi. Lekin, 
qog‘ozni biroz qizdirilsa, kobalt birikmalari yana ko‘k siyoh rangida ko‘rina boshlaydi va xatni 
yana bemalol o‘qish mumkin bo‘ladi.
Nikelning birikmalarining aslida bundan ham juda muhim boshqa ahamiyatli vazifalari 
mavjud. Siz yaxshi bilasizki, silikagel namlikni yutuvchi modda sifatida keng qo‘llaniladi. 
Silikagelning o‘zi asl holatda shaffof bo‘lib, uning namlikka to‘yingan yoki hali yana nam 
yutish imkoniyati bor-yo‘qligini aniqlashning imkoni yo‘q. Shu sababli, unga nikel birikmalari 
qo‘shiladi. Bunday silikagel hali quruqligida, tarkibida nikel borligi sababidan ko‘k rangda 
ko‘rinadi. O‘ziga namni singdirgani sayin silikagel qirmizi tusga kirib boradi. Shu tariqa, 
kobalt vositasida silikagel uchun namlik indikatori hosil qilinadi.
Shuningdek, shisha yoki, keramika mahsulotlariga kobalt qo‘shilsa, u mahsulotga 
ko‘kimtir tus beradi. Bunday shishani 
kobaltli shisha
deyiladi. 
Kobaltning tirik organizmlar uchun ham muhim ahamiyati mavjud. Masalan, B
12
vitamini molekulasida bitta atom kobalt mavjud bo‘ladi. Shu sababli, B
12
vitamini va unga 
o‘xshash birikmalarni biokimyogarlar 
kobalaminlar
deb yuritishadi. Shu tariqa, kobalt tirik 
to‘qimalar hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan biri hamdir.


104 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish